26
irrigatsiya va melioratsiya davlat hissadorlik tashkilotlarining ma’lum
haq evaziga xizmat qilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur soha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
ishlarning
huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular jumlasiga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi “Sug‘oriladigan
yerlarning
meliorativ
holatini
yaxshilash
tizimini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3932-sonli farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi PQ-718-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi “O‘zmeliomashlizing”
davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 266-sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-martdagi “2008-
2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-817-sonli qarori va boshqalarni kiritish
mumkin.
Bundan tashqari “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat
dasturida belgilab berilgan chora tadbirlarning to‘rtinchi yonalishi
-
2008-2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash davlat dasturida ko‘zda tutilgan
chora-tadbirlar tizimining
izshil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining meliorativ
ahvolini yaxshilash, faoliyat ko‘rsatayotgan irrigatsiya-melioratsiya
obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash,
ixtisoslashgan suv
xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan jihozlash
masalalariga alohida e’tibor qaratishdir. Bundan tashqari mazkur
dasturda sug‘orishning
tejamli usullarini, jumladan, tomchilatib
sug‘orishni joriy qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Unda tegishli
asbob-uskunalar va tizimlarni mamlakatimizning o‘zida ishlab
chiqarishni tashkil etgan holda 2009-2020 yillarda tomchilatib sug‘orish
tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Bundan
tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda jami 3710 gektar maydonda
tomchilatib sug‘orishni joriy etish mo‘ljallangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-
1958-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017 yillar davrida
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv
resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” qabul qilingan va u
bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
27
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarlariga
davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 2.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: