19
Jismlar siqilganda molekulalarning itarishish
kuchlarini yengamiz. Tortishish kuchlari ta’sir qila-digan
masofalardan yanada kichikroq masofalarda itarishish
kuchlari ancha sezilarli bo’ladi.
O’z o’lchamlariga qaraganda bir-biridan ancha katta
masofada turgan ikki molekulani tasavvur qilaylik
Bunday masofada molekulalarning tortishish kuchi juda
kichik itarishish kuchi esa tortishish kuchidan ham kichik.
Molekulalar yaqinlashgan sari ikkala kuch ham ortib
boradi, lekin itarishish kuchi tezroq ortadi.
Molekulalarning bundan keyin yaqinlashi-shida
itarishish kuchi modul jihatidan tortishish kuchi bilan
tenglashadi. Agar molekulalar yaqinla-sha borsa, u holda
ikkala kuch yana ortadi. Ammo itarishish kuchi tezroq
ortadi, endi uning moduli tortishish kuchi modulidan katta
bo’lib qoladi va molekulalar bir-biridan itariladi.
Masalan, po’lat trosni cho’zganda uning molekulalari
tarqalib ketadi, molekulalarning tortishish kuchi
itarishish kuchidan. katta bo’lib qoladi, agar trosni
cho’zishni to’xtatsak u yana qisqaradi. Trosni siqqanda
esa molekulalar yaqinlashadi, itarishish kuchi tortishish
kuchidan katta bo’lib qoladi, agar trosni siqishni
to’xtatsak u cho’ziladi.
Demak trosda elastiklik
kuchining hosil bo’lish sababi uning molekulalari-ning
o’zaro ta’siridir. Amalda ko’p kuzatiladigan hodisa,
ya’ni qattiq jismni suyuqlik ho’llashi hodisasini
molekulalarning bir-biriga tortishishi asosida tushuntirish
mumkin. Bu hodisa bilan tajribada tanishamiz. Ingichka
prujinaga gorizontal ravishda shisha plastinka osiladi.
Plastinka ostiga suvli idish shunday keltiriladiki, bunda
plastinka idishdagi suv yuzida yotadigan bo’lsin
(quyidagi rasm). Bundan keyin plastinka asta-sekin
yuqoriga ko’tariladi. Bunda dastlab plastinka
suvdan
ajral-maydi va prujina yanada kuchli-roq cho’ziladi
(quyidagi rasm). Prujinaning cho’zilish kattaligiga qarab
plastinkani suv yuzida to’tib turuvchi moleku-lalar
orasidagi tortishish kuchlari haqida fikr yuritish mumkin.
Nihoyat shisha plastinka suvdan ajraladi (quyidagi rasm) ,
bunda u suv bilan ho’llangan bo’ladi. Demak plastinka
suv molekulalari shisha molekulalariga tekkan joyda
ajralmay, suv molekulalari bir-biriga tekkan joyda aj-
raladi. Suv shishani, shuningdek yog’ochni, terini va boshqa
ko’pgina moddalarni ho’llaydi.
Agar mum yoki parafindan qilingan plastinka suvga
botirib olinsa, plastinka quruqligicha qoladi. Demak suv
mum va parafinni ho’llamaydi. Suv moyli sirt-larni ham
ho’llamaydi. Simob cho’yanni ho’llamaydi (shuning uchun
simob cho’yan idishlarda saqla'nadi), lekin oltinni, ruxni
va boshqa moddalarni ho’llaydi. Suyuqlik qattiq jismni
ho’llaganda uning molekulalari jism molekulalariga
qaraganda bir-biriga kuchsizroq tortiladi. Suyuqlik
molekulalari-ning qattiq jism molekulalariga qaraganda
bir-biriga kuchliroq tortilishi esa ho’llamaslikni
tushuntiradi.
Ho’llash va ho’llamaslik hodisalari amalda hisobga
olinadi va ulardan foydalaniladi. Biz suv bilan
ho’llanadigan mata
sochiqqa artinamiz, siyoh bilan
ho’llanadigan qog’ozga yozamiz.
Shu narsa qiziqki, suvda suzadigan parrandalar
alohida bezlaridan ajraladigan yog’ bilan patlarini
yog’laydi. Shuning uchun qush patlari suvga
ho’llanmaydi. Qush patlari ostida par bo’lib, u
quruqligicha qoladi va qushning tanasi atrofida havo
qatlami saqlanadi, shu tufayli qush hatto sovuq suvda
ham sovuq qotmaydi, bundan tashqari suvda choo’kmay
turadi.
1. Molekulalarning tortishish kuchnni yengishga misol
ksltiring. 2. Nima uchun jismlarning molekulalari tig’iz
yaqinlashmaydi?. 3. Molekulalar bir-biriga asta-sekin
yaqinlashganda tortishish kuchi va. itarishish kuchi
qanday o’zgaradi? 4. Nima uchun ta’sir kuchi
to’xtagandan keyin cho’zilgan po’lat tros siqiladi? 5.
Shishaning suv bilan, ho’llanishi kuzatiladigan tajribani
bayon qilib bering. 6. Qattiq jismlarni suyuqlik bilan
ho’llanish va ho’llanmasligiga doir misollar keltiring. 7.
Ho’llanish va ho’llanmaslik molekulalarning o’zaro
ta’siri asosida qanday tushuntiriladi? 8. Amalda
ho’llanish qanday hisobga olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: