Transport, energetika va kommunal tizimlardagi falokatlar va
halokatlar oldini olish
Portlash
Kimyoviy
Fizikaviy
Kondensatlangan
moddalar portlashi
Hajmiy
portlash
Qisilgan
gaz
Qizitilgan
gaz
Qattiq
moddalar
Aerozoli,
aerovzvesli
Fizikaviy
detonasiya
Suyuq
moddalar
Gazli-havoli
ashyolar
Yadroviy
Atomli
Termoyadroli
Neytronli
131
chora-tadbirlari
a) Havo transporti avariya va falokatlari, tarnsport tizimidagi
avariya va halokatlar.
Ko’rinishi: yo’lovchi, ekipaj a’zolarini halok bo’lishi, havo
transportini portlashi, yer yuzidagi bino va xalq xo’jaligi obyektlarini
buzilishi, turli darajadagi qutqaruv va tezkor ishlarni olib borishga olib
keladigan holat.
Sabablar: havo transportini nosozligi; ob-havoni noqulayligi;
dispetcherlar aybi bilan sodir bo’ladi.
Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktik ko’rik va ta’mirlashni
vaqtida o’tkazilishi; boshqarish va aloqa tizimlarini ish sifatini yaxshilash.
Muhofazasi: aviasiyadan avariyasiz foydalanish va parvozlar
xavfsizligi bo’yicha tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish.
b) Temir yo’l avariya va halokatlari.
Ko’rinishi: yong’inlar, portlashlar, vagonlarni yo’nalish izidan
chiqishi, aholi va yo’lovchilarni halok bo’lishi, sodir etilgan joylardagi
aholi va hudularni zarar ko’rishi.
Sababi: temir yo’llarning nosozligi, harakat tarkibining nosozligi,
aloqa vositasini nosozligi, dispetcherni ahamiyatsizligi.
Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktika ko’rik va ta’mirlash
ishlarini o’tkazish; boshqaruv va aloqa tizimlari ish sifatini oshirish;
dispetcherni xizmatini yaxshilash.
v) avtotransport avariya va halokatlari.
Ko’rinishi: transportdagi fuqarolarni halok bo’lishi, portlash va
yong’inlarni chiqishi.
132
Sababi: transport harakat xavsizligiga rioya qilmasligi; tezlikni
oshirish; spirtli ichimliklarni ichib boshqarish; texnik nosoz transportni
boshqarish; yo’llarni talab darajasiga emasligi.
Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy profilaktik ko’rik va texnik
ta’mirlash ishlarini vaqtida o’tkazish, nosoz transportdan foydalanmaslik,
yo’l harakat qoidalariga rioya qilish va boshqalar.
Muhofazasi: DAN organiga yo’l transport xavfsizligini ta’minlash
xizmatiga rahbarlik vazifasi yuklatiladi.
g) Metropoliten stansiyalarida ehtimol bo’lgan FV ko’rinishi:
fuqarolarni nobud bo’lishi, portlash va yong’inlar sodir etilishi mumkin.
Sabablari: o’tish joylaridagi savdo do’konchalarini yuqotish va
boshqalar.
Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik
ta’mirlash ishlarni vaqtida o’tkazilishi, nosoz transport vositadan
foydalanmaslik, yo’l harakati qoidasiga rioya qilish va boshqalar.
Muhofazasi: ushbu obyektlardagi ishlarning olib borish ahvoli va
xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish.
d) magistral quvur tarmoqlarida neft va gaz burg’ulash
maydonlaridagi bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar.
Ko’rinishi: portlovchi moddalar bilan bog’liq yong’in va
portlashlar fuqarolarni halok bo’lishi, hudud, inshoot va binolarni tuzilishi.
Sabablar: quvur tarmoqlarining, ventillarninng eskirganligi, ularni
vaqtida ko’rikdan o’tkazmaslik va boshqalar.
133
Oldini olish chora-tadbirlari: texnik xujjatlarda ko’rastilgan me’yor
talablari bo’yicha rejaviy-profilaktik ko’rik va ta’mirlashni vaqtida
o’tkazish xavfsizlik choralariga amal qilish.
Muhofazasi: Neft va milliy gaz korporasiyasi avariya va
halokatlarni oldini olish va bartaraf etish tadbirlarni tashkil etadi va amalga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |