I SINF
I bo‘lim. NARSALARNING TO‘PLAMLARI. 1 DAN 10 GACHA BO‘LGAN SONLAR. 10 ICHIDA QO‘SHISH VA AYIRISH AMALLARI
(45 soat)
Narsalar va ularning xossalari. O‘xshashlik va farqlanish.
Narsalar va ularning xossalari: rangi, shakli, o‘lchami, materiali. Bir xil, har xil.
Narsalarni o‘lchamlari bo‘yicha taqqoslash. Uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam; narsalarni rangi, shakli bo‘yicha taqqoslash. Fazoviy tasavvurlar, narsalarning o‘zaro joylashuvi; ustida-ostida (baland-past), chapda-o‘ngda, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |