8-Mavzu:Nutq uslublari va ularning xususiyatlari. Reja:
1. Adabiy nutq va uning uslublari.
2. Ilmiy, badiiy, so‘zlashuv, rasmiy-
idoraviy, publitsistik uslublar.
3. Ularning uslubiy xususiyatlari.
Uslub
Uslub–so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir.
Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo`ladi:har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o`z nutq uslubi bo`ladi. Shunga ko`ra, uslub, avvalo, so`zlashuv va yozma nutq uslublariga bo`linadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma‘lum soha doirasiga, ma‘lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na‘matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi. O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:
so‘zlashuv
Ilmiy,
rasmiy- idoraviy
publitsistik
badiiy,
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh aqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.
Publitsistik
uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi:
yozma shakl
og`zaki shakl
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. Har bir xabarga ta‘sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‗da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so’ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Buuslubning muhim xususiyati axborot berish va ta‘sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta‘sirchanlik, adabiy til me‘yorlariga qat‘iy amal qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |