11-jadval
Aroqning organoleptik ko’rsatkichlari
Sifat ko’rsatkichlari
Organoleptik tavsifi
Tiniqligi
Rangsiz,
begona
qo’shimchalari
bo’lmagan,
yaltirab
qo’rinadigan tiniq suyuqlik.
Rangi
Rangsiz, tiniq, lekin shaffof emas
Loyqa yoki rangli suyuqlik
Hidi (xubo’yligi)
Tekshirilayotgan vodka turiga mos, aniq seziluvchan, begona
hidlarsiz
Tekshirilayotgan vodka turiga mos, kuchli seziluvchan
Tekshirilayotgan vodka turiga mos, kuchsiz seziluvchan
Tekshirilayotgan vodka turiga mos emas, begona hidga ega
Ta’mi
Shu turga mos, toza, mayin, begona ta’mlarsiz.
Shu turga mos, lekin mayin emas.
Shu turga mos, achchiqroq.
Shu turga mos emas, begona ta’mga ega.
Keyin esa aroqning hidi aniqlanishi kerak. Buning uchun bokalning pastki qismini qo’l
kafti bilan isitib va bir vaqtning o’zida aromatik moddalarining uchib chiqishini ta’minlash
uchun bokal ichida suyuqlik aylantiriladi. Shu asosda olingan natija qayd etiladi.
Aroqning xushbo’yligi aniqlangandan keyin, uning ta’mi aniqlanadi. Buning uchun
kamroq miqdordagi vodka og’izga olinib, uni ma’lum muddat og’iz bo’shlig’ining oldingi
qismida ushlanib, keyin esa boshni ozroq orqaga egib, butun og’iz bo’shlig’i namlanadi. So’ngra
sezilgan ta’m darajasi qayd etiladi.
Aroqlarning ta’mi va hidi yoqimli, o’ziga xos, begona hidlariz va ta’mlarsiz bo’lishi
kerak. Ularda kerosin, rezina kabi hidlar va idishdan o’tadigan metall ta’mlari kabi begona
ta’mlarning bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Yana shuni ham esda tutish kerakki, bir vaqtning o’zida bittadan ortiq vodka degustastiya
qilish tavsiya etilmaydi. Bu erda avvalo eng yuqori sifatga ega bo’lgan vodkadan boshlab
degustastiya o’tkaziladi. Har bir namunani degustastiya qilgandan keyin ozroq muddat tanaffus
qilinadi.
Aroqlarning sifat tahlilini o’tkazishda ularning organoleptik ko’rsatkichlaridan tashqari
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari ham aniqlanadi. Ana shunday ko’rsatkichlardan eng asosiysi
aroqda etil spirtining miqdori muhim hisoblanadi.
Aroqning tarkibida spirt miqdorini aniqlashda namuna uchun olingan 20 butilka aroq
aralashtiriladi. Keyin esa ana shu aralashmadan olinib, spirt miqdori tekshiriladi. Hamma aroqlar
uchun ham ishqorlilik ko’rsatkich 100 ml da 5,5 ml dan oshmasligi kerakligi belgilab qo’yilgan.
Aldegidlar miqdori sirka aldegidiga hisoblaganda 1 l suvsiz spirt tarkibida 8 mg dan
oshmasligi standart talabi bo’yicha o’rnatilgan ko’rsatkich hisoblanadi. Sivush moylarining
miqdori 1 l suvsiz spirtda 4 mg dan, efir miqdori (sirka etil efiriga hisoblanganda) 30 mg dan
ko’p bo’lmasligi ko’rsatib o’tilgan.
Aroq ko’p darajada qalbakilashtiriladigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Shu sababli araqlar
qanday qalbakilashtirilishi to’g’risida ma’lumotlarni keltiraiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |