Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Uchinchidan,
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish 
ijara usuliga asoslangan bo‘lib, yer ijara mexanizmi orqali bozor 
munosabatlariga kiritiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, agrar islohotlar 
jarayonida qishloqda turli toifadagi yerdan foydalanuvchilar soni keskin 
ko‘paydi va bu hozir ham davom etmoqda. “Fermer xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi qonunda ham yer uchastkasi fermer xo‘jaliklariga 30 
yildan 50 yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga berilishi belgilab qo‘yilgan. 
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ajratib berish jarayonini 
takomillashtirish maqsadida ularga yer uchastkasini tender asosida 
ajratib berilishi tartibi joriy etilgan. 
To‘rtinchidan, 
fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer 
uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralari amalga oshirib 
kelinmoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-
oktabrdagi “Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari 
miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab 
chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida”gi 3077-
sonli Farmoyishi, 2015-yil 15-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan 
yer 
uchastkalari 
maydonlarini 
maqbullashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 362-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi “Fermer xo‘jaliklari va boshqa 
qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda 
qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha 
chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-sonli qarorlariga muvofiq fermer 
xo’jaliklariga ajratib berilgan yer uchastkalarini maqbullashtirish chora-
tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2008-yil 6-oktabrdagi 3077-sonli Farmoyishiga ko‘ra, o‘sha paytda 


24 
jahon-moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
davom 
etayotganligi 
va 
mamlakatimizda inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi doirasida 
fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini asosan yiriklashtirishga e’tibor 
qaratildi. 2015-yil 15-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 362-sonli qarori bo‘yicha esa fermer xo‘jaliklarining 
yer uchastkalari kichiklashtirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-
yanvardagi 14-sonli qarorlariga muvofiq esa fermer xo‘jaliklariga ajratib 
berilgan yer maydonlari yiriklashtirildi. Ushbu qarorda qishloq xo‘jaligi 
korxonalari 
yer 
uchastkalarining 
hajmlari 
ularning 
faoliyat 
yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:
• 
paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi 
korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami - 100 
gektar;
• 
g‘allachilik va sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi 
korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami - 20 
gektar;
• 
bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi 
korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami - 10 
gektar; 
• 
sabzavotchilik va polizchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi 
korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami - 5 
gektar. 
Bir gektar yer maydoni uchun paxta-g‘allachilik loyihasiga 2 ming 
AQSh dollari ekvivalenti miqdorida hamda sabzavot-g‘allachilik, 
bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming 
AQSh dollari ekvivalenti miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya 
kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga tuman sektor 
rahbarining tavsiyasiga ko‘ra tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimining 
qaroriga asosan yer uchastkalari ajratiladi. 
Bizning fikrimizcha, fermer xo‘jaliklari yer maydonlarining 
maqbullashishi tabiiy jarayon sifatida yuz berishi lozim. Ya’ni, faoliyati 
rivojlanayotgan fermer xo‘jaliklari asta-sekinlik bilan o‘z maydonini 
kengaytirib borishi lozim, faoliyatini yaxshi tashkil eta olmagan
samaradorlikka erisha olmagan fermer xo‘jaliklari o‘z maydonlarini 
qisqartirishga majbur bo‘ladilar. Bu jarayonga ma’muriy yo‘l bilan 
aralashish ko‘zlangan natijani bermasligi mumkin. Masalan, mavjud 
resurs salohiyati va inkoniyatlari 50 gektar yerda faoliyat yuritishga 
yetadigan, shu maydonda samarali faoliyat yuritayotgan fermer 


25 
xo‘jaligining yer maydonini yiriklashtirish uning faoliyati samaradorligi 
pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Yoki aksincha, undan ma’lum 
miqdordagi yer maydonining olib qo‘yilishi uning kelgusida o‘z 
faoliyatini yanada rivojlantirishga, faoliyatiga uzoq muddatli investitsiya 
kiritishga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi. Shu sababli, yer uchastkasini 
yiriklashtirish yoki kichiklashtirishni fermerning o‘zi hal etishi 
maqsadga muvofiqdir.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish