13
chetlashtiriladi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan talab
qonuni o‘rganilayotgan vaqtda faqatgina talab va baho o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik tahlil qilinib, boshqa omillar – raqobat,
davlatning baho
siyosati, bozorning to‘yinganlik darajasi va boshqalar e’tiborga
olinmaydi.
b) induksiya va deduksiya usullari. Bu bir-biriga qarama-qarshi
bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usullaridir. Fikrning
xususiy faktlardan umumiy faktlarga tomon harakati induksiya,
aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga qarab harakatlanishi
deduksiya deb ataladi. Induksiya va
deduksiya usullarida turli
gipotezalar ilgari suriladi. Gipoteza – biror-bir voqea-hodisaning ilmiy
nazariya bo‘la olishi uchun uni tajribada sinab ko‘rish va nazariy
jihatdan asoslab berish uchun beriladigan ilmiy taklifdir.
d) taqqoslama tahlil usuli. Bu ko‘zlangan maqsadga erishish
maqsadida xususiy va umumiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali tahlil
qilish usulidir.
e) eksperiment usuli. Bu o‘rganilayotgan
voqea-hodisaga omillar
ta’sirini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish uchun turli tajribalar
o‘tkazish usulidir. Qishloq xo‘jaligida mehnatga haq to‘lash, xo‘jalik
hisobi, ijara pudrati va boshqalarda eksperimentlar o‘tkaziladi.
f) hisob-konstruktiv usul. Bu usul qishloq xo‘jaligiga oid biror
muammoni kelajakda hal etishning ilmiy asoslangan yo‘llarini aniqlab
beradi. Ushbu usul ASM tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab
chiqishda keng qo‘llaniladi.
g) monografik usul. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
umumiy
xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or mintaqalar
va xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o‘rganish va taqqoslash mazkur
usulning mohiyatidir.
h) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul o‘z ichiga matematik
statistika, ishlab chiqarish funksiyalari va iqtisodiy-matematik
modellashtirishni oladi hamda bir qancha omillar ta’sir
etuvchi
murakkab iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma’lum ishlab
chiqarish omillari mavjud bo‘lganda biror natijaga erishish uchun turli
muqobil variantlarni o‘zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma’qulini
14
tanlab olishda iqtisodiy-matematik usullarning ahamiyati kattadir.
Bunda kompyuter texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
“Qishloq
xo‘jaligi
iqtisodiyoti”
fani
tarmoqda
amalga
oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy
munosabatlar majmuasining
nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot
usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti
bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish,
uni rivojlantirishga oid
muammolarni qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini oshirish
yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor
munosabatlari
talablariga
javob
bera
oladigan
mutaxassislar
tayyorlashga ko‘maklashadi.
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy
fanlar, shu jumladan “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Makroiqtisodiyot”,
“Mikroiqtisodiyot”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Statistika”,
“Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy tahlil”
kabi fanlardan olingan
nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ularning har birining mazmunini, amal
qilish mexanizmini o‘zlashtirmasdan qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy
munosabatlar tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni
tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin.
“Mikroiqtisodiyot” fanidan talab va taklif kabi iqtisodiy qonunlarning
korxonalarda amal qilishini o‘rganmasdan qishloq xo‘jaligida
qanday
mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish zarurligini to‘g‘ri
belgilab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: