40
ko‘rinishidagi moliyaviy ko‘mak berishga alohida e’tibor berilmoqda.
Jumladan, suv ta’minoti yomon hududlarda
artezian quduqlar qazish
uchun, qishloq xo‘jaligi texnikalari sotib olish uchun, tejamkor sug‘orish
texnologiyalarini joriy etish uchun va boshqalar
uchun subsidiyalar
berilmoqda. Bundan tashqari, chorvachilikni
rivojlantirish maqsadida
xorijiy mamlakatlardan naslli chorva mollari va baliqlarni olib kelayotgan
tadbirkorlarga xarajatlarining bir qismi subsidiya shaklida qoplab
berilmoqda.
2020-yil
29-yanvarda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-
sonli Farmoni qabul qilindi va unga muvofiq 2020-2022 yillarda:
a) chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga
davlat
tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
- respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan
sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million so‘m
miqdorida;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir
boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400
ming so‘m miqdorida;
b) “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq
yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya
ajratiladi:
- intensiv usulda etishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1
million so‘m miqdorida;
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1
dona nasldor
ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarining 50 foizi
miqdorida;
d) “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan
parrandachilik
xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan
bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash
uchun davlat tomonidan
subsidiya ajratiladi.
Qorako‘lchilik, ipakchilikni rivojlantirish va boshqa ko‘plab
sohalarni
moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash
maqsadida
subsidiyalar
ajratilmoqda. Subsidiya shaklida ajratilayotgan ushbu mablag‘lardan
samarali foydalanishni tashkil etish, mablag’lardan
maqsadli foylanish
ustidan nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish lozim.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish maqsadida “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila tadbirkor”
va boshqa shu kabi davlat dasturlari doirasida issiqxonalar tashkil etish,
41
chorva mollari, parrandalar boqish va baliqchilik bilan shug‘ullanish uchun
imtiyozli shartlar asosida kreditlar berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: