434
muvofiq tashkil etishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashuv xo‘jaliklararo
korxona sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday korxona mas’uliyati
cheklangan jamiyat, kooperativlar, hissadorlik korxonasi kabi shakllarda
tashkil etilishi mumkin.
Ichki xo‘jalik ixtisoslashuvining mohiyati –
korxona ishlab
chiqarish bo‘linmalari yoki hududlarini biron turdagi mahsulot
yetishtirishga yo‘naltirish, biror turdagi mahsulotni maqsadga muvofiq
hajmda joylashtirishdir. Bunday ixtisoslashuv korxona ishlab chiqarish
resurslaridan to‘la va samarali foydalanish imkonini beradi,
resurslarning korxona hududida samarasiz harakatini cheklaydi;
Tarmoq ixtisoslashuvi o‘z navbatida tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuv
va tarmoq ichida ixtisoslashuvga bo‘linadi. Tarmoq bo‘yicha
ixtisoslashuvda korxonada bir yoki bir nechta tarmoq maqsadga muvofiq
hajmda
joylashtiriladi.
Masalan,
korxona
o‘simlikchilik yoki
chorvachilikka ixtisoslashadi, yoki bo‘lmasa,
paxtachilikka va
sabzavotchilikka yoki sutchilikka va ko‘chat etishtirishga ixtisoslashishi
mumkin. Tarmoq ichida ixtisoslashuvning chuqurlashib borishi va uning
chegarasi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni mustaqil
ajralib, natijada bu mahsulot sifatida namoyon bo‘lishidir.
Mamlakat miqyosida olganda ma’lum mintaqalar biror turdagi
mahsulot yetishtirishga ixtisoslashishi mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirishda mintaqa yoki iqtisodiy tumanlar bo‘yicha
mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Bu mamlakat, viloyat va qishloq
xo‘jaligi hududlari va boshqa shu kabi ma’lum hududiy birliklarning
ixtisoslashishidir. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish
maqsadida qishloq xo‘jaligi hududlari yoki ma’muriy-hududiy
bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti amalga oshadi. Masalan,
mamlakatimizning
g‘arbiy
mintaqasi
(Xorazm
viloyati,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi) sholi, baliq yetishtirishga,
markaziy
mintaqada joylashgan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari meva,
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan, Surxondayo viloyatida
esa shimoliy mintaqa (Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov tumanlari)
asosan mevachilikka ixtisoslashgan va hokazo;
435
Xo‘jaliklarning ixtisoslashuv darajasi yetishtirilayotgan
bitta yoki
bir qancha tovar mahsulotlarining salmog‘iga qarab turlicha bo‘lishi
mumkin. Bunda bir turdagi tovar mahsuloti yetishtirishga asoslangan
xo‘jalik tor doirada ixtisoslashgan, yetishtirilaetgan uch, to‘rt xil tovar
mahsulotlarining har qaysisining salmog‘i deyarli bir xilda bo‘lsa, bu
xo‘jalik past darajada ixtisoslashgan; bir yoki undan ko‘proq tovar
mahsulotlarining har biri
kattaroq salmoqni egallasa, unda xo‘jalik
o‘rtacha darajada ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: xo‘jalikda
yetishtirilgan tovar mahsulotning asosiy qismini paxta egallasa – u
paxtachilikka, don egallasa – donchilikka, qorako‘l teri egallasa-
qorako‘lchilikka ixtisoslashgan bo‘ladi. O‘zbekistonning tabiiy va
iqtisodiy sharoitlari shuni taqozo etadiki, bunda mahsulotning bir
turini emas, balki ikki va undan ham ko‘proq turini yetishtirishni
ixtisoslashtirish mumkin. Masalan:
shahar atrofida joylashgan
xo‘jaliklar mahsulotlarning sut-sabzavot, sabzavot-kartoshka-chorva,
sabzavot-meva-uzum kabi qator turlarini yetishtirishga ixtisoslashgandir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda shakllanayotgan va rivojlanayotgan
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari bunga misol bo‘la oladi.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv darajasi muhim ko‘rsatkichlardan
biri hisoblanadi. Ixtisoslashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
xo‘jalikda samaradorlikni oshirish imkoniyatlari ham yuqori bo‘ladi.
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar
ifoda etadi:
• korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar
mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i;
• korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
• yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
• ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Ixtisoslashuv darajasi tovar mahsulotlarining salmog‘i bilan
tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:
100
=
Do'stlaringiz bilan baham: