Reja: Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyasi. Xonakilashtirish jarayonida



Download 266,41 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi266,41 Kb.
#885143
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyas


Mavzu: Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishini o’rganish usullari.
Reja:
1. Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyasi.
2. Xonakilashtirish jarayonida
3. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekstereri, intereri va konstitutsiyasi.
4. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining Konstitutsiya


1. Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyasi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining kelib chiqishini o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarning kelib chiqishini o‘rganish bilan ulardagi evolutsion jarayonda ro‘y bergan o‘zgarishni ilg‘ash bilan birga amaliy ahamiyat kasb etadi, ya’ni yovvoyi ajdodlardan foydalanib yangi zotlar yaratish, mavjudlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini qo‘lga o‘rgatish va xonakilashtirish bundan 10-12 ming burun ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashidan boshlangan. Ovdan bo‘shashgan va yarador hayvonlarning olib kelinishi, yosh yovvoyi hayvonlarni turli usullar bilan ushlab ularni qo‘ra yoki g‘orlarda saqlash qo‘lga o‘rgatishning boshlanishidan dalolat, odamlar ushbu hayvonlarni asosan zahira go‘sht va hayrat uchun saqlaganlar. Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlarni odamlar himoya qilgan, oziqlantirilgan, asragan, lekin ko‘pchilik hollarda ular tutqunlikda avlod bermaganlar, ayrimlaridan shunday sharoitda ham avlod olingan. Yosh hayvonlar osonroq qo‘lga o‘rgangan. Uy hayvonlarining kelib chiqish mintaqalari ularning yovvoyi ajdodlarini tarqalishiga qarab ro‘y bergan. Asosiy xonakilashtirish mintaqalari bo‘lib Yefrat va Tigr daryolari vodiysi, Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Afrika, Nil daryosining quyi oqimi, Kavkaz orti, Dnepr daryosining quyi oqimi, Eron va O‘rta Osiyo hisoblanadi. Ko‘pchilik hayvonlar Osiyoda qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilgan (it, qoramol, ot, qutos, echki, qo‘y, cho‘chqa, bug‘u, ikki o‘rkachli tuya, tovuqlar, tovuslar, kaptarlar, g‘ozlar, o‘rdaklar, asalari va ipak qurti, Yevropada - it, qoramol, ot, qo‘y, quyon, cho‘chqa, g‘oz, o‘rdak va asalarilar hisoblanadi. Amerikada lamalar, kurkalar va muskus o‘rdaklari, Avstraliyada esa faqat nandu tuyaqushlari xonakilashtirilgan). Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirilishi qator fanlar va usullar yordamida ikkilamchi ko‘rsatgichlar asosida o‘rganiladi: arxeologik, anatomik, fiziologik, etnografik. Arxeologlar qo‘rg‘onlar, ibtidoiy kulbalar joylarini qazish natijasida topilmalar chiqqan qatlamlar asosida xonakilashtirilish yoshini aniqlaydilar. Anatomlar esa qazilmalarda topilgan suyaklarni hayvonlarning suyaklari bilan solishtirib o‘xshashligini va evolutsiya davomidagi o‘zgarishlarni bilib oladilar. Fiziologik usul yordamida xonaki hayvonlar bilan yovvoyi ajdodlarining oqsil tarkibi, qoni bilan solishtirib ularning kelib chiqishini aniqlash mumkin. 11 Etnografik usul esa ajdodlarimizning hayvonlarning tasviri tog‘, qoya toshlariga va turli madaniy turmush ashyolarga tushirishiga qarab aniqlanadi, ya’ni qoya tasvirlar hozirgi hayvonlar tana tuzilishi bilan solishtirib turiladi. Hayvonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: A) Yovvoyi hayvonlar-tabiat mahsuloti bo‘lib, himoya tusi, qo‘zg‘aluvchan nerv tipi, kam mahsuloti va kech yetilishi bilan ta’riflanadi. B) Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlar-tutqunlikda ko‘payishi va avlod qoldirish imkoniyatlaridan mahrum (fillar, ov burgutlari). V) Uy hayvonlari – xonakilashtirilgan va inson mehnati singgan hayvonlar. G) Qishloq xo‘jalik hayvonlari – xonaki hayvonlar bo‘lib, insonlarning chorva mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishda foydalanadilar. Ibtidoiy odamlar dastlab osonlikcha qo‘lga o‘rgatish mumkin bo‘lgan mayda hayvonlarni xonakilashtirishgan. Itlardan