3
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘rni
beqiyosdir. Chunki mazkur tarmoq aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz aholisining deyarli
yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush
farovonligi
mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Mamlakatimiz yalpi ichki
mahsuloti va eksporti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli
salmoqqa ega. Aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishi hamda qayta ishlash
sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirishni obyektiv ravishda taqozo
etadi. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va
samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish
uchun tarmoqda erkin
faoliyat yurituvchi turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlik
shakllari hamda ular o‘rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy
asoslarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb
etadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda,
tarmoqqa investitsiyalarni
ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, innovatsiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etish, yer, kapital hamda mehnat resurslaridan samarali
foydalanish yo‘llarini aniq belgilash, mehnat unumdorligini yuksaltirish,
mahsulot tannarxini pasaytirish, ishchi-xizmatchilarni rag‘batlantirish
tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko‘paytirish
yo‘llarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bu masalalarning ilmiy
hamda
amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ularni ishlab
chiqarishga joriy etishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishlari, ahamiyati hamda mazmunini
yoritishda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va
4
Davlat dasturlariga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, 2017-
yildan boshlab mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan
islohotlar yangicha
mazmunda davom ettirilib, tub o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda “Qishloq
xo‘jaligi iqtisodiyoti” fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari tayyorlash
talabalarda fan bo‘yicha nazariy bilimlar bilan birga mamlakatimiz
qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarmoqni
kelgusida rivojlantirish yo‘nalishlari haqidagi bilimlarni shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Bundan tashqari, mazkur
darslikda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarning mazmun va
mohiyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi va boshqa manbalarning so‘nggi
ma’lumotlaridan foydalanib, jadvallar, diagrammalar, grafiklar
yordamida yoritishga e’tibor berildi.
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan asosiy
talablardan biri – talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir.
Shuni
inobatga olgan holda mazkur darslikning har bir bobida zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil fikrlash, o‘z
fikrini himoya qila olish, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini
shakllantiruvchi topshiriqlar ham berilgan.
Mualliflar ushbu darslikning tuzilishi, tarkibi, mavzularning bayon
etilish tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan
barcha taklif hamda fikr-
mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qilib, ularni keyingi
nashrlarda e’tiborga olishga harakat qiladilar. O‘z fikr va
mulohazalaringizni
norbek8@mail.ru
elektron
manziliga
yuborishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: