33
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo‘jalik tovar mahsulotlari ishlab
chiqarish va xizmatlarni bajarish maqsadida fuqarolarning paychilikka
asoslangan
oilaviy pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat
ko‘rsatadigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish
subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik
tovar ishlab chiqaruvchi shakli sifatida namoyon bo‘ldi.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlarning
moddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari
talablariga to‘liq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat
xo‘jaliklarini tashkil etishda tashkiliy-iqtisodiy tomondan ma’lum
kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.
Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga
xususiy mulkka
asoslangan tadbirkorlik shakllarini joriy etishga e’tibor berildi. Chunki
xususiy mulk tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining
moddiy manfaatdorligini ta’minlaydi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini
ta’minlaydi. Moddiy manfaatdorlik yuqori bo‘lgan joyda esa
resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, mahsulot miqdori va sifatini
oshirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga rag‘bat bo‘ladi.
1998-yil
30-aprelda
O‘zbekiston Respublikasining “Fermer
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunning
yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda qabul qilindi. “Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida fermer xo‘jaligiga quyidagicha
ta’rif berilgan: fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan
yer uchastkalaridan
foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan
shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p
tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur qabul qilingan.
Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2017-yilning o‘zida 23800 ta fermer
xo‘jaligi ko‘p tarmoqli xo‘jalik turiga o‘tdi. Faoliyat yuritayotgan ko‘p
tarmoqli fermer xo‘jaliklari asosan go‘sht, sut mahsulotlarini qayta
ishlash, sovitgich, omborxona va issiqxonalarni tashkil etish, shuningdek
aholiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart kuni xalq
bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar
bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida “Paxta va
to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish fikrini ilgari surdi. Unda
O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning
ilmiy asoslari ko‘rsatib berildi.
34
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar,
tuman va viloyat
ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona
texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting,
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish
va
boshqa
xizmatlarni
uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida
raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Qishloq
xo‘jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan,
shuning natijasida paxtachilikka yangi
texnologiyalar kirib keldi,
moddiy
manfaatdorlik
oshdi.
2020-yil
holatiga
paxta
ekin
maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat
yuritmoqda. Bundan tashqari, meva-sabzavotchilik, g’allachilik, va
chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati
yo’lga qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: