10
har bir muhim bosqichi ular rivojining yangi pog’onasidir.
Muntazamlilik tamoyili.
Bu ham davlat va huquq nazariyasi moxiyat-mazmunini
ifodalovchi muhim tamoyillardan biridir. Bu, eng avvalo, ancha murakkab bo’lgan davlat va
huquqning ichki tuzilishiga aloqadordir. Davlat va huquq tarkibiy bo’linmalarini atroflicha,
muntazam o’rganish - davlat va huquq nazariyasi uchun majburiy metodologik talabdir.
Muntazamlilik tamoyili qonunchilik ishining ham zaruriy sharti bo’lib qolishi kerak.
Jumladan, O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni ta’minlovchi qonunlar, uning siyosiy tuzilishi
va mahalliy o’zini o’zi boshqarishga doir qonunlar, umuman butun qonunchiligimiz
to’laligicha muntazamlilik metodiga qat’iy asoslanishi kerak. Respublikamizda olib
borilayotgan huquqiy islohotlar ham muntazamlilik asosidagina muvaffaqiyatli amalga
oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, muntazamlilik tamoyili davlat va huquq
nazariyasi metodologik
bazasiga chuqur singib kyetishi hamda ilmiy tadqiqotlarning mushtarakligini belgilab
berishi, davlat va huquq nazariyasini o’rganish va o’qitishda ro’yobga chiqishi kerak.
Ob’yektivlik tamoyili.
Ob’yektivizm nomi bilan atalgan ushbu tamoyil sho’rolar
davrida burjuaziya fani tamoyili sifatida davlat va huquq nazariyasidan chiqarib tashlangan
va partiyaviylik tamoyili bilan almashtirilgandi. Unga ko’ra ijtimoiy fanlar ishchilar sinfi
manfaatlarini ta’minlashi, kommunistik istiqbol maqsadlari uchun kurashib, kommunistik
g’oyalarni himoya qilishi kerak edi.
Hozirgi vaqtda davlat tuzilishi tamoyillarida, boshqaruv va davlat qurilishi shakllarida
chuqur o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ular O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi hamda
qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bu davrda jamiyat davlat va huquq nazariyasi
sifatida maydonga chiquvchi metodologiyaga juda muhtoj bo’ladi. Biroq bu yyerda har
qanday metodologiya ham to’g’ri kelavermaydi. Nazariyotchi olimlar oldida ob’yektiv
ravishda ilmiy asosga ega bo’lgan, haddan ziyod g’oyaviylashtirish va sinfiy
yondashuvlardan xoli metodlarni yaratish vazifasi ko’ndalang bo’ladi.
Sho’ro tuzumi davrida uzoq vaqt mobaynida davlat va huquqqa oid tadqiqotlarda
mutlaq
sinfiy yondashuv, haddan tashqari mafkuralashtirib, mutlaqlashtirilib yuborilgan
nuqtai nazarlar hukmron bo’ldi. Bu esa, tarixning o’nqir-cho’nqir, notekis yo’lini o’tmish
madaniy-ma’naviy merosiga bog’lab o’rganish imkonini bermasdi. Monopolizm tahli l
vositalarining bir o’lchovliligi, faqat bir yo’nalishda ishlatilishi davlat va huquqning ziddiyatli,
qarama-qarshi mohiyatini hisobga ololmasdi. Sinfiy yondashuv asta-sekin mafkuraviy
murosasizlik, biqiqlikka olib keldi. Sinfiy yondashuv muqarrar ravishda, Marksgacha bo’lgan
tafakkur, davlat va huquq hamda uning roli haqidagi prinsipial masalalarni nafaqat ochib
berish, balki, hatto ularni to’g’ri qo’yishni
ham uddalay olmasdi, degan fikrga olib kelardi.
Metodologiyadagi qat’iy biryoqlamalik qadriyatlarga munosabatda ham xatolarga
olib keldi. Haddan ziyod mafkuraviylik davlat haqidagi tasavvurlarning soxtalashtirilishiga
sabab bo’ldi. Davlatning funksiyasi oqibat-natijada faqat ezuvchilarni himoyalashga
qaratiladi, deb hisoblanardi. Shu sababdan ham davlatni ta’riflashda uning sinfiylik jihatiga
urg’u berilardi. Huquqqa munosabatda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgandi:
«hukmron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan irodasi» sifatida uning imperativ - sinfiy
jihatlari ta’kidlanardi.
Shu darajada soxtalashtirilgan, noto’g’ri mafkuraviylashtirishning sabablari nimada?
Bunday
sabablar, aftidan, ko’p bo’lib, ularning birini XX asrda soxtalashtirilgan
sotsiologizmning rivojidan qidirish kerak. Aynan shu davrda A.YA.Vishinskiy o’z izdoshlari
yordamida mamlakatni ma’muriy buyruqbozlik asosida boshqarish ehtiyojlariga mutanosib
huquq nazariyasini qaror toptirdi.
1938 yili sobiq sovet huquqshunoslik fani xodimlarining Butunittifoq kengashi
tomonidan ilgari surilgan quyidagi taklif huquqni yangicha tushunishga asos qilib olindi:
«Sovet sotsialistik huquqi sotsialistik davlat tomonidan belgilangan Yoki tasdiqlangan
11
hamda ishchilar sinfi va barcha mehnatkashlar irodasini ifodalovchi
xulq-atvor qoidalari
(normalari) majmui bo’lib, ularning qo’llanilishi sotsialistik davlat tomonidan majburlov
kuchi bilan ta’minlanadi»
10
.
Hozirgi zamon davlat va huquq nazariyasi uchun ob’yektivlik tamoyili ham katta
ahamiyat kasb eta borib, ilmiy xulosalar va takliflarda g’arazgo’ylik, u Yoki bu siyosiy
tuzilmaga «yaxshi ko’rinish» istagi kabi illatlardan fanni xalos qilish jarayoni kechmoqda.
Bu tamoyil ilmiy izlanishlarda mamlakatimiz yutuqlarini xorijiy tajribani o’rganish
bilan qo’shib olib borishni metodologik jihatdan uddalashni ko’zda tutadi. O’zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy hayotida yuz berayotgan yangilanish
jarayonlari sharoitida
inson haq-huquqlari va erkinliklari jahon andozalarini bilish, ularni respublikamizda ijodiy
qo’llash zaruriyatga aylanmoqda.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida so’zga chiqar ekan, Prezident
I.Karimov quyidagi masalaga e’tiborni qaratdi:
Do'stlaringiz bilan baham: