O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o’rganish metodlari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
3-§. Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o’rganish metodlari 
Har qanday fan nafaqat o’z predmeti doirasiga, balki o’z metodlariga ham ega 
bo’lishi lozim. «Metodologiya» so’zi yunoncha «metodos» so’zidan olingan bo’lib, aynan 
ma’nosi «biron narsani o’rganish yo’li» demakdir. Metod bu - umumiy ma’noda maqsadga 
erishish usuli, muayyan tarzda izga solingan faoliyatdir. Metod bu - maxsus ma’noda bilish 
vositasi, o’rganiladigan mavzuni tafakkurda hosil qilish yo’lidir
7

Bu yyerda shuni ta’kidlash joizki, davlat va huquq nazariyasi metodologiyasi 
to’g’risidagi masala bir qator jiddiy muammolarni hal yetish bilan bog’liqdir. Bu holat yaqin-
yaqingacha fanda barcha metodlar umumiy-universal va shuning uchun barcha fanlar
bilim sohalari, o’quv darsliklariga xos hamda umumiy bo’lmagan - alohida metodlar bo’lib 
kelgini bilan izohlanadi. 
Kommunistik mafkura hukmronlik qilgan davrlarda dialektik-materialistik metodlar 
umumiy va ayni paytda eng to’g’ri metod deb hisoblab kelindi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik 
jamiyatshunos olimlarning marksizm-leninizmning o’ziga ham, uning davlat-huquqiy 
5
Vengerov A.B. Teoriya gosudarstva i prava. -M:. “Yurist”1995, 9-bet. 
6
I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-tom, Т., “«O’zbekiston”” , 1996, 260-bet. 
7
Filosofiya lug’ati. Т., “O’zbekiston” 1976, 305-bet. 



hodisalar va jarayonlarni tasvirlash, tushuntirish va istiqbolni aytib berishdagi qobiliyatiga 
ham qarashlari tubdan o’zgardi. Mazkur o’zgarishlar ko’pqirrali xarakterga ega. Ularning 
ayrimlari butun jamiyatshunoslikning umumiy metodologik inqirozi bilan bog’liq. Ba’zilari 
butun ilmiy bilimlar sohasidagi chinakam tub o’zgarishlarni aks ettiradi. Bunda davlat va 
huquq nazariyasi dialektik-materialistik tushunchalar o’rniga asta-sekin sinergetikadan, 
g’ayriixtiyoriy, o’z-o’zidan tashkil topadigan, tasodifiy jarayonlar to’g’risida shakllanayotgan 
yangi fandan kelib chiqadigan metodologiyani o’ziga singdirib yuborishi ko’zda tutiladi. 
Bunda mazkur o’zgarishlar tobora ko’proq muxlislarni o’ziga tortayotgininigina emas, balki 
jamiyatshunoslarning hech mubolag’asiz bir ondayoq o’z nazariy qarashlarini o’zgartirishga 
majbur qilayotgan hujumkor xarakterini ham qayd etmaslik mumkin emas. 
Misol tariqasida A.B.Vengerov kabi mashhur huquqshunosni olib ko’raylik. O’zining 
1995 yilda yozgan darsligida materialistik dialektika to’g’risida gapirarkan, u: «agar ushbu 
metod yordamchi, juz’iy, ikkinchi darajali deb qaralgan boshqa barcha metodlarga zid 
bo’lmasa» - undan bemalol foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. 1996 yilda chop etilgan 
o’zining shu nomdagi darsligida u shunday yozadi: «Sinergetika hozirdayoq dunyoning o’z 
tuzilishi asoslaridagi zaruriy (qonuniy) va tasodifiy hodisalarni tushunishni tubdan 
o’zgartiruvchi, dunyoni yangicha ko’rish, yangicha idrok yetish metodi sifatida maydonga 
chiqmoqda. Jonsiz materiya hamda inson faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy 
va boshqa sohalaridagi tarixiy jarayonlar rivojining sabablari va shakllari yangicha talqin 
etila boshlandi. Hodisalarni biologik va ijtimoiy evolyutsiyaning mustaqil omili sifatida 
yangicha tushunish, o’zidan o’zi tashkil bo’luvchi jarayonlarda uning rolini e’tirof yetish 
yuzaga kelmoqda»
8

U Yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so’z oz emas-ko’p emas - ijtimoiy 
fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangilash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha 
hodisalarining ob’yektiv qonuniyligi va sababiy bog’liqligini tan oluvchi falsafiy 
konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va e’tirof yetishdan voz kechish va ehtimolki, 
determinizmning yangi ko’rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa, borliqni ilmiy 
asosda bilishning asosiy metodi sifatidagi materialistik dialektikani qayta mushohada yetish 
haqida boryapti»
9

Boz ustiga u, ijtimoiy fanlar metodologiyasida yangi paradigma «...yo 
sinergetikaning alohida metodi sifatida dialektikani o’z ichiga oladi - shunda ham faqat 
ayrim sohalar uchun qo’llaydi yoxud uni borliqqa tamoman yangicha yondashuvlar bilan 
umuman almashtiradi», deb hisoblaydi. Bunda ikkinchisi afzal. 
Olim, ilmiy huquqiy bilimlarda ushbu yangiliklarning yoyilishi moda ketidan quvish 
emas, «eski, odatiy qoidalarni yangi «sinergetik jomalar»ga kiyintirish emas», deya 
ta’kidlasada, uning nuqtai nazariga, mulohaza yuritishdagi ayrim qat’iy fikrlariga qo’shilish 
qiyin. Zero, bilish - g’oyat murakkab jarayon bo’lib, shu yo’ldagi biron-bir metodga 
ustuvorlik berishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Buni biz bir bor boshimizdan kechirib 
ko’rdik. 
Bizning fikrimizcha, materialistik dialektika metodi davlat va huquq nazariyasida 
metod sifatida o’z umrini butunlay yashab bo’lgini yo’q. Misol uchun, shu nuqtai nazardan, 
davlat va huquq: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish