17
iqtisodiy xulosalar ish bermasligini hisobga olishmasdi, aniqrog’i, nazar-pisand qilishmasdi.
Bu esa barcha yaxshi iqtisodiy maqsad va niyatlarni barbod yetishini tajriba isbotlamoqda.
Misol tariqasida Yegor Gaydar va uning tarafdorlarining 90-yillardagi orzu-umidlarini
keltiramiz. Ularda «iqtisodiy determinizm» deb ataluvchi narsa va hodisalarning sababiy
bog’lanishlari haqidagi materialistik ta’limot doirasida huquqiy rasmiylashtirilmagan
iqtisodiy echimlarning o’zi yetarliligi haqidagi tasavvurlar ustun turardi.
Bozorga xos bo’lgan raqobat har qanday bozor iste’mol mollariga to’lib borishi bilan
narx-navoning o’z-o’zidan pasayishiga olib keladi, iqtisodiy munosabatlar o’z-o’zidan ishlab
chiqarishni rag’batlantiradi, deb hisoblanardi. Endilikda g’oyat qudratli va serqirra huquqiy
ta’minotsiz islohotlar yurishmasligi ravshan bo’ldi. Respublikamizning iqtisodiy faoliyat
tajribasi esa iqtisodiy islohotlarni davlatsiz, huquqsiz amalga oshirib bo’lmasligini Yana bir
bor tasdiqladi.
O’z rivojlanish va taraqqiyot yo’lini tanlagan respublikamizda
iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy poydevorini
yaratishdan iborat. Avval boshdanoq o’tmish xatolaridan muhim xulosa chiqarildi - zarur
huquqiy ta’minotsiz va tegishli qonunlar hamda me’yoriy hujjatlarsiz amalda islohotlarni
ro’yobga chiqarishning ishonchli kafolatlarini, islohotlar ro’yobga chiqarishining
kafolatlarini yaratib bo’lmasligi e’tirof etildi. Ta’kidlanginidek,
mustahkam huquqiy negiz
bo’lgandagina o’zini oqlamagan eski tizimni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor
iqtisodiyotiga ega bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi iqtisodiy islohotlarning itoatkor xizmatkori
emas. Respublikamizda hokimiyat tepasida turganlar buni yaxshi tushunadilar.
Buning ustiga respublikamizda inson va fuqaro huquqlarini himoyalash masalasiga
naqadar katta e’tibor berib kelinayotgini ma’lum. Oliy Majlisning sessiyasida
ta’kidlanginidek, inson va fuqarolar huquqlarini ta’minlash hozirgi vaqtda davlat
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Binobarin, inson huquqlari
va erkinliklarining
ustuvorligi, yuksak ijtimoiy boylik sifatida uning qadr-qimmatini tushunish davlat va huquq
nazariyasini amalda respublikamizdagi o’zgarishlarning oldingi jabhalariga olib chiqib
qo’ymoqda.
Bundan Yana ham keng qamrovli chuqur xulosalar chiqarish mumkin.
O’zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari kuchayib borishi, huquqiy madaniyat,
fuqaroning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’lim va, shu jumladan, yuridik ta’lim ham rivoj
topib borishi bilan davlat va huquq nazariyasining hamda barcha yuridik fanning ijtimoiy
fanlar butun tizimidagi ahamiyati ortib boradi. Bu - ijtimoiy taraqqiyotning muhim talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: