1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

14-mashq 
1. Massasi 70 kg bo’lgan kishi massasi 20 kg bo’lgan 
yashikni yelkasida ko’tarib turibdi. Bu kishi yerga 
qanday kuch bilan bosadi? 
2. Arqonni tortish o’yinida to’rt kishi qatnashadi. 
Ulardan ikkitasi arqonni 330 N va 380 N kuch bilan bir 
tomonga, yana ikkitasi qarama-qarshi tomonga 300 N va 
400 N kuch bilan tortadi. Arqkon qaysi yo’nalishda 
harakatlanadi va bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi 
nimaga teng?
3. Parashutchi parashutda tekis harakatlanib pastga 
tushmoqda. Parashutchining parashut bilan birgalikdagi 
og’irlik kuchi 700 N. Havoning qarshilik kuchi nimaga 
teng? 
4. Ikkita dinamometr bo’lib, ularning har birn 10 N 
kuchga muljallangan. Massasi 1,5 kg bo’lgan jismning 
og’irligini shu dinamometrlar bilan qanday o’lchash 
mumkin? U qanchaga teng? 
30. ISHQALANISh KUCHI
Tepalikdan sirpanib tushgan chana inertsiyasi bilan 
gorizontal yo’lda sirpanadi. Ammo u tekis harakat-
lanmaydi, uning tezligi asta-sekin kamayadi va biror 
vaqtdan keyin to’xtaydi. Bola konkida yugurib kelib 
muzda sirpanadi, lekin muz qanchalik silliq bo’l-masin, 
bola borib-borib axir to’xtaydi. Velosipedchi velosiped 
pedallarini aylantirishni to’xtatganda velosiped ham 
to’xtaydi. Harakat tezligining har qanday o’zgarishining, 
mazkur holda kamayishining sababi kuch ekanini 
bilamiz. Demak qarab chiqilgan misollarda 
harakatlanayotgan har bir jismga kuch ta’sir qilgan edi. 
Bir jismning ikkinchi jism sirtida harakatlanishida hosil 
bo’ladigan va harakatga qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish 
kuchi deyiladi. 
Ishqalanish kuchi oldin qarab chiqilgan og’irlik kuchi 
va elastiklik kuchidan farq qiladi. Ishqalanish kuchi 
kuchlarning yana bir turidir.
Ishqalanish kuchi hosil bo’lishining sabablaridan biri 
bir-biriga tegib turadigan jismlarning g’adir-budirligidir.
Ishqalanishni vujudga keltiradigan yana bir sabab-bir-
biriga tegib turadigan jismlar molekula-larining o’zaro 
tortishidir. 
Ishqalanuvchi jismlarning sirtlari g’adir-budur, dag’al 
ishlov berilgan bo’lsa, ishqalanish kuchining hosil 
bo’lishi asosan birinchi sabab tufayli bo’ladi. Agar 
jismlarning sirtlari yaxshi silliqlangan bo’lsa, u holda 
jismlar bir-biriga tekkanda ular molekulala-rining bir 
qismi bir-biriga shunday yaqin joylasha-diki, bunda bir-
biriga tegishuvchi jism molekulalari orasida tortishish 
kuchlari sezilarli bo’ladi. 
Ishqalanuvchi sirtlarni moylab ishqalanish kuchini 


18 
ancha kamaytirish mumkin. Moy qatlami ishqala-nuvchi 
jismlarning sirtlarini bir-biridan ajratadi, ularni bir-biriga 
tegizmay qo’yadi. Endi jismlar harakatlanganda sirtlar 
bir-biri ustida sirpanmasdan, balki moy qatlami 
sirpanadi. Ko’p hollarda moy suyuq bo’ladi, suyuqlik 
qatlamlarining ishqalanishi qattiq sirtlarnikiga qaraganda 
kam bo’ladi. Muzda, masalan, konkida sirpangan vaqtda 
ishqalanishning juda oz bo’lishiga sabab ham 
moylashning ta’siridir. Bunda konki bilan muz-orasida 
yupqa suv qatlami hosil bo’ladi.
Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqala-nish 
kuchi hosil bo’ladi, uni sirpanish ishqalanishi deyiladi.
Masalan, chanalar va chang’ilar qorda sirpanganda,
shunday ishqalanish hosil bo’ladi. 
Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmay, balki 
dumalasa, bunda hosil bo’ladigan ishqalanish dumala-nish 
ishqalanishi deyiladi. Masalan, avtomobil, vagon 
g’ildiraklari g’ildiraganda, g’o’lalar yoki bochkalar 
yerda dumalatilganda dumalanish ishqalanishi namoyon 
bo’ladi. 
Ishqalanish kuchini o’lchash mumkin. Masalan, 
yog’och brusokning taxta yoki stol ustida sirpanish 
ishqalanish kuchini o’lchash uchun brusokka dinamometr 
mahkamlab (quyidagi rasm), uni taxta ustida 
dinamometrni gorizontal tutgan holda tekis 
harakatlantirish kerak. Bunda dinamometr nimani 
ko’rsatadi? Brusokka gorizontal yo’nalishda ikki kuch: 
dinamometr prujinasining harakat yo’nalishi tomon 
yo’nalgan elastiklik kuchi va harakatga qarshi yo’nalgan 
ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Brusok tekis 
harakatlangani uchun bu ikki kuchning teng ta’sir 
etuvchisi nolga teng, ya’ni bu kuchlar modullar jihatidan 
teng, ammo yo’nalishlari jihatidan qarama-qarshidir. 
Dinamometr moduli jihatidan ishqalanish kuchiga teng 
bo’lgan elastiklik kuchi (tortish kuchi) ni ko’rsatadi. 
Shunday qilib, jismning tekis harakatlanishida unga 
dinamometr ta’sir qilayotgan kuchni o’lchab, ishqalanish 
kuchini topamiz. Agar brusok ustiga, yuk masalan, tosh 
qo’ysak yoki qo’l bilan bossak va yuqorida bayon 
etilgan usul bo’yicha ishqalanishni o’lchasak u katta 
bo’lib chiqadi. Jismni sirtga siquvchi kuch qanchalik 
katta bo’lsa, bunda hosil bo’ladigan ishqalanish
kuchi shunchalik katta bo’ladi,
yog’och
brusokni 
ikkita g’o’lacha ustiga qo’yib, dumalanish ishqalanishi 
kuchini o’lchash mumkin (yuqoridagi r asm) . Bu kuch 
sirpanish ishqalanish kuchidan kichik bo’ladi. Shunday 
qilib, nagruzka baravar bo’lgan holda dumalanish ishqalanish 
kuchi sirpanish ishqalanishi kuchidan hamisha kichik bo’lishini 
ko’rsatadi. Shuning uchun ham ilgari odam-lar katta 
yuklarni bir joydan boshqa joyga ko’chi- 
rishda g’o’lalardan foydalanganlar, keyinchalik esa 
g’ildiraklardan keng foydalanadigan bo’ldilar. 
1. Sizga ma’lum bo’lgan qanday kuzatish va tajribalar 
ishqalanish mavjudligini ko’rsatadi? 2. Qanday kuch 
ishqalanish kuchi deyiladi? 3. Ishqa-lanishning sababi 
nimada? 4. Moylash ishqalanish kuchiga qanday ta’sir 
qiladi? Tushuntirib bering. 5. Siz ishqalanishning qanday 
turlarini bilasiz? 6. Qanday hollarda sirpanish 
ishqalanishi haqida gapiriladi? 7. Qanday ishqalanish 
dumalanish ishqalanishi deyiladi? 8. Ishqalanish kuchini 
qanday o’lchash mumkin? 9. Ishqalanish kuchi uni sirtga 
siquvchi kuchga bog’liqligini qanday ko’rsatish mumkin? 
10. Bir xil nagruzkalarda sirpanish ishqala-nishi kuchi 
dumalanish ishqalanishi kuchidan katta bo’lishini 
tajribada qanday ko’rsatish mumkin? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish