10
ko‘rish mumkinki, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mahsulot yetishtirish
jarayoniga tabiiy-iqlim sharoitlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
b) qishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi
hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida
yerning ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda
ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘
sepiladi, ko’chat ekiladi va dehqonchilik mahsulotlari yetishtiriladi.
Chorvachilikda ham yerning ahamiyati katta, ya’ni chorva mollari
yaylovlarda boqiladi, yerda yetishtirilgan chorva ozuqasi mahsulotlari
bilan oziqlantiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida ularga
e’tibor berish talab etiladi;
d) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
ishlab chiqarish mavsumiy
xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari
ma’lum vegetatsion davrning o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda
xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati
o‘rtasidagi farqning katta bo‘lishiga olib keladi. Masalan, paxta
yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda
nihoyasiga yetadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi
tadbirkor o‘zlari yetishtirayotgan mahsulot tayyor bo‘lgunga qadar uzoq
muddat davomida faqat xarajat qilishi talab etiladi. Bundan tashqari,
ishlab chiqarishning mavsumiyligi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
mavjud
resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo
etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash uchun
tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab
etiladi;
e) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat
vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat
qilayotgan mutaxassislar o‘simlik va hayvonlarning biologik hamda
zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab
chiqarish jarayonida ularni
hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan
mehnatning samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining
biologik imkoniyatlariga bog‘liq;
f) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga
oshiriladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyoridagi
yer maydoni 20761,6 ming gektar yer bo’lib, 4210,1 ming gektar
sug’oriladigan yerlarda dehqonchilik qilinadi. Bitta fermer xo’jaligi
o’nlab gektar yer maydonida o’z faoliyatini tashkil etadi. Bu esa o‘z
11
navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum qo’shimcha
xarajatlar va boshqa shu kabi talablarni keltirib chiqaradi;
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi
tarmoqning o‘zida urug‘lik, yem-xashak,
oziq-ovqat va boshqa
maqsadlarda ishlatiladi;
h) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat
saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu
muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib
yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan
mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta
ishlovchilarning bir me’yorda ishlashini, ma’lum davrda katta
quvvatlarning bo‘lishini talab qiladi. Yilning qolgan davrlarida esa bu
quvvatlarning nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tish sharoitida
davlatning ko‘magida qishloq xo‘jaligida
talabga javob beradigan,
samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi
yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda.
Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning
turli shakllariga keng yo‘l ochib berish va ularni rivojlantirish yo‘lidan
borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda,
tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va
mehnat)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
sotish
jarayonini
takomillashtirish,
foyda
hajmini
oshirish,
investitsiyalarni
keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq
ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish
hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va
rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar
tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
tabiiy va iqtisodiy qonunlar,
iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: