Gidrotexnik obyektlardagi falokatlar va halokatlar sodir
bo’lishini oldindan ta’minlash, unga baho
berish, gidrotexnik inshootni va aholi,
hududlarni muhofaza qilish choralari
Ekologik nazorat
Monitoring
Texnogenli muhit
Tabiiy muhit
Biotik
komponetlar
Abiotik
komponentlar
Informasiya yig’ish va qayta ishlov markazi
Bank ko’rsatkichlari
O’zgaruvchan ko’rsatkichlar
Holatni haqiqiy baholash va rivojlanishini baholash
Ekologik holatni normallashtirish va aholini muhofaza qilish
Holatning mumkin bo’lgan
daraja kriteriysi
122
GXO bilan bog’liq halokatlar va falokatlarni sodir bo’lishini
oldindan taxminlash va unga baho berishda hamma GXO va ehtimoli
bo’lgan suv bosish zonalari xaritalarga (rejalarga, sxemalarga) tushirilib,
tegishli shikastlovchi omillar va ko’rsatkichlar ko’rsatiladi va parametrlari
halokatli suv bosishning shikastlovchi omillari omborining o’lchamlariga,
to’g’onning balandligiga, urib ketgan to’lqinning tezligi (3-100 km/soat
gacha) va balandligiga (2-20 m gacha), yer yuzasi qandayligiga (suv
bosish zonasining chegaralarini belgilaydi) va boshqa sharoitlarga bog’liq.
Suv bosish zonasi – hududning GTIga tutash va suv tagida qolishi mumkin
bo’lgan qismidir.
Bu hujjatlar FV boshqarmalari va bo’limlarida, shuningdek GTI
(GXO)ni quruvchi va ularni ishlatuvchi vazirliklar (idoralar)da va ularning
joylardagi bo’limlarida turadi.
Oldindan taxminlashda birlamchi shikast omillari va ularni
oqibatlaridan tashqari quyidagi ikkilamchi omillar: suv, yer yuzasini turli
zararli moddalar bilan ifloslanganligi; odamlar va hayvonlarning ommaviy
kasallanganligi; trasport va elektromagistral tizimlardagi avariyalar;
ko’chkilar va o’pirilishlar; imorat va inshootlarning chidamliligini
yo’qolganligi; atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar ham hisobga olinadi.
Oldindan taxminlashda ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar ham
hisobga olinadi:
- aholi doirasidagi talofatga (halok bo’lganlar, bedarak yo’qolganlar,
shikastlanganlar, boshpanasiz qolganlar va h.k.) qolganligi hisoblab baho
beriladi;
123
- moddiy zararga (buzilgan, shikastlangan ishdan chiqqan obyekt va
inshootlar) qanchaligini hisoblab, shuningdek pul bilan hisoblab baho
beriladi; bundan tashqari bevosita va bilvosita zararlar hisoblab chiqiladi.
Bevosita zararlar:
- GTI imoratlar, avtomobillar, temir yo’llar, elektr uzatish, aloqa
simlari, energotizimlar va boshqa obyektlar;
- chorva mollari, ekinzorlar, ekinlar hosili, yer suv va boshqalarni
nobud bo’lishi;
- xom ashyo, yoqilg’i, ovqat mahsulotlari, chorva ozuqalari;
o’g’itlar va h.k. yo’qotilishi va buzilib qolishi;
- aholini xavfsiz joylarga vaqtincha evakuasiya qilish harajatlari;
- hosildor qatlam yuvilib ketishi va tuproq ustiga balchiq cho’kib
qolishi.
Bilvosita zararlar:
- ovqat mahsulotlarini, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish
materiallari, texnika chorva-ozuqalari va odamiylik yordamlarini sotib
olish va shikast topgan joylarga yetkazish xarajatlari;
- sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlashni kamayishi
hamda iqtisodiyotning rivojlanish suratini pasayishi;
- mahalliy aholini tirikchilik sharoitini yomonlashuvi;
- suv bosish ehtimoli bir zonadagi hududdan rasional
foydalanishning iloji yo’qligi
Halokatli suv bosgandagi sharoitga baho berish tartibi;
1. Dastlabki ma’lumotlarga aniqlik kiritish: GTI va undagi
avariyaga tavsif berish, obyekt joylashgan yer yuzasiga tavsif berish
124
(relyef, o’simliklar, qurilishlar, transport magitralini va boshqalarni
mavjudligi); ob-havo – iqlim sharoiti (yil fasli kecha-kunduz vaqti, ob-
havo aholi va boshqalar); aholiga, hududga va FMga ta’sir darajasi;
2. Xavfli zonaning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlarini
aniqlash: urib ketgan to’lqin balandligi, tezligi, suv bosishning maksimal
va amaldagi chuqurligi;
3. Halokatli suv bosish zonasini xaritaga (rejaga, sxemaga)
tushirish;
4. Halokatli suv bosishning vaqt omillarini aniqlash: urib
to’lqinning muayan chegaralarga va muhim obyektlarga yetib kelish vaqti
(30 daqiqa, 1 soat kabi vaqt bo’laklarida); suv bosish vaqti qancha davom
etishi (butun suv bosish zonasida va uning alohida qismlarida);
5. Ehtimol bo’lgan talofat zararlarni aniqlash;
6. Muhofaza qilish va favqulodda vaziyat chegarasi (FVCh)
yuzasidan asosli qarorga kelish uchun halokatli suv bosishning aholiga,
hududga va fuqaro muhofazasiga ta’sirini aniqlash.
GTIdan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini
ta’minlash maqsadida obyektni loyihalash, qurish, ishlatish davomida
xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan avariyani oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bajarish,
shuningdek unday masalalar bo’yicha FV organi bilan hamkorlik qilishi
zarurligi yuklatilgan.
Gidrotexnika inshootini muhofaza qilish choralari:
1.
GTI ni loyihalash va qurishda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik;
2.
GTI dan to’g’ri foylanish;
125
3.
Belgilangan tadbir va ta’mirlash ishlarini vaqtida
bajarilishi;
4.
GTI ahvolini doimo kuzatib turish (uskuna-jihozlar va yuksak malakali
mutaxassislar yordamida).
Aholi va hududni muhofaza choralari:
1.
Yaxshi yo’lga qo’yilgan axborot tizimi;
2.
Ehtimoli bor halokatli suv bosish zonasida istiqomat qiluvchi aholining
FV dagi hatti harakatlarga tayyorgarlik ko’rganligi;
3.
FM rahbarlik tarkibining falokat va xalokatlar oldini va ularni paydo
bo’lishi xavfi tug’ilgandagi faoliyat masalalari bo’yicha tayyorgarligi;
4.
Muhofaza tadbirlarini (aholiga xabar berish, aholi, hayvon va boyliklarni
evakuasiya qilish, suv bosishi ehtimoli bor zonadagi korxana ishlarini
cheklash yoki to’xtatish, moddiy boyliklarni muxofaza etish) bevosita
o’tkazish;
FVda aholining hatti harakatlari va faoliyat qoidalari:
1.
Suv bosadigan zonadagi aholi suv bosishi ehtimoli bo’lgan zonalarni,
suv bosadigan vaqtlarni, shuningdek shikastlovchi omillarni (to’lqin
balandligi, tezligi, to’lqin old tomoni yetib keladigan vaqt) yaxshi bilishi
kerak;
2.
Aholining hammasi suv bosish xavfi tug’ilganligi va suv bosgandagi
hatti-harakatlarga o’rgatilganligi kerak.
3.
Aholining barchasi suv bosish ehtimolli borligi, suv bosish vaqti, uning
chegalari haqida tavsiyalarni vaqtida olish kerak.
4.
Xavf haqidagi xabar signali olinganda qo’yidagi ishlar qilinishi kerak:
126
- xujjat, qimmatbaho va kerakli buyumlar, 2-3 kunlik oziq-ovqat va
suv zaxiralarini o’zi bilan olishi;
- boshqa narsalarni yuqolmaydigan qilib saranjomlab qo’yish;
- energiya iste’molchilarini o’chirib qo’yishi.
5.
To’satdan halokatli suv bossa:
- baland joyga, pishiq inshoot ustiga chiqiladi, bordiyu to’lqin
to’satdan yetib kelib qolsa - uning ichiga sho’ng’iladi;
- oldindan tayyorlab qo’yilgan qutqaruv vositasi (4-6 ta bir litrli
plastmassa idishlar osilgan najot qamari) taqib olinadi;
- agar odam imorat ichida (cherdakda va boshqa joyda) qolgan
bo’lsa, qayerdanligi belgilanib, qutqaruvchilar mo’ljal olishi uchun signal
(kunduz kuni - oq bayroq, kechasi fonus) osib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |