3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy
omillari.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish ko‘p jihatli
jarayon
bo‘lib,
hozirgi
sharoitda
qishloq
xo‘jaligini
intensivlashtirishning quyidagi omillari muhim ahamiyat kasb etadi:
1) tarmoqda bozor munosabatlarni takomillashtirish. Qishloq
xo‘jaligini yuksaltirishni birlamchi masalalaridan biri qishloqda bozor
munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik subyektlarida mahsulot tannarxini pasaytirish, yuqori sifatli
mahsulotlar yetishtirish hajmini ko‘paytirishga intilish hissini uyg‘otish,
buning uchun ularda yerga nisbatan egalik huquqini qaytarish, o‘zaro
munosabatlarini bozor tamoyillari asosida tashkil etish lozim. Qishloq
xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosida –
tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga mustaqil harakat
etish, tadbirkorlik va tashabbuskorligini amalga oshiririshga zamin
yarata oladigan xo‘jalik yuritishning turli mulkchilikka va shakliga
asoslangan muhitni yaratishdir.
2) yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash, ularning nobudgarchiligi oldini
olish. Qishloq xo‘jaligining mavsumiylik xususiyati unga mutanosib
holda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishiga bo‘lgan talabni
yanada oshiradi. Tarmoqda turli xo‘jalik yuritish va mulkchilik
shakllarini keng rivojlantirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
saqlash, qayta ishlash shaxobchalarini tashkil etish imkoniyatlari yuzaga
keladi. Mahsulotlarni saqlash tizimini rivojlantirish qishloq xo‘jalik
mahsulotlari pishadigan mavsumda narxlarning keskin pasayishining
oldini oladi. Buning natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning me’yor darajasida sof foydaga erishishi va buning
418
natijasida mazkur mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish shaklida davom ettirish imkonini beradi, ishlab
chiqarishni intensivlashtirishdan moddiy manfaatdorligini ta’minlaydi.
Shu bilan birga bu qish-bahor oylarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari
narxining keskin ko‘tarilib ketishining oldini ham holadi.
3)
qishloq
xo‘jaligini
kimyolashtirish.
Ishlab
chiqarishni
kimyolashtirishning asosida yerning unumdorligini oshirish orqali
o‘simlikchilik
va
chorvachilik
mahsulotlarini
yetishtirishni
ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar yotadi. Jumladan, hosildorlikni
oshirishga qaratilgan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash tadbirlari, kimyoviy
vositalar yordamida begona o‘tlarga qarshi kurashish tadbirlari, o‘simlik
va chorva mollari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda
kimyoviy vositalardan foydalanish, chorva ozuqalarining to‘yimligini
oshirishda kimyoviy vositalarning keng ko‘lamda qo‘llanishiga
qaratilgan tadbirlar.
4) qishloq xo‘jaligini melioratsiyalash. Qishloq xo‘jaligida sug‘orish,
zax qochirish, sho‘rni yuvish tadbirlarini o‘z vaqtida, sifatli amalga
oshirish intensiv rivojlanishda muhim omillar jumlasiga kiradi.
5) resurs talabchanligi kam bo‘lgan intensiv texnologiyalarni qo‘llash.
Resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: suv tejovchi
sug‘orish usullaridan foydalanish,
zamonaviy, tejamkor va mehnat
unumdorligi yuqori qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish orqali
agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va
sifatini oshirish,
y
erdan va boshqa asosiy vositalardan samarali
foydalanishni ko‘zda tutadigan ishlab chiqarishni joylashtirishning
ratsional sxemalarlarini ishlab chiqish va boshqalar.
6) qishloq xo‘jalik ekinlarining yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli,
mahalliy sharoitlarga mos navlarini ishlab
chiqarishga tatbiq etish;
7) chorva mollarining yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ega,
kasalliklarga
chidamli,
mahalliy
sharoitlarga
mos
zotlarini
ishlab
chiqarishga tatbiq etish;
8) chorva mollarini saqlash va boqish yo‘nalishlarda intensiv
texnologiyalarni
joriy
etish.
Chorvachilikda
texnologiyalarni
419
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari: chorva mahsulotlari ishlab
chiqarishni sanoat asosiga o‘tkazish, chorva mollarining tarkibi sifatini
va ularning ozuqa bazasini yaxshilash. Chorvachilikni rivojlanishida
uning mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim bo‘lib, ozuqa tarkibi,
miqdori va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga
oladi.
9)
ishlab
chiqarishni
joylashtirish
va
ixtisoslashtirishni
takomillashtirish. Fan- texnika taraqqiyoti ta'sirida qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi tinimsiz yuksala boradi. Shu bilan birga iqtisodiy
asoslangan qishloq xo‘jalik korxonalarining optimal katta- kichikligi,
ularni mehnatga muvofiq ixtisoslashuviga, dehqonchilik va chorvachilik
madaniyatini ko‘tarishga, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tatbiq
etilishiga
zamin
yaratilib,
natijada
mahsulot
yetishtirishni
samaradorligini oshirishga erishiladi.
10) mutaxassislarning malakasini oshirish. Qishloq xo‘jaligiga fan
yutuqlarni tatbiq etishda kadrlarni mutaxasislik saviyasini va texnik
tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Qishloq
xo‘jaligida mutaxasislarning malakasini
oshirish deganda birinchidan,
mutaxassislarga murakkab va ilgari amalga oshira olmagan ishlarni
bajarish uchun zamonaviy kasblarni egallashiga zamin yaratish,
ikkinchidan nisbatan yuqori sifatga ega bo‘lgan mahsulot olish,
uchinchidan ma’lum bir vaqt oralig‘i davomida avvaldagidan ko‘proq
mahsulot yetishtirishga imkon yaratish nazarda tutiladi.
11) ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va innovatsiyalarni tatbiq
etish. Hozirgi sharoitda qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish sur’atlarini
oshirish va uning samaradorligini ko‘tarishda ilm-fan yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika
sohalaridagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarini yanada yuksaltiruvchi
muhim omil bo‘lib, ishlab chiqarish resurslari qatorida ishlab chiqarish
jarayonlarida ishtiroq etadi. Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishda
amaliyotda mavjud bo‘lgan ilg‘or tajribalar natijasini tahlil qilish va
ularni ishlab chiqarishga keng tatbiq qilinishi katta ahamiyat kasb etib,
420
mahsulot ko‘lamini ko‘payishiga va ishlab chiqarish samaradorligining
o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida ayrim tadbirlar bir vaqtning o‘zida ham
ekstensiv, ham intensiv rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, hozirgi
vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan sug‘orish
tizimida 40 foizga yaqin suv yo‘qotilmoqda. Ushbu sug‘orish tizimining
holatini yaxshilash orqali mavjud suvlardan foydalanish samaradorligi
oshadi, ya’ni qishloq xo‘jaligining intensiv yo‘lda rivojlanishiga olib
keladi. Sug‘orish tizimining holatini modernizatsiyalash orqali tejab
qolingan suv o‘z navbatida yangi yerlarni o‘zlashtirish imkonini ham
beradi.
Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish
yo‘llari quyidagilar:
- qishloq xo‘jaligida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida investisiya va kapital
qo‘yilmalarning o‘sishini ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish darajasini
oshirish;
- qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish (mineral o‘g‘itlar
solish va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarni qo‘llash);
- qishloq xo‘jaligini meliorasiyalash (sug‘orish, zaxini qochirish,
boshqa ishlarni rivojlantirish);
- qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.
Intensivlashtirishni izchillik bilan amalga oshirishning muhim sharti
qishloq xo‘jaligiga ajratilgan kapital quyilmalarning o‘sishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |