5
Shakli.
Ko’pchilik ho’l meva va sabzavotlar uchun ularning shakli ham muhim
ahamiyat kasb etib, qayd etiladigan ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Standartlarda urug’li va
ko’pchilik danakli mevalar shakli bo’yicha aynan shu meva va sabzavot tipiga mos bo’lishi
ko’rsatiladi. Ularning shakli bo’yicha aynan shu tipga mos bo’lmasligi esa, ularning pastki tovar
navlariga o’tkazilishiga asos bo’ladi. Masalan, kechpishar olmalar shaklining aynan shu tipga
mos bo’lmasligi va o’lchamlarining kichikligi, ularni ikkinchi navga, hatto uchinchi navgacha
tushirishga olib keladi.
Ba’zi sabzavotlar uchun (karam, lavlagi, ko’katlar) standartlarda shakliga talablar
keltirilmaydi, ba’zi sabzavotlar uchun (kartoshka) shakli har xil bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi,
ba’zilar uchun (sabzi, pomidor, petrushka) esa qo’ng’ir-qiyshiq shakllar bo’lishiga yo’l
qo’yilmaydi. Piyoz, sarimsoq, qalampir, baklajan, qovun, tarvuz, oshqovoq singari sabzavotlar
esa standart talabi bo’yicha ma’lum botanik navga mos bo’lishi kerak.
Meva va sabzavotlar sirtining holati.
Meva va sabzavot sirtining holati yuzasining
quruqligi va tozaligi bilan xarakterlanadi. Sirtining nam bo’lmasligi ko’pchilik zararli
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun noqulay sharoit hisoblanadi. Meva va sabzaotlar
yuzasining nam bo’lib qolishini ularning yig’ishtirish, tashish jarayonida yomg’ir tagida qolishi,
saqlash jarayonida issiq va sovuq havolarning uchrashishi natijasida kondensat suvining hosil
bo’lishi, ezilgan, sovuq urgan va chirigan mahsulotlardan xujayra sharbatining oqib chiqishini
keltirib chiqaradi. Ayniqsa, danakli mevalar sirtida boshqa meva-sabzavot mahsulotlaridan farqli
ularoq ortiqcha namlik bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ko’pchilik meva-sabzavotlar uchun sirtining yuzasiga ham katta e’tibor beriladi,
chunki sirtining tozaligi mahsulotning tovar ko’rinishiga va estetik hususiyatlariga katta ta’sir
ko’rsatadi. Meva va sabzavotlar sirtining ifloslanishi ularda zararli mikroorganizmlarning
ko’payishini keltirib chiqaradi. Natijada bu mikroorganizmlar rivojlanib mahsulotning
buzilishiga sabab bo’ladi. Ikkinchidan, meva va sabzavotlarning sirti qanchalik ko’p darajada
ifloslangan bo’lsa, ularning sifatini nazorat qilish shunchalik darajada qiyinlashadi, chunki
bunday holatda meva va sabzavotlarning saqlanuvchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan
nuqsonlarni payqash ham mumkin bo’lmay qoladi.
Meva va sabzavotlarning butunligi deganda ularda mexanik jarohatlarning bo’lmasligi,
qishloq xo’jalik zararkunandalari, mikrobiologik va fiziologik kasalliklar bilan kasallanganlik
alomatlari bo’lmasligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: