1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

25. ELASTIKLIK KUCHI.
JISMNING OG’IRLIGI 
Oldingi mavzuda ko’rib o’tganimizdek Yerdagi hamma 
jismlarga og’irlik kuchi ta’sir qiladi. Tayanchi va osmasi 
bo’lmagan jismlarning Yerga tushishiga og’irlik kuchi 
sabab bo’ladi. Yomg’ir tomchilari, qor uchquni, shoxdan 
uzilgan barglar og’irlik kuchi ta’siri ostida Yerga
to’shadi.
Ammo o’sha qor tomda yotganda unga oldingidek 
og’irlik kuchi ta’sir qiladi, biroq u tushmaydi, balki tinch 
yotadi. Tayanch ustida yotgan yoki ipga osib qo’yilgan 
jismlarning nima uchun tinch turishini ko’ramiz. 
Yuqoridagi rasmlarda ikki tayanchda gorizontal holda 
yotgan taxta tasvirlangan. Agar taxta o’rtasiga tosh 
quyilsa, u holda og’irlik kuchi ta’sirida tosh taxtani egib 
biror vaqt pastga harakatlanadi, so’ngra to’xtaydi. 
Uning harakatini nima to’xtatib qoladi? Toshning 
to’xtab qolishining sababi bunday: pastga yo’nalgan 
og’irlik kuchidan tashqari, unga yuqoriga yo’nalgan yana 
boshqa kuch ta’sir etadi. Bu boshqa kuch qayerdan 
paydo bo’ldi? Bu savolga javob berish uchun taxta 
pastga harakatlanganda taxtada nimalar yuz berishini 
qarab chiqamiz. 
Taxta (yoki boshqa har qanday tayanch, yuqoridagi 
rasm) harakatlanganda egiladi-deformastiyalanadi. 
Bunda tayanchda (bizning misolimizda — taxtada) uning 
ustidagi jismga ta’sir etadigan kuch paydo bo’ladi, bu 
kuch yuqoriga, ya’ni og’irlik kuchiga qarama-qarshi 
tomonga yo’nalgan. U elastiklik kuchi deyiladi. Tayanch 
qancha ko’p egilsa elastiklik kuchi shuncha katta 
bo’ladi. Elastiklik kuchi jismga ta’sir etadigan og’irlik 
kuchiga teng bo’lgan vaqtda tayanch va jism to’xtaydi.
Quyidagi rasmda yuk ta’siri ostida siqilgan prujina 
tasvirlangan. Agar jism osib quyilgan bo’lsa, u holda 
osma (ip, arqon, sim va boshqalar) cho’ziladi. Tayanch 
kabi unda ham elastiklik kuchi paydo bo’ladi. Osmaning 
cho’zilishiga qarab bu kuch ortadi. Elastiklik kuchi va 
og’irlik kuchining qiymatlari tenglashganda arqon 
cho’zilishdan to’xtaydi. 
Jism tayanchga qo’yilganda faqat tayanch defor-
matsiyalanib qolmasdan, Yer tortayotgan jism ham 
deformastiyalanadi. Deformastiyalangan, siqilgan jism 
tayanchga bosadi. Jism osilganda ham xuddi shunday, 
ya’ni faqat arqon deformastiyalanib qolmay, jism ham 
deformastiyalanadi.
Deformastiyalanadigan (cho’ziladigan) jism osmani 
(yuqoridagi rasm) deformastiyaydi (cho’zadi). 
Yerning tortishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga 
ta’sir qiladigan kuchi jismning og’irligi deyiladi. 
Jismga ta’sir etayotgan og’irlik kuchi bilan jismning 
og’irligini chalkashtirib yubormaslik kerak. Og’irlik 
kuchi jismning o’ziga ta’sir qiladi, jismning og’irligi esa 
tayanchga yoki osmaga ta’sir qiladi. 


15 
1. Og’irlik kuchining jismga. ta’siri nimada namoyon 
bo’ladi? 2. Nima uchun taxtaga quyilgan qadoq toshning 
harakati to’xtaydi? 3. Taxtada turgan qadoq toshga 
qanday kuchlar ta’sir qiladi? Ular qanday yo’nalgan? 4. 
Jismning og’irligi deb nimaga aytiladi? 5. Jismning 
og’irligi bilan jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi 
o’rtasida qanday farq bor? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish