11
5. Kurs ishini matnini yozish.
To’plangan maerial bayon etilganda ko’rilayotgan
masala va
dalillar izchilik bilan hisobga olinib borilishi kerak. Kurs ishida berilgan
ma’lumotlar maxsus ilmiy bilimlar darajasida bo’lishi kerak. Ko’rilayotgan
masalaning asosiy mazmunini yaqqol ochib berish talab etiladi. Har bir
murakkab masalaning tugallanishida, albatta qisqacha xulosa bilan
yakunlanadi.
O’z izlanishlarini bayon qilish chog’ida
asosiy dalillarga
tayanish raqam, jadvallar va xokazo kerak. Rasmlar ilova qilingan matin
odatda, qisqa va tushunarli
bo’ladi.
Kurs ishda
o’z ixtiyori bilan so’zlarni qisqartirish mumkin emas.
Manbalardan
ko’chirmalar keltirilsa uning qaerdan olinganligi, kurs ishining
ayni shu betida, pastki qismda aniq va
to’liq xolda beriladi.
Kiritilgan taklif va muloxazalar muallifning shaxsiy kuzatishlari
bilan yoki adabiyotlardan olingan
ma’lumotlar
asosda quvvatlansa yaxshi
bo’ladi. O’rganilayotgan masala yuzasidan turli fikrlarning o’xshashlik va
farqlarini aniqlab, taqqoslab borish juda muhim va axamiyatlidir.
Bunda bir-biri bilan uzviy
bog’lanishda bo’lgan xodisalar
taqqoslanishi kerak, taqqoslashni bir xil belgilar
bo’yicha yoki bir xil
yo’nalish bo’yicha o’tkazgan ma’qul. Masalan: bir sinfdagi o’quvchilarning
o’zlashtirishlarini, ularning avvalgi bilim darajasi bilan qiyoslasa bo’ladi.
Ba’zi adabiyotlarda ko’rilayotgan
masalaga nisbatan turli
munosabatlar uchraydi. Bunda yuqoridagi fikrlarni tahlilga tayangan xolda
talaba,
o’z izlanishlari natijasi, shaxsiy qarashlarini ifodalashi mumkin.
Bunday mustaqil fikr yuritilishi kurs ishining qimmatini oshiradi va bahosni
ko’taradi. Har bir bobni albatta yangi betdan boshlab yozish talab etiladi.
Hamma bob va
bo’limlarni yozishda ularning nomlanishini ko’rsatish kerak.
Kurs ishining matni
qog’oz varag’ining bir tamoniga chetdan o’z
mulohazalarini bildirish uchun joy qoldirib yoziladi.
Tajriba natijalarini dalillar bilan isbotlash uchun muallif
o’z fikr
mulohazalarini jadval, foto surat bilan
to’ldiradi. Har bir illyustratsiya o’z
nomiga ega
bo’lib, qo’shimcha yozuvlarsiz tushunarli bo’ishi va tartib bilan
ravqamlanishi kerak. Masalan
: “1-rasm” yoki “1-jadval” .
Kurs ishi mavzusiga mos xolda rasmlar oq-qora yoki rangli, turli texnikada
bajarilgan
bo’lishi mumkin lekin ular badiiy
jihatdan yaxshi ishlangan
bo’lishi shart.
Kurs ishi matnini yozishda uning mazmuniga alohida
e’tibor
berish lozim. Juda qiziqarli fikrlar keltirilgan kurs ishi ham tushunasiz va
qo’pol xatolarga yo’l qo’yib yozilgan bo’lsa, o’z qimmatini yo’qotadi.
Matinda ortiqcha
so’zlar va jumlalar bo’masligi, muallifning fikri aniq ravon
12
yoritilgan
bo’lishi talab etiladi. Ikkinchi darajali masalalar tafsilotiga berilib
ketib, matinni ortiqcha maydalashtirib yuborish yaramayi. Yuqorida
ko’rsatib o’tilgan kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun qo’lyozmani
qayta-
qayta o
’qish, undagi kamchiiklarni tuzatish, o’zgartirishar kiritish kerak
bo’ladi. Nisbiy tugallangan fikrni bildiradigan jumlalar matinda alohida
yangi qatordan yoziladi. Matinni yozishda umumiy qabul qilingan termin
(atama)lardan
foydalanish, yangi
so’z ishlatilsa unga izoh berib borish
zarur.
Qo’lyozma ustida ish olib borishning muhim bosqichlaridan biri
xulosalar chiqarish va amaliy tavsiyalar berishdir. Xulosalar ishning
mazmunidan kelib chiqishi va bir-ikki jumla orqali
uning mohiyatini ochib
beradigan bo
’lishi kerak. Demak, muallif xulosa chiqarganda ishning
asosiy mazmunini uni amalda tadbiq etish xaqidagi tavsiyalarni qisqacha
yozishi lozim.
Qo’yilgan vazifa va to’plangan materiallarning miqdoriga qarab
xulosalar taxminan 3-5 punktdan iborat
bo’lsa yetarlidir.
Xulosa qismini
xaddan tashqari oshirib yuborish unga xususiy va tasodifiy narsalar kiritish
tavsiya etilmaydi.
Yuqorida
ko’rsatib o’tganimizdek, xulosa va takliflardan so’ng
foydalangan adabiyotlar
ro’yhati keltiriladi. Uni tuzishda quyidagi tartibga
rioya qilish zarur.
Muallif familiyasi, ismi sharifi maqolaning sarlavhasi, maqola chop
eilgan jurnal yoki ilmiy
to’plamning nomi, nashir etilgan joyi, tom, nomer,
nashir etilgan yili, betlar kiritiladi.
Adabiyotlar
ro’yhatida muallifning familiyasi
va ularning asarlari
alfavit
bo’yicha joylashishi kerak. Bir xil familiyali mualiflar uchrab qolsa
ular
ro’yxatda ismi sharifi bo’yicha yoziladi. Bitta muallifning turli
kitoblaridan foydalanilgan
bo’lsa, ro’yxatda familiyasini bir marta ko’rsatib
“yana” so’zini ishlatish va ishning moxiyatini yozish kerak. Kitob mualliflar
xamkorligida yozilgan
bo’lsa ro’yxatda ularning familiyalari alьfavit bo’yicha
jolashtiriladi. Xorijiy mualliflarning familiyasi chet tilida yoziladi,
ro’yhatni
oxirida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: