4. DEE ni o‟tkazish va uning natijalarining oshkoraligiga. Ekspert komissiyasi
(guruhi)ning tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo‟ladi. Uning ishiga respublika ilmiy-
tekshirish
institutlardan, vazirliklardan, muassasa va tashkilotlardan, tarmoq ilmiy-
tekshirish va loyihalash
institutlaridan olimlar, mutaxassislar, iqtisodchi va
huquqshunoslar va muhandis-texnologlar jalb qilinishi mumkin.
Ekspert komissiyasi (guruhi)ning shaxsiy tarkibi Bosh Davlat Ekspertiza boshlig‟i
yoki uning o‟rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ekspert komissiyasi tarkibiga quyidagi
mutaxassislarni jalb qilish ta‟kidlanadi:
1. Agar mutaxassisning shaxsiy roziligi bo‟lmasa.
2. Agar mutaxassis ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarni
tayyorlashda qatnashgan
bo‟lsa.
3. Agar mutaxassis ko‟rilayotgan loyiha bo‟yicha oldin matbuotda o‟z fikrini bayon etgan
bo‟lsa.
Bundan tashqari, mutaxassisning shtatsiz ekspert sifatida faoliyat ko‟rsatilishi ekspert
komissiyasi (guruhi) ni tuzish to‟g‟risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlanadi va
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq olib boriladi. DEE ni o‟tkazishda shtatsiz ekspert
asosiy ishidan ajralmagan holda, o‟ziga qulay vaqtda qatnashadi. Uning faoliyati uchun
barcha sharoitlar yaratilishi kerak.
Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ishini tashkil qilish mas‟uliyati DEE ni o‟tkazuvchi
ekspert bo‟limi boshlig‟i va ekspert komissiyasi vakiliga yuklanadi. Ekspert komissiyasi
ishini uning vakili boshqaradi. Uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
1. DEE ni o‟tkazish rejasini va dasturini muvofiqlashtiradi.
2. Ekspertiza jarayonida qo‟shimcha ekspertlar yoki maslahatchilar jalb etish ehtiyojini
aniqlaydi.
3. Ekspert komissiyasi (guruhi) ni majlisini o‟tkazadi.
4. DEEni o‟gkazish jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni ko‟rib chiqadi.
6. Ehtiyoj tug‟ilganda ekspert bo‟limi rahbariyatiga ekspertizani o‟tkazish
muddatini,
uning yo‟nalishlarini o‟zgartirish yoki ekspertizani muldatidan oldin to‟xtatish haqida
takliflar kiritadi.
6. Ekspert komissiyasining vakili ekspert komissiyasi (guruhi) ning yakuniy xulosasini
tayyorlashda bevosita qatnashadi.
7. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ish natijalari haqida Bosh Davlat Ekspertiza
rahbariyatiga, kollegiyaga, EDD kengashiga axborot beradi.
Ekspert komissiyasi
ish boshlagunga qadar, barcha shtatsiz ekspertlar DEE ni
o‟tkazishning asosiy prinsiplari, yo‟nalishlari va DEE ni tashkil qilish bo‟yicha amaldagi
yo‟riqnoma-uslubiy hujjatlar bilan tanishgan bo‟lishlari shart.
Shuni ham ta‟kidlash kerakki, ekspertizani o‟tkazish jarayonida ekspert bo‟limi
rahbariyati quyidagilarga yo‟l qo‟ymasligi kerak:
1. Umumiy axborot vositalari tomonidan DEEni borishining bir tomonlama yoki
tendensiyali yoritilishiga.
2. Qiziquvchi tomonlar tarafidan ekspertlarni ta‟kib etishga.
3. DEE ni o‟tkazishning asosiy prinsiplarini buzishga olib keluvchi boshqa hatti-
harakatlarga yo‟l qo‟ymasligi zarur.
Ekspertlar ayrim fikr va
mulohazalarini yozma ravishda, yakuniy xulosa ekspert
komissiyasi tomonidan imzolashdan oldin yoki imzolanayotgan paytda, imzo oldiga
maxsus belgi qo‟yib, topshirilishi kerak.
Ekspert komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada
kun tartibiga kiritilgan masalalar va ular yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar
ifodalanishi kerak.
Yakuniy xulosa loyihasini muhokama qilishga ekspert komissiyasi (guruhi) dan
tashqari, buyurtmachi va loyihani ishlab chiquvchi hamda loyihani amalga joriy
yetadigan manfaatdor tashkilotlar vakillari taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: