5.2.4. Atrof-muhitni himoyalashning iqtisodiy ahamiyati:
Tabiat bilan
iqtisodiyot orasida oʹzaro bogʹliqlik kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan maʹlum.
Chunki, tabiat insonni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa zaruriy moddiy
neʹmatlar bilan taʹminlaydi. Inson tabiatdan estetik zavq oladi, unda va uning taʹsirida
sogʹligini tiklaydi. Xullas, xayot uchun barcha zaruriy moddiy neʹmatlarni bevosita va
bilvosita yoʹllar bilan oladi -baxramand boʹladi. Moddiy neʹmatlardan foydalanish
jarayonida odamlar avvaliga istaganicha va undan ortiq, miqdorda foydalangan boʹlib,
albatta isrofgarchilikka yoʹl qoʹygan. Lekin vaqt oʹtishi va ishlab chiqarish qurollarining
takomillashuvi, eng muximi odamlarning fikrlash qobiliyati, ongining oʹsishi bilan noz-
neʹmatlardan foydalanishda, extiyotkorlik belgilari ham shakllanib borgan. Bu xodisa
ularni ov ishlari baroridan kelmagan vaqtlarda yaxshi sezilib turgan boʹlishi xam
mumkin. Demak, xoʹjalik yuritishni odamlar juda qadimdan egallay boshlaganlar.
Axolining moddiy extiyoji dunyo miqyosida qaralsa cheksiz va qondirib boʹlmaydigan
darajada. Chunki, aholi soni muttasil ortib bormoqda. Lekin tabiiy resurslar
chegaralangan. Binobarin, talab, extiyoj va moddiy neʹmatlar oʹrtasida juda katta farq
mavjud. Bu bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, yaʹni
xoʹjalikni nixoyatda bilib va oqilona tashkil etilishi zarurligiga undaydi, ikkinchi to-
mondan birlamchi tabiiy resurslarning oʹrnini bosa oladigan (almashtira oladigan) sunʹiy
materiallarni izlash va amalda qoʹllash ishtiyoqi kuchayib boradi.
Bu bilan tabiiy resurslarni tejash, ikkilamchi resurslardan keng miqyosda foydalanish,
eng muhimi tabiiy resurslarning oʹrnini bosa oladigan maxsulot (material )larni ishlab
chiqarish va qoʹllash gʹoyasini xayotga tobora tezroq tadbiq qilish jadallashib boradi. Bu
muammoning qoʹyilishi va yechimi jarayonida hamda, amalda tadbiq qilinishida,
iqtisodiyotning axamiyati beqiyosdir.
Iqtisodiyot tarraqqiyoti, koʹp hollarda tabiiy resurslarga bogʹliq. Turli resurslarning
mavjudligi xalq xoʹjaligi tarmoqlarini muttasil rivojlantirib borishga imkon beradi. Bu
borada tabiiy resurslarning xam oʹz orni bor. Qishloq, xoʹjaligi, xususan sugʹorma
dexdonchilik maxsulotlari, lalmi dexdonchilik va yaylov chorvachiligi yetkazib
beradigan oziq-ovqat, texnik xomashyolar va boshqalar xalq xoʹjaligining oʹsishidagi
taʹsiri yetarli darajada yuqori. Dunyo boʹyicha yalpi ichki maxsulotning jami 32 % ini
ekologik soha resurslari yetkazib berishi xammamizga maʹlum.
Bizningcha, ekologik soxa resurslarining idtisodiyotni taraqqiy etishidagi roli
kelajakda yanada ortib borishi kutiladi. Chunki, axoli sonining ortib borishi, chorvachilik
va dex- donchilik maxsulotlarini miqdor jixatdan koʹpaytirishga taʹsir etadi (don,
chorvachilik maxsulotlarini jon boshiga meʹyoriy koʹrsatkichlarda yetkazib berilishini
taqozo etadi).
Iqtisodiyotning tabiiy xom-ashyo resurslari bilan taʹminlanganligi, koʹp vaqtlar
mobaynida tabiat qonunlari, xususan ekologik qonuniyatlar va qonunlarga bogʹlidligi tan
olinmadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va fan-texnika yutuqlarini sanoat xamda
qishloq xoʹjaligi soxalarida keng qoʹllanilishi natijasida tabiat boyliklaryning joylashuvi,
ularning potentsial imkoniyatlari, dayta tiklash qobiliyatlari, oʹz-oʹzini tozalash darajalari
yagona tabiat, shu jumladan, ekologik qonunlarga bogʹliqligi, keyinchalik mutaxassislar
tomonidan asoslana boshlandi.
Iqtisodiyotdagi “eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga erishish” tamoyiliga
asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish, pirovard nati- jada ekologik inqirozga olib
keldi. Uning
salbiy
oqibatlari
havo
va
suvning
ifloslanishi,
tuproqlarning
qashshoqlanishi xisobiga ishlab chiqarilgan maxsulotlar sifatida, daro-madlarning
pasayishida, insonlar salomatligining yomonlashuvi, mexnat unumdorligining pasayishi,
xosildorlikning kamayishi orqali jamiyatda iqtisodiy tanglikni sodir eta boshladi.
Anqulanishicha,
tuproq
unumdorligining
bir
foizga
kamayishi
natijasida
xosildorlikning oʹrnini toʹldirish uchun 10% sarf-xarajat qilish zarur ekan. Maʹlum
boʹlishicha, tabiiy oʹrmonni kesish tufayli oʹrnida vujudga kelgan ikkilamchi oʹrmonning
maxsuldorligi birlamchi oʹrmonga mos kelmaydi, mutaxassislarga bu oldin- dan
maʹlum boʹlgan. Atlantika okeanida baliqlarning xoʹjasizlarcha ovlanishi tufayli bir
necha baliq turlari yoʹq qilindi, natijada baliq ovlash rejalari bajarilmay-sifatsiz baliq
maxsulotlari bozorda sotilmay qoldi. Buning uchun baliq turlari, zotlarining
populyatsiyasini oʹrganilishi zarur boʹldi. Yevropa va Amerikadagi bir necha mamlakatlar
xamda baliqchilik bilan shugʹullanadigan kompaniyalar bunday tadqiqotlar uchun katta
mablagʹ ajratmoqdalar.
Korroziya natijasida metallarning 1/5 qismi va neft qazib olish va qayta ishlasda
foydalaniladigan jixozlarining 77% yoʹqotilishi biokorroziya bilan bogʹliq ekanligi, ular
mikroblar faoliyati bilan tushuntiriladi. Rossiyada xar yili oʹrmonlarning - 20 mln. m3
qismi zamburugʹ kasaliga duchor boʹladi va xasharotlarnyng ommaviy koʹpayishi sababli,
ular qurib qolmoqda. Bunday misollarni koʹplab keltirish mumkin. Xar yili dunyo
boʹyicha qishloq xoʹjalik ekinlarining yuqumli kasalliklarga chalinishi va zararli
xasharotlar taʹsirini kamaytirish maqsadida 2,5 trln. dollarlik mablagʹlar sarflanadi, bu
jahonning jami byudjetini 10% ini tashkil qilishini aytib oʹtishning oʹzi ekologiyaning
iqtisodiyotga
qanchalik
salbiy
taʹsir
etishini
tushunishga
imkon
beradi.
Mutaxassislarning xisob-kitoblariga koʹra, XX asrning ikkinchi yarmida insonning
xoʹjalik faoliyati taʹsirida tabiiy muxitga yetkazilgan zarar va u orqali aholi salomatligiga
yetkazilgan zarar, jahonning yillik byudjetidan ziyod boʹlgan .
Shuni aloxida taʹkidlash kerakki, yer qaridan olingan tayyor maxsulotning bir birligiga
bir necha, baʹzan 10 va undan koʹp birlikda chiqindilar vujudga keladi. Bunday
chiqindilar odatda, iqstisodiyot uchun bahoga ega emas. Chunki, ulardan xoʹjalikda
foydalanilmaydi, boz ustiga chiqindilar atrof-muhitni ifloslaydi, yaylovlar maydonini
egallab turadi, inson hayotini xavf ostida qoldiradi.
Qanchalik koʹp yalpi milliy maxsulot ishlab chiqilsa, shunchalik chiqindilarning
umumiy xajmi koʹp boʹlishi barchamizga maʹlum. Lekin, Davlat ushbu chiqindilarning
atrof- muxitni ifloslashi tufayli aholi salomatligini yomonlashuvining oldini oladi va
ularning sogʹligini tiklash maqsadida qaygʹuradi va buning uchun maʹlum mablagʹ
ajratadi. Bu sarf-xarajatlar yalpi milliy maxsulot xisobidan amalga oshiriladi. Biroq, atrof
muxit ifloslanishining qiymati xisob-kitob qilinmaydi. Yangi qurilib ishga tushirilgan
korxona uning raxbariga yiliga maʹlum daromad keltiradi, lekin korxona atrof-muxitga
turli chiqindilarni chidarib havo, suv tuproqni bulgʹaydi, qishloq xoʹjalik ekinlari xamda
yaylovlarga ziyon yetkazadi, aholi sogʹligi yomonlashadi. Korxonaning toʹlagan
arzimagan soligʹI eʹtiborga olinmasa, uning yetkazgan zarari yetarli darajada koʹp, uning
bir yillik qiymati xisoblansa yillik daromadga yetib qoladi, baʹzi xollarda undan xam
ziyod boʹlishi mumkin. Gap shundaki, korxonaning atrof- muxitga yetkazgan ziyoni
obʹektiv xisob-kitob qilinmaydi. Shuning uchun xam joylarda ekologik vaziyat
murakkablashib bormoqda.
Iqtisodiyotning ekologiyaga taʹsiri maʹlum, lekin ekologiyaning iqtisodiyotga taʹsiri
ancha murakkab kechadi. Bu koʹpincha tabiatning jamiyatga aks taʹsiri bilan tushuntirila-
di. Xududlarning tabiiy resurslari xoʹjasizlarcha foydalanganda qashshoqlashadi,
degradatsiyalashuv kuchayadi, boyliklarning miqdor oʹzgarishlari –sifat oʹzgarishlariga
olib keladi. Bu ekologik va itstisodiy oʹzgarishlar xududning iqtisodiy potentsialini
kambagʹallashtiradi, eng muximi ijtimoiy-iqtisodiy axvol ogʹirlashadi, resurslar maxsul-
dorligining keskin pasayib ketishi sugʹorma dexqonchilik va yaylov chorvachiligining
izdan chiqishiga sabab boʹladi, sanoat korxonalarining sifatli xomashyolar bilan
taʹminlanishi buziladi.
Qoraqalpogʹiston Respublikasida Orol dengizi satxining 1961 yildan boshlab tushib
borishi, Amudaryo xavzasida suv tanqisligining jiddiylashuvi va sifatining
yomonlashuvi, delta toʹqayzorlarini suv bilan muntazam taʹminlashning izdan chiqishi,
tuproqda koʹplab tuzlar toʹplanishi va boshqa nomaqul hodisalar ushbu hududda
antropogen choʹllashishining rivojlanishiga sabab boʹlmoqda. Choʹllashish odatda choʹl
sharoitida biologik maxruldorlikning keskin kamayib ketishi bilan bogʹliq.
Xaqiqatdan xam xududda, yaylov, sugʹorma yerlar, suv xavzalarining meʹyordagi
biologik maxsuldorligi 60-yillardan boshlab keskin tanazzulga uchramoqda. Bu oʹz
navbatida iqtisodiy samaradorlikning eng quyi koʹrsatkichlargacha tushib ketishiga olib
kelmoqda. Boz ustiga Orol dengizining qurigan qismidan shamol taʹsirida tuz
kukunlarining betoʹxtov yogʹilib turishi (xar gektar maydonga 100-1000 kg), Amudaryo
suvi orqali tuzlarning dalalarga yotqizilishi (xar gektar maydonga 9-24 t gacha), suv
tanqisligi, aholining ichimlik suvi bilan taʹminlash darajasining kamligi, turli
kasalliklarning keng tarqalganligi va boshqalar tabiatning jamiyatdan “oʹch”
olayotganini bildiradi. Chunki, Orol dengizi va Orol boʹyida ming yillar davomida
barqaror boʹlgan ekologik muvozanat buzilgan. Buning oqibatida endilikda tabiat
maromi ishdan chiqqanligi tufayli uning resurslari xam degradatsiyaga berildi, avvalgi
qulay ekologik vaziyat, xozirda jiddiy va tang ahvoldagi hududlar (Moʹynoq tumani) da
falokatli vaziyatlar bilan almashdi. Bu noxush tabiiy-antropogen xodisa hudud iqtisodiy
potentsialini xam kambagʹallashtirdi, xar yilgi iqtisodiy zarar xajmi bir necha yuz
million soʹmni tashkil qilmoqda. Buni ekologik xolatning yoki tabiatning jamiyatdan
olayotgan “Oʹchi”-deb xisoblash lozim.
Bu xududiy noxush xodisani toʹxtatish va avvalgi boy ekologik resurslarni qayta
tiklash xamda qulay xayotiy vaziyatni bunyod etish ancha murakkab masala. Bu
borada amaliy ishlar boshlangan, lekin ularning miqyosi va koʹlami talabga toʹla javob
bermaydi. Chunki, muammo keng qamrovli, majmuali, yirik xududni qamrab olgan.
Bu esa shunga yarasha tizimli taxlil yondashuvidan foydalanishni taqazo etadi. Bir
necha maxsus bosqichlar davomida koʹp yillarga (2030 yil) muljallangan chet-el
sarmoyasi asosida majmuali aniq tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Birinchidan, eng ustuvor vazifa, oʹlkada suv muammosi ijobiy xal qilinmogʹi zarur,
suv bilan taʹminlashning kafolatlanishi yangi ekologik muvozanatning tiklanishiga
imkon beradi.
Ikkinchidan, eng ustuvor vazifa, sugʹoriladigan mintaqada meliorativ tadbirlar
negizida tuproqlarning suv-tuz muvozanatida barqaror ravishda manfiy koʹrsatkichga
erishilsa, iqtisodiy samaradorlik xam koʹtarilish yoʹnalishiga ega boʹladi. Chunki, ekinlar
xosildorligi orta boradi, yerdan foydalanish koeffitsenti optimal koʹrsatkichga yetadi,
almashlab ekish chizmalarini toʹla tadbiq etish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi.
Binobarin, iqtisodiy potentsial koʹlami ancha ortadi, xoʹjaliklarning rentabelligi sezila
boshlaydi.
Uchinchidan, eng ustuvor vazifa, oʹlkaning iqlimi oʹzgarayotgani va suv tan-qisligini
xisobga olgan xalda qishloq xoʹjalik ekinlarining shu xududga mos keladigan turlarini
joylashtirish chizmasi, chorvachilik xamda baliqchilikni tubdan rivojlantirish yoʹllarini
asoslash eng dolzarb masala xisoblanadi. Bu borada boshqa ishlar qatori chuqur iqtisodiy
taxlil va xisob-kitob ishlari bajarilishi maqsadga muvofiq.
Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa chidarish mumkinki:
Ekologiya bilan iqtisodiyot oʹrtasida juda xam yaqinlik mavjud boʹlib, ular bir–
birlarini tadozo etadilar;
Ekologiya xoʹjalikni yuritish uchun resurslar va qulay tabiiy sharoitlarni taʹminlab
beradi;
Iqtisodiyot oʹz navbatida mavjud boyliklar va sharoitlarni eʹtiborga olgan xolla
iqtisodiyotni rivojlantirish yoʹllarini ilmiy asoslangan xolda taraqqiy etishini taʹminlashi
zarur.
Bu oʹzaro taʹsirlar doirasida iqtisodiyotga koʹp narsa bogʹliq, yaʹni:
-Eng muximi tabiatdan resurslarni meʹyorga va extiyojga qarab xalq xoʹjaligi
muomalasiga kiritish;
-Isrofgarchiliklarga chek qoʹyish;
- Atrof -muxitni chidindilar bilan bulgʹamaslik;
- Resurslardan foydalanganlik uchun xaq toʹlash tartibini joriy etish va unga amal
qilishni taʹminlas maqsadga muvofiddir.
Resurslardan qanchalik odilona foydalanilsa, atrof-muxitning shunchalik toza va
ozoda boʹlishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan idtisodiyot va aholi salomatligi katta
foyda koʹradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |