1. tabiat va inson


 JISMNING MASSASI. MASSA BIRLIKLARI



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

20. JISMNING MASSASI. MASSA BIRLIKLARI 
Dastlab tinch turgan jismlar o’zaro ta’sirlash-ganidan 
keyin tezliklari bir-biridan keskin farq qilgani holda 
harakatlanishi (o’q va miltiqning tezliklari) yoki deyarli 
bir-biridan farq qilmagan holda harakatlanishi 
(odamning va uncha katta bo’lmagan qayiqning 
tezliklari) mumkin. Buni qanday tushuntirish mumkin? 
Aravachalarning o’zaro ta’sirini yana bir marta 
kuzatamiz, lekin endi tajriba uchun turli aravachalardan 
foydalanamiz ( quyidagi rasm). Ipni kuydirib yuboramiz. 
Plastinka to’g’rilangunga qadar aravachalar o’zaro 
ta’sirlashib turadi va ularning tezligi o’zgaradi. 
Tajribadan ko’rinadiki, bu holda aravachalar turli 
tezliklar bilan ikki tomonga hara-katlanadi. Bu — 
aravachalar turli massaga ega ekanligi bilan 
tushuntiriladi. O’zaro ta’sirlashgan-dan keyin kichik 
tezlik bilan harakatlangan aravachaning massasi katta 
bo’ladi. Jismlarning o’zaro ta’sirlashgandan keyingi 
tezliklarini o’lchash mumkin. Shu tezliklarga qarab 
o’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning massalari bir-biriga 
taqqoslanadi. Masalan, aravachalarning o’zaro 
ta’sirlashgunga qadar tezliklari nolga teng bo’lgan, o’zaro
ta’sirlashgan-dan keyin bir aravachaning tezligi20 
s
sm
ikkinchi aravachaning tezligi 40 
s
sm
bo’lgan.
Ikkinchi aravacha olgan tezlik birinchi aravacha-ning
tezligidan 2 marta katta bo’lgani uchun uning massasi 
birinchi aravacha massasidan ikki marta kichikdir. 
Agar aravachalar to’qnashgandan keyin olgan tezliklari 
bir xil bo’lsa, demak ularning massalari ham bir xil 
bo’ladi. Bu holni bir xil aravachalar bilan qilgan 
tajribada kuzatgan edik Odam qayiq-dan qirg’oqqa 
sakraganda, qayiq bilan odam orasida o’zaro ta’sir ro’y 
beradi. Qayiq odam sakragan tomonga qarama-qarshi 
yo’nalishda tezlik oladi (quyidagi rasm). Agar qayiqning 
massasi odamning massasidan katta bo’lsa, u holda 
uning tezligi sakragan odam tezligidan kichik bo’ladi. 
Agar qayiq va odamning massalari bir xil bo’lsa, o’zaro 
ta’sirlashgandan keyin ular olgan tezliklar ham bir xil 
bo’ladi. 
Biz jismlarning o’zaro ta’sirini tekshirganimizda 
jismning massasi deb ataladigan fizik kattalik bilan 
tanishdik. Fizikani o’rganish davomida massa 
tushunchasi aniqlashtira boriladi. Har bir jism — stol, 
Yer, odam, suv tomchisi massaga ega va jismlarning 
massalarini ularning o’zaro ta’sir qilishidan olgan 
tezliklariga qarab taqqoslash mumkinligini esda saqlash 
kerak. 
Massa birligi qilib kilogramm — 1 kg qabul qilingan. 
Kilogramm – bu etalonning (puxtalik bilan 
tayorlangan namunaning ) massasidir. Etalon platina va 
iridiy qotishmalardan quyilgan. Kilogrammning xalqaro 
etaloni (quyidagi rasm) Fransiyada Parij yaqinidagi Sevr 
shahrida saqlanadi. Massa etalonining juda katta aniqlik 
bilan tayor-langan nuchalari boshqa mamlakatlarga 
berilgan. 
Amalda massaning kilogrammdan katta yoki kichik 
bo’lgan boshqa birliklaridan ham foydala-niladi: tonna 
(t), gramm (g), milligramm (mg). 
1 t = 1000 kg, 1 g == 0,001 kg, 1 mg = 0,000 001 kg. 
Hozirgi zamon fizikasi shunday takomillashgan 
o’lchash usullariga egaki, ular moddaning juda mayda 


12 
zarrachalari bo’lgan molekulalarning o’lchami va 
massasini juda aniq o’lchashga imkon beradi. Hozirgi 
vaqtda hamma moddalar molekula-larining massasi 
aniqlangan. Vodorod molekulasi-ning massasi eng 
kichikdir. Uning massasi 
0,0000000000000000000000033 g yoki
25
10
33
ga teng. 
Agar o’tkir qilib chiqarilgan qalamning uchi bilan 
qog’ozga nuqta qo’ysak qog’ozda qolgan grafitning 
massasi bu molekulaning massasidan million marta katta 
bo’ladi.
Vodorod molekulasining massasidan simob 
molekulasining massasi 100 marta, kislorodniki 16 
marta, suvniki 9 marta katta. 
1. Ikkita har xil aravachalarning o’zaro ta’sirlashishi 
tajribasini bayon qiling. 2. Bu aravachalardan qaysi 
birining massasi ko’proq? 3. Jismlarning massala-rini 
ularning olgan tezliklariga qarab qanday taqqos-
lanishiga misol keltiring. 4. Massa birligi qilib nima 
qabul qilingan? 5. Siz yana qanday massa birlikla-rini 
bilasiz? 6. Molekulalar massasi haqida nimalar bilasiz. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish