Takrorlash uchun savollar:
1. Quruq sutga organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha qanday talablar uchraydi?
2. Quruq sutga fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha qanday talablar qo’yiladi?
3. Quruq sutda suv miqdori necha foizni tashkil etadi?
4. Quruq sutga mikrobiologik talablarni tushuntirib bering.
5. Quruq sutga erituvchanlik bo’yicha talablarni tushuntirib bering.
6. Quruq sutda yog’ miqdori necha foizni tashkil etadi?
7. Quruq sutlarda qanday nuqsonlar uchraydi?
Muzqaymoqlarning sifat tahlili
Muzqaymoqlar 50 dan ortiq assortimentda ishlab chiqariladi. Kimyo-viy tarkibi va
qo’shimcha xom ashyolarning turiga qarab muzqaymoqlar sutli, qaymoqli, plombir, meva-
rezavor, mevali, kislotalar, stabilizatorlar, aromatik essenstiyalar, bo’yoq moddalari qo’shilgan
va hokazo turlarga bo’linadi. Muzqaymoqning nomini qo’shilgan ta’m beruvchi va aromatik
moddalari belgilaydi. Asosiy tur muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari 24-jadval
ma’lumotlarida keltirildi. Bu jadval ma’lumot-laridan ko’rinib turibdiki, muzqaymoqlarning
sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlar bo’lib ular tarkibidagi yog’, qand, quruq modda
miqdori va nordonligi hisoblanadi. Muzqaymoqlarning nordonligi muzqaymoqqa qo’shilayotgan
xom ashyoning turiga qarab juda o’zgaruvchandir. Masalan, sutli muzqaymoqda nordonlik
darajasi 22
0
T dan ortiq bo’lmasligi ko’rsatilgan bo’lsa, meva-rezavor mevali muzqaymoqlarda
esa bu ko’ratkich 70
0
T dan ortiq bo’lmasligi me’yoriy xujjatlarda belgilab qo’yilgan (26-jadval).
Bu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy
ko’rsatkichlari qo’llanilayotgan xom ashyoning turiga katta darajada bog’lik ekan.
Muzqaymoqlarda uchraydigan nuqsonlar va ularni saqlash.
Muzqaymoqlarga
uchraydigan asosiy nuqsonlarga asosan hidi, ta’mida va konsistenstiyasida bo’ladigan nuqsonlar
kiradi. Quyida ana shu nuqsonlarni kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo’llarini
keltiramiz.
Begona ta’m va hid. Bu nuqson muzqaymoq ishlab chiqarish uchun sifatsiz xom
ashyodan foydalanilgan hollarda va sanitariya-gigiena talablariga javob bermaydigan jihozlar
ishlatilganda kelib chiqadi.
Metall ta’mi. Bu nuqson aralashma va muzqaymoq jihozlarining yaxshi ishlanmagan
yuza qismiga tegib reakstiyaga borishi natijasida vujudga keladi. Shu sababli muzqaymoq ishlab
chiqarishda va saqlashda yuzasi sirla-nib yaxshi ishlangan jihozlar va idishlardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Ortiqcha nordon ta’m. Bu nuqson asosan meva-rezavor meva xom ashyolari qo’shilgan
muzqaymoqlarda uchraydi. Agar foydalanilayotgan meva-rezavor xom ashyolari tarkibida qand
miqdori kam bo’lib, nordonligi juda yuqori bo’lsa, u holda tayyor mahsulot tarkibida ham
nordonlikning ortib ketishi kuzatiladi. Demak, bu nuqsonning paydo bo’lmasligi uchun meva-
rezavor meva xom ashyolari sifatli bo’lishi kerak.
26-jadval
Muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari
101
Do'stlaringiz bilan baham: |