Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va krеditlash sohasidagi
islohotlar.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat ehtiyojlari
uchun yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilib
borildi. 2002-yilgacha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarga
tayyorlov korxonalari tomonidan bo‘nak berilar edi. 2003-2004-yillarda
ayrim viloyatlarda fermer xo‘jaliklarini bo‘naklashning amaldagi
mexanizmi o‘rniga, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining imtiyozli
kreditlash mexanizmi sinov tariqasida joriy etildi. 2005-yil hosilidan
boshlab paxta, 2006-yil hosilidan boshlab esa g‘alla yetishtirish
xarajatlarini
to‘liq
hajmda
imtiyozli
kredit
ajratish
orqali
moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi.
Davlat ehtiyojlari uchun topshiriladiga paxta xomashyosi va g‘alla
yetishtirishni bo‘naklash ayrim kamchiliklardan xoli emas edi, ular
quyidagilar:
- bo‘nak mablag‘lari texnologik xaritaga muvofiq barcha xo‘jaliklarga
bir vaqtda ajratiladi va bunda mahalliy sharoit, rentabelli faoliyat
yuritayotgan, o‘z aylanma mablag‘iga ega bo‘lgan aksariyat
xo‘jaliklarning moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyoji inobatga
olinmaydi;
-
xo‘jaliklarni
moliyaviy
va
moddiy
resurslardan
samarali
foydalanishga rag‘batlantirmaydi va ayrim xo‘jalik rahbarlarida
boqimandalik kayfiyatini vujudga keltiradi;
- fermerlar o‘z xo‘jaliklarining moliyaviy mablag‘lar oqimini mustaqil
belgilab borish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar va bu o‘z navbatida
35
fermerlarda haqiqiy mulkdorlik hissining to‘liq shakllanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi;
- fermer xo‘jaliklari soni ko‘payishi va bu orqali davlat ehtiyojlari
uchun mahsulot topshiruvchi xo‘jaliklar soni keskin oshib borishi
natijasida ajratilayotgan transh mablag‘larini tayyorlov korxonalari
tomonidan har bir xo‘jalikka o‘z vaqtida yetkazib berishda qiyinchiliklar
vujudga keladi;
- qishloq joylarda bank amaliyotlari, ayniqsa kredit operatsiyalari
rivojlanishi sekinlik bilan o‘tadi;
- qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar orasida raqobat
tegishli darajada rivojlanmaydi.
2005-yil 11-avgustda Adliya vazirligida 1508-raqam bilan
ro‘yxatdan o‘tgan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari
uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat
banklari tomonidan kreditlash tartibi” to‘g‘risidagi Nizomga asosan:
- kreditlar davlat ehtiyojlariga sotiladigan mahsulot qiymatining
60 foizigacha miqdorlarda yillik 3 foizlik ustama haq to‘lash sharti bilan
(2 foizlik qismi bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta
xomashyosi uchun 18 oygacha bo‘lgan muddatga berilgan. Bunda
kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi
tartibda ajratilgan:
a) paxta xomashyosi uchun yilning 1-yanvariga qadar paxta
xomashyosi qiymatining 10 foizigacha, 1-aprelga qadar 25 foizigacha,
1-iyulga qadar 50 foizigacha, 1-sentabrga qadar 60 foizigacha;
b) g‘alla uchun yilning 1-yanvariga qadar g‘alla qiymatining 35
foizigacha, 1-aprelga qadar 50 foizigacha, 1-iyunga qadar 60 foizigacha.
- kreditlar ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash, MTPlar,
Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va qishloq xo‘jalik texnikasi
mavjud bo‘lgan boshqa xo‘jalik subyektlarining xizmatlari va olingan
urug‘lik uchun to‘lovlarni amalga oshirish, lizingga olingan texnika
vositalarining lizing va sug‘urta to‘lovlari, foydalanilgan elektr
energiyasi, yagona yer solig‘i to‘lovlariga, mineral o‘g‘it va
o‘simliklarni biologik va kimyoviy himoya qilish vositalarini, xo‘jalik
ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlar va boshqalarni xarid qilish
uchun ajratilgan.
Xo‘jaliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozli kreditlash mexanizmining
afzalliklari quyidagilardan iborat:
- mablag‘lar fermer xo‘jaliklariga ularning o‘z ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ajratib boriladi, bu esa o‘z navbatida mablag‘larning
36
muvaqqat hisob raqamlarida ishlatilmasdan qolib ketilishi hollariga
chek qo‘yadi;
- moliyaviy mablag‘larni mustaqil ishlatish imkonining yaratilishi
olingan kreditlardan samarali foydalanishga olib keladi. Fermer
xo‘jaliklarining paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirish xarajatlarining
ayrim turlari bo‘yicha to‘lovlarga ehtiyoji bo‘lmagan holda, ular mazkur
mablag‘larni texnologik xaritalarda belgilangan boshqa xarajatlarga
ishlatishi mumkin;
- moddiy-texnik resurslarga ehtiyoji bo‘lmagan holda asossiz
oldindan to‘lovlarni amalga oshirish holatlariga chek qo‘yiladi, buning
natijasida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq korxonalarining qishloq xo‘jalik
korxonalari oldida katta miqdorda kreditorlik qarzlari vujudga kelishi
oldi olinadi;
- xo‘jaliklar tomonidan kredit mablag‘laridan mustaqil va oqilona
foydalanishi natijasida yonilg‘i-moylash materiallari va mineral
o‘g‘itlarni samarali ishlatish bo‘yicha manfaatdorlikni oshiradi;
- tijorat banklari va xo‘jaliklarning ajratilgan kredit mablag‘larini
o‘z vaqtida qaytarilishida mas’uliyatini va manfaatdorligini yanada
oshiradi.
Mamlakatimizda joriy etilgan davlat ehtiyojlari uchun xarid
qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilishini imtiyozli
kreditlar
orqali
moliyalash
tartibi
fermerlarimizda
moliyaviy
resurslardan unumli foydalanish imkonini bergan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi
“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq, paxta
xomashyosi yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi
mexanizmi joriy etiladi. 2020-yil 15-martdan boshlab:
a) paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun
tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq
xo‘jaligini
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha yetishtiriladigan paxta
umumiy
qiymatining
50
foizigacha
bo‘lgan
miqdorda
moliyalashtirilganda yillik 8 foiz, 60 foizgacha bo‘lgan miqdorda
moliyalashtirilganda yillik 10 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2
foiz) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi. Bunda kredit oluvchi
agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, kredit mablag‘laridan erkin
foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy
tanlaydi; paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan
37
kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti
sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
b) yetishtirilgan paxta xomashyosini xarid qilish uchun tijorat banklari
tomonidan 12 oy muddatga paxta yig‘im-terimi hamda yakuniy hisob-
kitob uchun tijorat kreditlari ajratiladi. Bunda:
- milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz
stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10
foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari
tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz
punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi.
Yuqoridagi qarorga ko‘ra, 2021-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosi
yetishtirishni kreditlash tartibi fermer xo‘jaliklari tomonidan mustaqil
ravishda aniqlanashi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi
“G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga
muvofiq 2020-yil 1-iyundan boshlab:
a) fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni
rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarining g‘alla
yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha g‘alla yalpi hosili umumiy
qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik
10 foiz, 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda esa yillik
12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda
kreditlar ajratiladi.
Bunda:
- fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni
rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari agrotexnik
tadbirlarni o‘tkazish xususiyatidan kelib chiqib kredit mablag‘laridan
erkin foydalanish hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni
ixtiyoriy tanlaydi;
- g‘allachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklarining g‘alla
yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlarini bo‘naklash pul mablag‘lari
shaklida amalga oshiriladi;
38
- g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kredit
mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida
qayta rasmiylashtiriladi;
b) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faqat donni qayta ishlovchi
korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan g‘allachilik
klasterlari tomonidan respublikada yetishtirilgan g‘allani xarid qilish
uchuntijorat banklari tomonidan 12 oy muddatga 50 milliard so‘mgacha
miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.
Bunda:
- milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz
stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy
stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari
tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz
punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash
Tadbirkorlik
faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash
davlat
jamg‘armasi
hisobidan kompensatsiya beriladi;
- g‘allani xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablag‘larining
muddatida qaytarilmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini moliyalashtirishda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham muhim ahamiyatga ega.
2021-yil
26-fevralda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini
tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra
quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
-
paxta
xomashyosi
va
bug‘doy
yetishtirish
xarajatlarini
moliyalashtirish;
- asosiy maydonlarda ekiladigan sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini
ta’minlash uchun zarur bug‘doyni bozor narxlarida xarid qilish va birja
savdolariga qo‘yish;
- fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga
zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib
berishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
39
- qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va hisob-kitob tizimiga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha
tajribasini o‘rganish hamda ularni respublikada joriy qilish.
Ushbu farmonga ko‘ra:
a) agrotexnik tadbirlarni, jumladan, kuzgi shudgorlashni va ekin
maydonlariga mineral o‘g‘itlarni solishni o‘z vaqtida ta’minlash
maqsadida 2022-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish
xarajatlarini moliyalashtirish tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-
noyabridan boshlanadi;
b) paxta yig‘im-terimi uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan
kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun
kompensatsiya to‘lash jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda:
- milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz
stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10
foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari
tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz
punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya
kreditning dastlabki 9 oyi uchun to‘lanadi.
Ushbu farmonga ko‘ra, sabzavot yetishtirish faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq
2021-yilda:
- sabzavotchilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa sabzavot
yetishtiruvchilarga tijorat banklari tomonidan 9 oy muddatga yillik foiz
stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan, bank marjasi 2
foiz) yetishtiriladigan sabzavot qiymatining 40 foizigacha miqdorda
kredit ajratiladi;
- sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun jamg‘arma
tomonidan 9 oy muddatga yillik foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy
stavkasidan ikki foiz punkt kamaytirgan holda tijorat banklariga
joylashtiriladi.
2022-yil
hosilidan boshlab,
asosiy
maydonlarda
sabzavot
yetishtirish uchun ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz
stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan qismi
uchun kompensatsiya to‘lash tizimi joriy etiladi.
Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tarmoqqa
Do'stlaringiz bilan baham: |