keyin 7-8 ming burun qo‘y va echkilar qo‘lga o‘rgatilgan. Qo‘ylarning yovvoyi ajdodlari bo‘lib muflon, arxar va argali hisoblanadi. Echkilar qilichsimon va parsimon shoxli hamda ibeks yovvoyi echkilaridan kelib chiqqan. Bundan 5-6 yil ilgari Osiyo va Yevropa to‘ng‘izlari xonakilashtirilgan. Qoramollar eramizdan 5 ming yil oldin xonakilashtirilgan, uning ajdodi – tur hisoblanadi, faqatgina 4-5 ming yil burun otlar xonakilashtirilgan. Otlarning ajdodi bo‘lib Prjevalskiy oti va tarpan hisoblanadi. Eshshaklar yovvoyi Afrika eshshaklaridan kelib chiqqan. Eramizdan 3-2 ming yil oldin ikki o‘rkachli (bakterian), bir o‘rkachli (dramedar) tuyalar xonakilashtirilgan. Shimol bug‘ulari esa otlardan oldin yovvoyi shimol bug‘usidan kelib chiqqan. Quyonlar eramizdan oldingi I asrda yovvoyi quyonlardan, xonaki o‘rdaklar eramizdan oldingi I asrda yovvoyibaqiroq o‘rdaklarni xonakilashtirish natijasida, g‘ozlar yovvoyi kulrang g‘ozdan, kaptarlar yovvoyi kaptarlar, asalarilar yovvoyi asalaridan, karp baliqlari esa zog‘ora baliqdan kelib chiqqan. Xonakilashtirishdan keyin evolutsion jarayonda hayvonlar keskin o‘zgarib o‘zlarining yovvoyi ajdodlaridan ancha farqlanadilar. Hayvonlar tirik vazni, mahsuldorligi, tana tuzilishi va tana qismlarining nisbati bilan har xillikga erishganlar. Ularning yovvoyi ajdodlari tabiiy tanlash oqibatida bir xillikda bo‘ladi. Xonaki hayvonlar vazni ba’zilarida yovvoyi xillariga nisbatan oshgan bo‘lsa, ba’zilarida kamayganligiga guvoh bo‘lamiz. Romanov va qorako‘l qo‘ylari tirik vazni hisor qo‘ylariga nisbatan 2 barobar kam. Simmental zotli qoramollar jersey zotli qoramollarga nisbatan qariyib ikki barobar ko‘p tosh bosadi. Skelet o‘zgarib, u yengil, suyaklari bo‘shashib, nimjonlashgan. Xonaki hayvonlar o‘z qismi qisqargan (qoramol, cho‘chqa, it). Shox yovvoyi hayvonlarda yirik bo‘lib himoya vazifasini o‘tagan (turda uning uzunligi 1,5 m, vazni 15 kg bo‘lgan), hozirgi hayvonlarda u kichrayib, ba’zilarida yuqolib ketgan (aberdin-anguss zoti). Mushaklari bo‘shashgan, noziklashgan, ba’zi hayvonlarda yog‘ bilan qoplangan (marmar go‘sht). Teri yupqalashgani bilan 12 teri osti kletchatkasi kuchli rivojlangan, ayniqsa, bu hol go‘sht yo‘nalishidagi hayvonlarga taalluqli (cho‘chqa, qo‘y, qoramol). Terida burmachalar paydo bo‘lgan. Ichki a’zolar qator o‘zgarishlarga uchragan. Hayvonlarning mo‘l-ko‘l oziqlantirish, ayniqsa, yYemdan ko‘p foydalanish cho‘chqalarga ichak kaltalashib, qoramol va quyonlarda uzaygan. Yurak hajmi kichiraygan (arxar yuragi xonaki qo‘y yuragidan 2 barobar hajmi), o‘pka, buyrak faoliyati ancha susaygan. Yovvoyi hayvon asosan bir xil himoya tusiga ega bo‘lgan bo‘lsa, xonaki hayvonlarda rang-baranglik uchraydi, oqdan tortib olagacha. Yovvoyi hayvonlar juni dag‘al bo‘lgan, xonaki qo‘ylar juni uzun va mayinlashgan, ba’zi hayvonlarda jun butunlay yo‘qotilgan (junsiz cho‘chqalar). Mayin junli qo‘ylarda bir xil faqat tivitdan iborat jun qirqib olinadi. Evolutsion jarayonda hayvonlar mahsuldorligi keskin oshgan, unga jussaning kattalashishi, ayrim tana qismlarining keskin rivojlanishi (orqa, bel, biqin) hayvonlardan ko‘p sifatli, nozik, shirador go‘sht olish imkonini yaratib bergan. Yovvoyi hayvonlar faqat o‘z bolalarini boqishga yetarli sut ishlab chiqarganlar, xonaki hayvonlarda sut (sigirlar) 8-12 marta, tovuqlar tuxumdorligi 10-15 barobar, qo‘ylarning jun mahsuldorligi bir necha barobar ortgan. Xonakilashgan hayvonlarda jinsiy va jismoniy balog‘at yoshi ikki barobar kamaygan, yoki ular tez yetiluvchan bo‘lganlar. Jinsiy faoliyatining mavsumiyligi yo‘qotilib, yil davomida bola olish mumkin bo‘lib, hayvonlarning pushtdorligi oshgan. To‘ng‘izlar bir yilda bir marta tug‘ib, 4-6 cho‘chqa bolasi bergan bo‘lsa, xonaki cho‘chqalar bir yilda 2-2,5 marta tugib, 20-25 cho‘chqa bolasi beradi. Xonakilashtirish jarayonida hayvonlar asab faoliyati ham o‘zgarishga uchradi. Ular kam harakat, yuvvosh bo‘lib, hurkaklik va g‘araz fe’llarini hamda yovvoyi hayvonlar ba’zi shartli va shartsiz reflekslarini yo‘qotgan.



Download 266,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish