Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi
J.M.Qurbonov, J.S.Fayziyev
FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO 
MUHOFAZASI
fanidan
O’QUV QO’LLANMA
Samarqand iqtisodiyot va servis 
instituti Ilmiy Kengashining 
2009 yil 27 fevral №7 - sonli 
bayonnomasiga ko’ra o’quv qo’llanma 
sifatida tavsiya etilgan
SAMARQAND  –  2009


J.M.Qurbonov,   J.S.Fayziyev.   Favqulodda   vaziyatlarda   fuqaro   muhofazasi.   O’quv 
qo’llanma. SamISI. 2009 y. – 284 bet.
Taqrizchilar: 
1. Turdiqulov A.
- Samarqand viloyati favqulodda  
  
   vaziyatlar boshqarmasi mutaxassisi
2. B.T.Eshquvvatov 
- SamISI professori, t.f.d., O’zFA   
                                             akademigi
            
Institut Ilmiy Kengashi №7 bayoni bilan tasdiqlangan. 27 fevral 2009 yil.
Annotasiya
Ushbu  o’quv   qo’llanma   bakalavriaturaning   barcha   yo’nalishlari   uchun, 
tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda 
vaziyatlar   vazirligi   fuqaro   muhofazasi   institutining   va   boshqa   chet   davlatlar 
manba’lardan foydalanib tuzilgan bo’lib, unda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni 
muhofazasi haqida ma’lumotlar berilgan.
O’quv  qo’llanma   ta’lim   yo’nalishlaridagi   bakalavriatura   va   mutaxassislar 
uchun mo’ljallangan.
© J.M.Qurbonov, J.S. Fayziyev. 2009 y.
2


KIRISH 
Ona   sayoramizda   ilk   qadamlarni   qo’ygan   va   tafakkur   imkoniyati 
darajasiga ko’tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida o’zlariga xavf 
solib   turgan   yirtqichlardan   ham   xavfli   ofatlar   bo’lishini   tezda   tushinib 
yetishgan. Chunki, o’sha davrlarda ham zilzilalar, vulqonlar, to’fonlar, suv 
toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar insonlarning ojiz va siyrak qabilalariga 
sezilarli zarar yetkazib turgan. 
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, o’tgan davr mobaynidagi 
sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo’llanilgan zamonaviy qurollar, turli 
ko’rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr 
bo’sag’asida   bajariladigan   tadbirlarni   har   tomonlama   asoslagan   holda 
belgilab oladi.
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb 
muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy etgan 
texnologiyalar   bilan   ta’minlashi,   tabiiy   rivojlanishdagi   ayrim   noxush 
vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va 
iqtisodni   barqaror  rivojlanishiga   xavf   solib   turibdi.   Shuning   uchun   eng 
muhim   vazifalar   O’zbekiston   aholisi   va   hududini   turli   xil   favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizni ta’minlash hisoblanadi. 
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida 
«Ekologik   xavfsizlik   muammosi   allaqachonlar   milliy   va   mintaqaviy 
doiradan   chiqib,   butun   insoniyatning   umumiy   muammosiga 
aylangan»ligini   e’tirof   etganlar.   «O’zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda» 
3


asarida   Prezidentimiz   vatanimizning   yaxlitligi,   aholi   xavfsizligi   tahdidi 
to’g’risida batafsil to’xtab o’tganlar.
Oldingi   ikki   qarama-qarshi   siyosiy   qarashlarning   bir-biriga   faol 
qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg’in qurollari 
va   hujumkor   vositalardan   himoyalanish   ruhida   tarbiyalangan   bo’lsa, 
hozirgi   vaqtda   fuqaro   muhofazasi   yangi   ijtimoiy-iqtisodiy   zaruriyat 
asosida   shallanmoqda,   mamlakatimizni   va   aholini   turli   falokatlar   va 
halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yo’naltirilmoqda. 
Shuning   uchun   bir   tomondan   fuqarolarni   dushman   tomonidan 
bo’ladigan   ta’sirlardan   saqlash   hozirgi   kunning   dolzarb   vazifalaridan 
hisoblansa,   ikkinchi   tomondan  esa,   bizning   o’lkamiz  tabiiy   ofatlar   (yer 
silkinishi, yer surilish,  sel, suv  toshqini va h.k.) bo’lishiga  moyil o’lka 
bo’lganligidan   hamda   texnogen   avariyalar   va   ekologik   muvozanatni 
buzilishi   natijasida   uning   oqibatlaridan   fuqarolarni   xalq   xo’jaligi 
tarmoqlarini,   moddiy   resurslarni,   texnikalarni   va   tabiatni   asrash,   zarar 
ko’rgan   hududlarda   qutqarish   –   tiklash   ishlarini   olib   borish   ham   juda 
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda O’zbekiston mintaqasi uchun xos 
bo’lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga keladigan 
ekologik   vaziyatlarni   chuqur   tahlil   etish   natijasidagina   har   qanday 
favqulodda   vaziyatlardagi   moddiy,   ma’naviy   yo’qotishlar   ko’lamini 
qisqartirishga erishish mumkin.
4



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish