Biologiyadan masala va mashqlar yechish



Download 394,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana01.03.2022
Hajmi394,11 Kb.
#476950
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
\'Ochiq dars-11.10.2019



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
BIOLOGIYADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH 
FANIDAN 
Raxmatov Uchqun Eegashevichning 
ODAM VA UNING SALOMATLIGINI O’QITISHDA MASALA VA 
MASHQLARDAN FOYDALANISH USULI 
 
mavzusidagi
OCHIQ MA‟RUZA MASHG‟ULOTI
ISHLANMASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Toshkent-2019 


Reja: 
1.Ta‟lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning о„rni 
2.Odam va uning salomatligi bo„yicha foydalaniladigan masala va mashqlarga 
qo„yiladigan talablar 
3.Odam va uning salomatligi o‟quv kursini o‟qitishda masala va mashqlardan 
foydalanish metodikasi 
4.Odam va uning salomatligi o‟quv fanini o‟sitishda masala va mashqlardan 
foydalanishdagi fanlararo bog„lanishlar 
Tayanch so’zlar va iboralar: 
Ta’lim – tarbiya, o’quvchilar bilish faoliyati, mantiqiy 
fikrlash, odam va uning salomatligi, masala, mashq, ko‘nikma, malaka, nostandart test, 
nostandart topshiriqlar, hujayra, organoid, oqsil, nuklein kilota, lipid, metobolizm. 
 
1.Ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning о‘rni 
Ta‟lim – tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim omillardan biri 
o‟quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi. Ta‟lim 
jarayonida о„quvchilar tomonidan biologik bilimlarni egallashlarida eng samarali 
usullardan biri masalalardan foydalangan holda mavzu mazmunini yoritib berishdir.
Hozirgi vaqtda har qanday maktab o‟qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya 
o‟qituvchilari oldida turgan muhim vazifa o‟quvchilarga fanlardan chuqur bilim berish 
bilan birga ularning mantiqiy fikrlash, oldin o‟zlashtirgan bilimlarini yangi material bilan 
o‟zaro bog‟liqligini sabab - oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi 
qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi. 
Odam va unig salomatligidan masala va mashqlar hamda turli topshiriqlardan 
foydalanish natijasida:

o‟quvchilarning bilish faoliyati faollashadi; 

fan asoslarini o‟rganishga bo‟lgan qiziqishlari ortadi; 

o„quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi;

mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi; 

o‟quv kursidan olgan bilimlari mustahkamlanadi; 

biologik jarayonlar va hodisalarning mazmun mohiyati ochib beriladi; 

avval o‟zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‟llash; 

fanlararo bog‟lanishlarni amalga oshirish; 

nazariya va amaliyot uyg‟unligini ta‟minlash imkoniyati yaratiladi.
Odam va uning salomatligi kursida masala va mashqlar juda katta ilmi-amaliy 
ahamiyatga ega bo„lishiga qaramasdan, bu muammo nazariy jihatdan barcha biologiya 
o„qituvchilariga manzur bo„ladigan darajada hal qilinmagan. 
Masala va mashqning tatbiq etishda o„qituvchi va o„quvchi faoliyatining turlari 
hamda o„quvchilar bilish faoliyatini asos qilib olish kerak, o„quvchilar bilish faoliyatini 
harakteri o„qituvchining rahbarlik faoliyatiga hamda qaysi darsda qanday masala yoki 
mashqlardan foydalanish usuliga bog„liqdir. Masalan, o„qituvchi biror mavzu bo„yicha 
o„quv materialini tushuntiradi va video yoki proektor yordamida shu mavzuga oid 
rasmlarni ko„rsatib boradi, o„quvchi o„qituvchi so„zlarini tinglab, idrok etadi va rasmlarni 
ko„zdan kechiradi. Agar o„qituvchishu mavzu mazmun va mohiyatini ochib beradigan 


biror masala yoki mashqlarni o„quvchilarga havola etsa, o„quvchilar xotirasida bu mavzu 
mazmun mohiyati uzoq vaqt saqlanib qoladi. 
O„quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish xarakteri o„qib, bilib olish vaqtida 
masala va mashqlarni tatbiq etish o„quvchilar tafakkuri va hatti – harakatlaridagi 
mustaqillik hamda faollik darajasini belgilab olishdan iborat. 
Odam va uning salomatligi kursida o„quvchilarga asosan bilimlarni tayyorholda yoki 
yangi o„zlashtirgan bilimlarni tasdiqlovchi va aniqlashtiruvchi dalil sifatida olinadigan 
masala va mashqlar o„quvchilarni ancha mustaqil izlanishlarini oshirishga imkon beradi. 
O„quvchilarning ko„proq mustaqil fikr yuritishga qaratilgan masala va mashqlar, 
o„quvchilar tomonidan kuzatishlar olib borishga, mantiqiy fikr yuritishga va xulosalar 
chiqarish yo„li bilan o„quvchilar o„zlari yangi bilimlar olishini ko„zda tutiladi. 
Masala va mashqlardan foydalanishda o„quvchilar imkoni boricha ko„proq mustaqil 
faoliyat ko„rsatsalar, masala - mashqlardan odam va uning salomatligi o„quv fanidagi 
mavzularni atroflicha tushunib olishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.Har bir masala yoki mashq 
didaktik maqsadiga va o„quv materialini mazmunining xususiyatlariga qarab 
qo„llaniladigan bo„lsa, ta‟lim va tarbiyaiy ahamiyati yanada yuqori bo„ladi. 
Odam va uning salomatligi kursida foydalaniladigan masala va mashqlar mavzu 
mazmunini ta‟limiy va ta‟sirchanlik ahamiyatini kuchaytiradi. 
Ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan har qanday usul yoki pedagogik texnologiyalar ma‟lum 
sharoitlarda o„quv – tarbiya jihatidan yaxshi ta‟sir ko„rsatishi mumkin, lekin imkoniyati 
bor joyda masala va mashqlardan ko„proq foydalanish juda o„rinli hisoblanadi. 
Odam va uning salomatligidan foydalaniladigan masala va mashqlar qo„llash 
usuliga qarab uch guruhga ajaratiladi:

Sinfda barcha o„quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar. 

O„z bilimini odam va uning salomatligi kursidan chuqurlashtirish uchun harakat 
qilayotgan va o„zlashtirish darajasi yuqori bo„lgan o„quvchilar bilan birgalikda 
bajariladigan masala va mashqlar.

Biologiya bilan alohida qiziqadigan o„quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg„ulotlarda va 
fakul‟tativ mashg„ulotlarda individual ravishda qo„llanila-digan murakkab masala va 
mashqlardir. 

Download 394,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish