1. tabiat va inson


 KUCH BIRLIKLARI. OG’IRLIK KUCHI VA



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

26. KUCH BIRLIKLARI. OG’IRLIK KUCHI VA 
JISMNING MASSASI ORASIDAGI BOG’LANISH 
Kuch — fizik kattalik. Uni o’lchash mumkin, ya’ni 
birlik qilib qabul qilingan kuch bilan taqqos-lash 
mumkin. 
Fizik kattaliklar birliklari shartli ravishda tanlanadi. 
Kuch birligi qilib har qanday kuchni, masalan, ma’lum 
uzunlikkacha chozilgan biror prujinaning elastiklik 
kuchini qabul qilish, shuningdek biror jismga ta’sir 
qilayotgan kuchni va og’irlik kuchini tanlash mumkin. 
Kuch — jism tezligini o’zgartiruvchi sabab ekanini 
bilamiz, shuning uchun xalqaro kelushuvga muvofiq 
kuch birligi qilib 1s vaqt ichida massasi 1 kg bo’lgan 
jism tezligini 1 
s
m
ga o’zgartiruvchi kuch qabul
qilingan. Kuchning bu birligi butun olam tortishish 
qonunini kashf qilgan buyuk ingliz fizigi I s a a k
N y u t o n sharafiga nyuton deb atalgan. 
Kuch birligi nytonning qisqacha belgilanishi — 1 N. 
Shuningdek katta kuch birliklari — 1 kilonyuton (1kN) 
ham ishlatiladi.
1 kN = 1000 N. 
1 N —massasi 0,1 kg, yoki, aniqrog’i, 
8
,
9
1
kg
bo’lgan jismgata’sir qilayotgan og’irlik kuchiga taxminan 
teng. Jismga ta’sir qiladigan og’irlik mazkur jism turgan 
joyning geografik kengligiga bog’liq ekanini hisobga
olish lozim. Shuning uchun massasi 
8
,
9
1
kg bo’lgan 
jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi faqat ma’lum 
kenglikda, aynan Fransiyadagi massa etaloni 
saqlanadigan Sevr shahri kengligida 1 N ga teng. 
Kuch birligi 1 N dan foydalanib, istalgan massali 
jismga ta’sir qiladigan og’irlik kuchi qanday hisoblanadi? 
Ma’lumki, jismning massasi qancha katta bo’lsa, 
og’irlik kuchi shuncha katta bo’ladi. Massasi 
8
,
9
1
kg 
bo’lgan jismga 1 N og’irlik kuchi ta’sir qilgani uchun 
massasi 1 kg bo’lgan jismga 9,8 N ga teng bo’lgan 
og’irlik kuchi ta’sir qilishi kelib chiqadi. Uni qisqacha: 
g
= 9,8 
kg
N
deb belgilaymiz. Agar massasi 1 kg bo’lgan 
jismga 9,8 N ga teng bo’lgan og’irlik kuchi ta’sir qilsa, 
unda massasi 2 kg bo’lgan jismga ikki marta katta 
bo’lgan va 19,6 N teng, 3 kg li jismga uch marta katta
bo’lgan va 29,4 N ga teng kuch ta’sir qiladi va hokazo. 
Binobarin, jismga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchi F ni 
topish uchun
g=
9,8
kg
N
ni jismning kilogrammlarda 
ifodalangan massasi m ga ko’paytirish lozim, ya’ni
F=gm

Agar tayanch qo’zgalmas va Yerga nisbatan gorizontal 
joylashgan bo’lsa, u holda jismning og’irligi og’irlik 
kuchiga teng bo’ladi. 
Bundan keyin bu kitobda jismning og’irligi haqida 
gapirilganda biz uni qo’zg’almas va gorizontal 
joylashgan tayanchga tegishli deymiz. Shuning uchun 
jismning og’irligi 
P
ni quyidagi formula bo’yicha 
hisoblaymiz: 
gm
P

.
Shuni yodda tutish lozimki, bu formulalar bo’yi-cha 
og’irlik kuchi va jismning og’irligini hisoblashda jismning 
massasini albatta kilogrammlarda ifodalash lozim. 
Ko’pgina hollarda hisoblash vaqtida sonni yaxlitlab
kg
N
g
10

deb hisobash muminh. 
1. Biror kuchni o’lchash nima degani? 2. Kuch birlngi 
qilib nima qabul qilingan? 3. Qanday kuch nyuton 
deyiladi? 4. Massasi 1 kg bo’lgan jismga 
qanday og’irlik kuchi ta’sir qiladi? 5. Istalgan massali 
jismga ta’sir qiladigan og’irlik kuchi qanday 
hisoblanadi? 6. Qanday holda og’irlik kuchi hisoblab 
topiladigan formulani og’irlikni hisoblashda qo’llash 
mumkin? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish