«Oldimizda turgan eng muhim masala, bu
- milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizda tatbiq yetishdir.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga,
ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat
tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim»
28
,-deb hisoblaydi.
Davlat va huquq nazariyasining yangi konsepsiyasi haqida gapirilganda, shubhasiz,
jamiyat taraqqiyoti asosiy fazalari
ni
aniqlashga bo’lgan yangicha yondashuvga albatta
e’tiborni qaratish joiz. Marksizm jamiyat rivojini formatsiyalar - mulk shakliga qarab
farqlanadigan jamoat tuzilmalariga qarab belgilaydi. Bunday formatsiyalar beshta bo’lib,
ular ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik jamiyati, feodalizm, kapitalizm, sotsializm
(kommunizm)dan iborat, degan fikr mavjud edi.
Mulk haqiqatan ham jamiyat rivojini belgilovchi salmoqli omil bo’lishiga qaramay,
ushbu nazariya ilmiy-tavsifiy xususiyatga ega, xolos. Biroq, jamiyat rivojining asosi, uning
bazisi sifatida mazkur nazariya faqat bir omil-mulkni tan oladi. Qolgan ikki omil - hokimiyat
va g’oya - bu nazariyaga ko’ra ikkinchi darajali, ustqurma vazifasini bajaradi. Endilikda
jamiyat hayotida, uning tarixida yuqorida ko’rsatilgan barcha omillar ham, ularning qay biri
ayni vaqtda hukmron sifatida maydonga chiqishiga qarab, birlamchi bo’lishi mumkinligi
ko’pchilikka ravshan bo’lib qoldi.
Aynan shuning uchun ham S.S.Alekseevning quyidagi fikriga qo’shilmaslik mumkin
emas: «...Kishilik jamiyati tarixini (albatta formatsiya ko’rinishidagi qat’iy hosilalar sifatida
emas, to’g’rirog’i, yetakchi yo’nalishlar, umumiy konstruksiya sifatida) aniq uch davr, uch
tarixiy sahifa: hokimiyat davri, mulkchilik davri, insonparvarlik g’oyalari davriga bo’lish
mumkin. An’anaviy jamiyatlar asosi bo’lmish hokimiyat davri ayniqsa uzoq cho’zilib,
mashaqqatli, eng turg’un davr bo’lib chiqdi»
29
.
Agar istiqbol haqida gapiradigan bo’lsak, g’oyalar, boz ustiga insonparvarlik g’oyalari
ijtimoiy hayot asosi bo’lib qolishi mumkin. Va bu hech ham xomxayol emas.
Ma’lumki, jamiyatimiz taraqqiyotining asosiy maqsadi fuqarolik jamiyatini barpo
yetishdan iborat. Rivojimizning ushbu bosqichi odamlarimiz hayotida endigina ko’zga
tashlanmoqda. Bir vaqtning o’zida u ham mo’tadil hokimiyatning, ham kapitalizmning ijobiy
jihatini o’ziga singdirib bormoqda. Albatta, bularning hammasi kishilik jamiyati mohiyatini,
uning tabiati, ozodlik sari harakatini ifodalovchi insonparvarlik g’oyalari asosida ro’y
bermoqda. Ana shu g’oya Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot
yo’li» kitobida chiroyli tasvirlangan. Unda ta’kidlanishicha, «Mustaqil davlatda, tinchlik va
osoyishtalikda, g’oyaviy chalkashliklar va «temir parda»dan xalos bo’lib, biz umumbashariy
qadriyatlarning eng birinchi asosi bo’lgan xalq insonparvarligi chashmalaridan qadam-
baqadam bahramand bo’lmoqdamiz. Ayni shu hol taraqqiyot yo’lidan dadil borishimiz va
butun Insoniyat bilan birligimizning eng mustahkam kafolatidir»
30
.
Do'stlaringiz bilan baham: |