102
Takrorlash uchun savollar:
1. Muzqaymoqlarning sifatini baholashda organoleptik ko’rsatkichlariga qanday talablar
qo’yiladi?
2. Muzqaymoqlarning sifatini baholashda konsistenstiyasiga qanday talblar qo’yiladi?
3. Muzqaymoqlarda aniqlanishi zarur bo’lgan fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini sanab bering.
4. Eng yog’ga boy muzqaymoq turini ayting.
5. Muzqaymoqlarda quruq moda miqdori ularning turiga qarab qanday o’zgaradi?
6. Muzqaymoqlarda nordonlik darajasi ham standartlashtirilgan ko’rsatkich hisoblanadi?
7. Muzqaymoqlarning hidi va ta’mida uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntirib bering.
8. Muzqaymoqlarning konsistenstiyasida qanday nuqsonlar uchraydi?
5-Mavzu. Tuxum kabi mahsulotlarini ekspertizasi.
Reja:
1. Tuxumlarning sifat tahlili
2. Tuxum mahsulotlarining sifat tahlili
Tuxumlarning sifat tahlili
Qishloq xo’jalik parrandalari (tovuq, o’rdak, g’oz, indyuk, bedana)
tuxumi qimmatli
ozuqaviy va parhez oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga kiradi.
Sotuvga faqat tovuq va bedana tuxumlari ruxsat etiladi. Suvda suzuvchi parrandalarning
tuxumlari esa ko’p hollarda paratif (salmonella) bakteriyalari bilan zararlangan bo’lishi tufayli
issiqlik ishlov beriladigan mahsulotlar tayyorlashdagina ishlatiladi.
Parranda tuxumlari uch asosiy qismdan tashkil topgan: po’choq (11-14%),
sariq qism
(28-32%), oq qism (54-60%). Po’choqning asosiy tarkibiy qismini karbon va fosfor
kislotalarining kalstiy tuzlari (96%) tashkil etadi. Organik moddalar esa kollagen holida 4-5% ni
tashkil etadi. Tuxumning po’chog’ida mayda-mayda g’ovakchalar mavjud bo’lib,
ana shu
g’ovakchalar orqali tuxum ichkarisiga havo va mikroorganizmlar kira oladi. Tuxumning
po’chog’i tashqi tomonidan yupqa plenka bilan qoplangan bo’ladi,
uning ichki yuzasida esa
po’choqosti plenkasi mavjud. Tuxumning poynak qismida po’choq osti va oqining plenkasi
orasida havo bo’shlig’i bo’lib, bu bo’shliq tuxumni saqlagan sayin
oqsilning qurishi hisobiga
kattalashib boradi. Tuxumning po’stlog’i sirtidagi yupqa plenka ma’lum vaqtgacha tuxumni
qurishdan va mikroorganizmlar kirishidan saqlaydi. Vaqt o’tishi bilan bu plenka o’z xususiyatini
yo’qota boradi. Umuman tuxumning po’stlog’i ozuqaviy ahamiyatga ega bo’lmasa-da,
himoya
vazifasini bajarib, tuxumni tashqi muhitdan saqlaydi va uning mustahkamligi tuxumni tashishda
katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Tovuq tuxumi saqlash muddati, sifati va massasiga qarab parhez va oshxona tuxumlariga
bo’linadi. Parhez tuxumlar deb massasi 44 g dan kam bo’lmagan, tovuq tuxum qilgan kunni
hisoblamaganda 7 sutkadan kechiktirilmasdan
sotishga chiqarilgan, sovuqxonalarda yoki ohak
eritmasida saqlanmagan tuxumlarga aytiladi. Oshxona tuxumlarining massasi 43
g dan kam
bo’lmasligi kerak. Saqlanish sharoitlari va muddatiga qarab oshxona tuxumlari yangi,
sovuqxonalarda saqlangan va ohaklangan tuxumlarga bo’linadi. Yangi qo’yilgan tuxumlar deb –
1
0
S dan-2
0
S gacha bo’lgan haroratda 30 kungacha saqlangan tuxumlarga aytiladi.
Sovuqxonalarda saqlangan tuxum deb esa yuqorida ko’rsatilgan haroratda 30
kundan ortiq
muddat saqlangan tuxumlarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: