84
qaymoq
Lyubitelskaya
36
40
5,9
5,8
60-90
55-85
Tvorog (suzma).
Tvorog – bu oqsilli achitilgan sut mahsuloti bo’lib,
pasterizastiya
qilingan tabiiy yoki yog’sizlantirilgan sutni ivitish natijasida hosil bo’lgan quyqadan zardobini
chiqarib yuborish natijasida olingan mahsulotdir. Pasterizastiya qilingan sutdan olingan tvorogni
to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilish mumkin, ammo pasterizastiya qilinmagan sutdan tayyorlangan
tvoroglar esa pishloqlar va issiqlik ishlovi berib tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar uchun xom
ashyo sifatida ishlatiladi.
Tarkibidagi yog’ miqdoriga qarab tvoroglar yog’li (18%), kam yog’li (9%) va yog’siz
tvoroglarga bo’linadi.
Tvorog tarkibida sezilarli darajada yog’ va ko’p miqdorda oqsil (14-16%) bo’lganligi
uchun bu mahsulot yuqori energiya berish qobiliyatiga egadir. Tvorog oqsili tarkibida o’rin
almashtirmaydigan hamma aminokislotalar mavjud bo’ladi. Tarkibida
oltingugurt tutadigan
aminokislotalardan metionin va lizin borligi uchun tvorog parhez va shifobaxshlik xususiyatiga
ega bo’lgan mahsulot hisoblanadi.
Tvorog kalstiy, fosfor, temir, magniy elementlari tuzlariga ham boy hisoblanadi. Ayniqsa
kalstiy va fosfor tvorogda inson organizmi uchun tez hazm bo’ladigan miqdoriy nisbattadir.
Tvorog keksa yoshli kishilarga (yog’sizi), shuningdek, o’pka
va suyak sili kasalliklariga,
oshqozon-ichak, buyrak xastaliklariga duchor bo’lgan kishilarga naf beradi.
Sifati bo’yicha yog’li, kam yog’li va yog’siz tvoroglar oliy va 1-navlarga bo’linadi.
Tvorog yoqimli ivitilgan sut ta’mi va hidiga ega bo’lishi, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi
kerak. Tvoroglarning konsistenstiyasi mayin, bir xil bo’lishi, yog’li
tvoroglar ozroq
surkaluvchan, yog’siz tvoroglar esa qumoq, ozroq zardobi ajralib turgan holda bo’lishi mumkin.
Birinchi nav tvoroglarda sezilar-sezilmas em-xashak ta’mi, ozroq idish ta’mi kelib turishiga va
ozroq achchiqlik bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Tvorogning
rangi hamma massasida bir xil, oq
rangdan to ozroq sarg’ish ranggacha bo’ladi.
Tvoroglarning asosiy fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga yog’dan tashqari nordonligi ham
kiradi. Yog’li tvoroglarning nordonligi 200-225
0
T, kam yog’i tvoroglarniki – 210 – 240
0
T,
yog’siz tvoroglarniki -220-270
0
T qilib belgilangan.
Tvorog sotuvga tarozida tortib sotiladigan va qadoqlangan holda chiqariladi.
Tvorogni
idishlarga qadoqlashda pergament, podpergament
va polimer materiallar, kartondan ishlangan
stakanlardan foydalaniladi. Tortib sotiladigan tvoroglar esa yog’och bochkalarga massasi 50 kg
gacha, temir flyaglarga 35
kg gacha, alyumin bitonlarga 10 kg gacha qilib joylanib,
ustidan
pergament yopiladi va zich bekitilib, tamg’alanadi.
Tvorogning sovutiladigan xonalarda 0
0
dan 1
0
S gacha bo’lgan sharoitda 10 kun,
do’konlarda esa 8
0
S dan ortiq bo’lmagan haroratda 36 soatgacha saqlanishiga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: