3
Kirish
Yuridik bilim yurtlarida davlat va huquq masalalari an’anaviy tarzda alohida nazariy
fan va o’quv predmeti - "Davlat va huquq nazariyasi" doirasida o’rganib kelinadi. U
huquqshunoslik fanlari orasida yaqqol nufuzli mavqega ega. Mazkur fan o’zining
metodologik va nazariy asos sifatidagi xususiyatlari bilan butun yurisprudensiya sohasida
ajralib turadi.
Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy, serqirra, shu bilan
birga murakkab, sirli olamiga kirishning kaliti bo’lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy
va huquqiy dunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi
davlat-huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish - bu fanning (o’quv
kursining) asosiy vazifasidir. O’rganish hamda tadqiqot doirasiga "davlat", "huquq",
"qonun", "demoqratiya", "hokimiyat", "siyosat" kabi jozibali, murakkab hodisalarni qamrab
oluvchi ushbu fan huquqshunoslikning o’ziga g’oya qomusi sifatida maydonga chiqadi.
Qolaversa, u talabalar
talqini uchun huquq falsafasi, davlat va huquq sotsiologiyasidek
qiziqarli yo’nalishlarni o’zida mujassam etadi. Bir so’z bilan aytganda, huquqshunoslik
ilmining umumnazariy zaminini tashkil qiladi.
Insoniyat qadim zamonlardan buyon davlat va huquq masalalariga katta qiziqish
bilan munosabatda bo’lib keladi. Davlat hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari hamma
zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelganligi barchaga ayon. Bu voqeliklar mustaqil
O’zbekiston Respublikasi uchun ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Zero, yangi
demokratik davlatchilik binosini barpo etayotgan jamiyatimiz davlat,
demoqratiya, huquq,
qonunchilik, xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari kabi qator kategoriyalar mazmun-
mohiyatini qayta mushohada yetishga muhtoj. Davlat va huquq nazariyasi davlat hamda
huquqning
vujudga kelishi, rivojlanishi va namoyon bo’lishining eng umumiy
qonuniyatlarini ochadi, ularni ilmiy talqin etadi, ilmiy ta’rif va tavsifini yaratadi. Fanning bu
funksiyasi biz uchun juda zarurdir.
Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi
markscha g’oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy
kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirgan edik. Mustaqillik tafakkurining
mahsuli sifatida bu borada ham yangicha nazariy qarashlar qaror topdi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov talqinida davlat va huquq yangicha tavsifga ega bo’ldi.
"Demoqratiya sharoitida, - deb ta’kidlaydi yurtboshimiz, - davlat ijtimoiy qarama-
qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li
bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan
aytganda, murosai madora bilan bartaraf yetish vositasiga aylanadi.
Huquqning o’ziga esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-
intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida
yondashiladi"
1
.
Bugungi o’zbek jamiyati o’zi uchun huquqiy davlat, inson huquqlari va shaxs
erkinligi, demokratik fuqarolik jamiyati, siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm),
hokimiyatlar
taqsimlanishi, qonun ustuvorligi, mustaqil sud hokimiyati kabi fundamental tushunchalarni
qayta kashf etmoqda. Tan olish lozimki, jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini
zamonaviy ma’rifiy tamoyillar asosida isloh yetishda davlat va huquq benihoya katta rol
o’ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tuzilishning mavjud bo’lishi, huquqiy
munosabatlar oqilona tizimining tashkil etilishi ko’p jihatdan mamlakatimizdagi davlat-
huquqiy institutlarning faoliyatiga bog’liqdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy
1
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T. “O’zbekiston” 1996. 20-bet.
4
islohotlar mustahkam huquqiy zaminga tayangin va qat’iy davlat-siyosiy ta’minlanish
mexanizmlariga ega bo’lgan taqdirdagina samarali bo’lishi isbot talab etmaydigan
aksiomadir. "Mustahkam huquqiy negiz bo’lgandagina, - deydi I.A.Karimov, - o’zini
oqlamagan eski tizimni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega
bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin"
2
. Ayni vaqtda, davlatning faol tashkilotchilik va ijobiy
bunyodkorlik roliga ham alohida urg’u beriladi. "Davlat butun xalqning manfaatlarini
ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yyetakchi
yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-
siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil
ro’yobga chiqarishi kerak"
3
.
Mustaqillik yillari mobaynida yurtimizda demokratik
huquqiy davlat va bozor
iqtisodiyotini qaror toptirish yo’lida huquqiy jihatdan ko’pgina ishlar qilindi. Respublikada
davlat idoralarining, shu jumladan, huquqiy muassasalarning izchil tizimi
shakllantirilmoqda. Demokratik institutlari hayotimizga olib kiruvchi va bozor
munosabatlarini ma’rifiy shaklda joriy yetishga imkon beruvchi qonunlar majmui
yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy munosabatlarni shakllantiruvchi, demokratik
siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda fuqarolik jamiyati bo’ginlarini vujudga keltiruvchi,
inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi, bir so’z bilan aytganda, butun ijtimoiy-
siyosiy hayotimizning huquqiy negizini barpo etadigan 300 dan ziyod qonun hujjatlari
qabul qilindi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi o’tgan
mustaqil rivojlanish davrimizdagi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo’ldi. Konstitutsiya
yosh davlatimiz chinakam
mustaqilligining buyuk ramzi, yangi ijtimoiy va iqtisodiy
munosabatlar dunyoga kelishining mustahkam poydevori bo’lib xizmat qilmoqda.
Davlat va huquq nazariyasi jamiyatimiz hozirgi hayotida (sodir bo’layotgan siyosiy,
ijtimoiy, huquqiy jarayonlarni izohlashga, ularning ilmiy talqinini berishga, taraqqiyot
qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda bu voqeliklarning ijobiy va salbiy xususiyatlarini
aniqlashga safarbar etilgan. Fanning Yana bir muhim vazifasi ro’y berayotgan jarayonlarni
chuqur tadqiq va tahlil qilib, davlatchilik hamda huquqiy rivojlanishimizning kelgusidagi
yo’llarini ilmiy bashoratlashdan iboratdir.
Mazkur darslikni yaratishda mualliflar jamoasi nafaqat mustaqillik yillarida
to’plangan davlat-huquqiy tajribamizga, konstitutsiyaviy tamoyillar
va nazariy bilimlarga,
balki umuminsoniy hamda milliy ma’naviy qadriyatlarga, hozirgi zamonda dunyoda mavjud
davlatchilik va huquqshunoslik konsepsiyalariga, shuningdek xalqimizning asrlar osha
shakllanib kelayotgan boy huquqiy merosiga ham izchil tayandi. O’zbek davlatchiligi tarixi
o’z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqaladi va uch ming yildan ko’proq davrni o’z ichiga
oladi. Qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon
madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan. Biz o’ta noyob huquq yodgorliklariga,
benazir ilmiy yuridik merosga egimiz. Bular - "Avesto", Burhoniddin Marg’inoniyning "Al-
Hidoya", Abu Iso at-Termiziyning "Dastur-al muluk", Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar
shahri", Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam", Amir Temir "Tuzuklari", Nizomulmulkning
"Siyosatnoma", Xo’ja Ahmad Yassaviyning "Hikmat", A. Xallofning "Usulul fiqh" asarlari va
boshqalardir. Milliy tariximiz, davlatchiligimiz ravnaqi va umumbashariy taraqqiyot rivojiga
bebaho hissa qo’shgan alloma ajdodlarimizning huquq va uning jamiyat hayotidagi
ahamiyati xususida qoldirgan ilmiy merosi, siyosiy-huquqiy qarashlari har tomonlama
o’rganishga munosibdir. Ushbu huquqiy qadriyatlarni bugungi
avlod huquqiy tafakkuriga,
ongu shuuriga singdirish, sharqona demoqratiya tamoyillari mazmunini tavsiflash va ilmiy
asoslashda fanimiz muhim rol o’ynashi lozim.
2
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom.
Т., 1996, 192-bеt.
3
I.Karimov. O’sha asarda
, 178-bеt
5
Davlat va huquq nazariyasy milliy istiqlol mafkurasi mohiyatidan kelib chiqqan holda
aholining huquqiy ongini va yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ular faoliyatida
qonun ustuvorligi, qonunga hurmat va unga itoatgo’ylik ko’nikmalarini hosil qilishga xizmat
qiladi.
Darslik yuridik oliy oquv yurtlari talabalari va huquq asoslarini o’rganayotganlar
uchun mo’ljallab yozilgan bo’lib, undan shuningdek sud, prokuratura, milliy xavfsizlik,
advokatura, bojxona, soliq, ichki ishlar idoralarining xodimlari va boshqa yurist
mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
Talabchan kitobxonlar ushbu darslikning sifatini yaxshilash borasida o’z
mulohazalarini bildirib, uning keyingi nashrlari Yanada mukammal bo’lib chiqishiga yordam
beradilar degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: