O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

5-§. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida 
Davlat va huquq nazariyasini turli ijtimoiy fanlar bilan qiyoslash ular o’rtasida uzviy 
aloqa va o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida xulosa chiqarishga olib keldi. Hatto ular 
g’oyalari, qoida va xulosalarining bir-birlariga singib borishi kabi jarayonlar ma’lum bo’ldi. 
Gap davlat va huquq nazariyasining yuridik fanlar tizimidagi o’rni haqida borganda, bu 
holatlar Yanada yaqqolroq ko’rinadi. Chunki, yuridik fanlar davlat-huquq mavjudligining u 
Yoki bu jihatlari, qismlari, xususiyatlarini muayyan nuqtai nazardan turib, muayyan 
darajada o’rganadi. Davlat va huquq nazariyasi ko’pgina tarkibiy qismlar va kichik 
tizimlardan iborat bo’lib, ularning qaysilari va qay darajada o’rganilishiga qarab, yuridik 
fanlar ham bo’linib ketadi. 
Fanda tarkib topgan umumiy qoidaga muvofiq barcha 
yuridik fanlar uchta katta 
guruhga 
bo’linadi. Bular 
fundamental tarixiy-nazariy, sohaviy va amaliy yuridik 
fanlardir.
Yuridik fanlarning hozirgi vaqtda amalda bo’lgan tasnifi quyidagi bo’limlardan tashkil 


18 
topgan: 
1) 
tarixiy-nazariy; 
2) 
xorijiy davlat va huquqni o’rganadigan; 
3) 
sohaviy; 
4) 
sohalararo; 
5) 
amaliy yuridik; 
6) 
xalqaro huquq fanlari. 
Biroq ushbu tasnifdan boshqacha kengroq tasnif ham mavjud. Chunonchi, yuridik 
fanlar tizimi mazkur sohaga oid bilimlar hajmiga ko’ra: 
1) 
davlat va huquq nazariyasi va tarixi, siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi; 
2) 
davlat huquqi va boshqaruv, davlat qurilishi, ma’muriy huquq, moliyaviy huquq; 
3) 
fuqarolik huquqi, oila huquqi, fuqarolik protsessi, xalqaro xususiy huquq; 
4) 
xo’jalik huquqi, arbitraj protsessi; 
5) 
mexnat huquqi, ijtimoiy ta’minot 
6) 
qishloq xo’jalik huquqi, yer, suv, o’rmon va kon huquqi; 
7) 
jinoiy huquq va kriminologiya; axloq tuzatish-mehnat huquqi 
8) 
jinoyat ish jarayoni va kriminalistika; 
9) 
halqaro huquq; 
10) 
sud tuzilishi, prokuror nazorati, advokaturaga bo’linadi. 
Albatta, bulardan boshqacha tasniflar ham mavjud. Bular jadal o’zgarib boruvchi 
hayot hodisalari Yoki bo’lmasa mualliflar sub’yektiv tasavvurlari natijasidir. Chunonchi, 
ularning ba’zilari tarixiy-yuridik turkumga Rim va musulmon (islom) huquqlarini kiritishsa, 
xo’jalik-huquqiy (xo’jalik huquqi, yer huquqi, mehnat huquqi) turkumini fuqarolik-huquqiy 
turkum (fuqarolik huquqi, oila huquqi va hokazo)dan ajratishadi.
Bizning nazarimizda, mazkur muammo bo’yicha barcha nuqtai nazarlarni keltirib 
o’tirish va, ayniqsa, ulardan birontasiga ustuvorlik berish zarurati yo’q. Buning imkoni ham 
yo’q. 
Har qanday yangi andoza va tuzilmalar hozirgi zamon hayotining o’zgarib boruvchi 
holatini birdek ifodalab berolmaydi. Fanda yangi yo’nalishlarning paydo bo’lishi, fan-texnika 
taraqqiyoti fazoviy, atom, kompyuter kabi huquq bo’lim-paydo bo’lishini taqozo etdi. 
Siyosiy hayotdai yangi voqeliklar, bozor munosabatlarining rivoj topishi huquqshunoslarda 
tijorat, soliq, birja va boshqa huquqlarni yaratish (Yoki ular ustida ishlash)ga rag’bat 
uyg’otdi.
Ma’lumki, sohaviy Yoki maxsus yuridik fanlar ko’pincha davlat Yoki huquqiy 
hayotning biron tarmog’i, yo’nalishi yoxud jihatini tadqiq yetish bilan shug’ullanadi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish