18
tayyorgarligiga bo`lgan talablarning ortib borganligidan bo`lsa, ikkinchidan,
so`nggi yillarda metodika erishgan yangiliklarni
didaktik nuqtai nazardan
o`qituvchilarning baholay olishiga bo`lgan talabning ortib borishidir.
Keyingi yillarda maktab chizmachilik dasturining o`zgartirilishi bilan bir
qatorda, o`quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish yo`llarini izlash sohasida
ham tinimsiz ishlar olib borilmoqda.
O`qitish
metodlarini
takomillashtirish
va
pedagogik
jarayon
samaradorligini oshirish, o`quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtirish,
aniqlash bilan bog`liq. Bu vazifalarni to`g`ri tashkil etish, ularda grafikaviy
faoliyatning maqsadi muvofiq usullarini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega.
Bular, albatta, o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi.
O`qituvchilarning pedagogik mahoratini ularning yangi ish
shakllariga jalb qilish
orqali, ta‟limning eng samarali metodik usullarini aniqlash va ularni amalda
sinab ko`rish orqali oshirish mumkin.
Chizmachilik dasturining asosiy o`quv vazifalaridan biri o`quvchilarning
narsalar fazoviy xususiyatini tekislikda chizma va texnikaviy rasm tarzida aks
ettirish bilan bog`liq bo`lgan grafikaviy faoliyatni o`stirishdan iborat.
Chizmachilik fani umumta‟lim maktablarida 2000-yildan boshlab P.Odilov
va A.Umronxo`jayevlar tоmonidan nashr qilingan dastur bo`yicha o`qitilib
turibdi. Bungacha 1986-1987-o`quv yilidan boshlab chizmachilikni bir yil oldin
7-sinfdan
o`rganib
boshlagan
edilar.
Keyin
1993-yilda
O`zbekiston
Respublikasida ilmiy-metodika markazi tоmonidan ”Chizmachilik o`qitishni
takomillashtirish kоnsepsiyasi” e‟lоn qilindi. 1995-yilda
shu kоnsepsiyaga
asosan chizmachilik fani “Texnikaviy grafika asoslari” deb yangidan nomlanib,
shu nomda dastur va darslik chop qilinib o`quv jarayoniga kiritildi. Lekin ushbu
darslik unga qo`yiladigan talablarga to`liq javob bermaganligi sababli hozirgi
kunda u bilan bir qatorda umumta‟lim maktablarida A.Botvinnikov va boshqalar
muallifligidagi “Chizmachilik” (1991-yil) darsligi ham o`qitilmoqda.
2004-yilda
P.Odilov,
I.Rahmonov,
N.Hurboyev,
A.Bo`ribekovlar
tomonidan lotin alifbosi asosida “Chizmachilik” darsligi
tayyorlanib nashrdan
chiqdi.
Hozir amaldagi dastur va darsliklarda avvalgi hamma yutuqlar saqlanib
qolingan va shu bilan bir qatorda o`quvchilar grafik tayyorgarligini orttirish
uchun qator tadbirlar ko`zda tutilgan. Amaldagi dastur
va darslikning prinsipial
farqi o`quvchilar ijodkorligini rivojlantirishga qaratilganligida.
Shunday qilib, o`quvchilar grafik faoliyatiga tayangan holda ularning
ijodiy tafakkurini rivojlantirish birinchi o`ringa ko`tarilgan.