28
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 266,5
kilometr
masofadagi kollektor-drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va qurildi,
uzunligi 11052,7 kilometr magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo
kollektorlar
tozalandi, jami 896,2 kilometr masofada yopiq-yotiq zovur
tarmoqlari ta’mirlandi hamda lizing asosida 144 dona gidravlik zanjirli
ekskovatorlar
keltirilib, shundan 112 tasi yangi tashkil etilgan Davlat
unitar korxonalariga yetkazib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi
“O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-
yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-
sonli farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan
konsepsiyasi qabul
qilindi. Ushbu konsepsiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘nalishida:
a) sho‘rlangan maydonlar 1948 ming gektardan 1722 ming
gektarga, o‘rta va yuqori sho‘rlangan yerlarni 607 ming gektardan 430
ming gektargacha qisqartirilishi;
b) sizot suvlar sathi muammoli darajada (0-2 metr) bo‘lgan
sug‘oriladigan yer maydonlari 1051 ming gektardan 773 ming
gektargacha kamaytirilishi;
d) foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlar
2025-yilga kelib qishloq xo‘jaligida foydalanishga
kiritilishi nazarda
tutilgan.
Oltinchidan,
mamlakatimiz hukumati tomonidan yerga nisbatan
xususiy
mulkchilikni
joriy
etish
bo‘yicha
islohotlar
amalga
oshirilmoqda. 2019-yil 13-avgustda O‘zbekiston
Respublikasining
“Qishloq
xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan
yer
uchastkalarini
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Bunda yer
uchastkasini xususiylashtirish deganda ommaviy mulk bo‘lgan yer
uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan
jismoniy
shaxslarga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan
yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish nazarda tutilgan. Ushbu qonunning
10-moddasiga binoan, yer uchastkalarini xususiylashtirish
obyektlari
quyidagilardan iborat:
•
yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ular
tomonidan xususiylashtirilgan
binolar va inshootlar, ishlab chiqarish
infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga
tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini
amalga oshirish uchun zarur
o‘lchamlardagi yer uchastkalari;
29
•
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish
va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari;
•
bo‘sh turgan yer uchastkalari;
•
Urbanizatsiyani
rivojlantirish
jamg‘armasiga
berilgan
yer
uchastkalari.
Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularni elektron onlayn-
auksion orqali sotish nazarda tutilgan. Ushbu qonun 2020-yil 1-martdan
e’tiboran kuchga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: