5-Маъруза. Zamonaviy avtotransport korxonalari texnik xizmatining
tarkiblari, vazifalari va xodimlari.
O’quv rejasi:
5.1. Zamonaviy avtotransort korxonalari uyushmalari, xissadorlik
jamiyatlari resurslari va xodimlari.
5.2. Texnik xizmat xodimlari tarkibini umumiy tasnifi, qo’nimligi
5.3. Mutaxassislarga bo’lgan asosiy talablar va ular bilan korxonalarni
ta’minlanganligi.
5.1. Zamonaviy avtotransort korxonalari uyushmalari, xissadorlik
jamiyatlari resurslari va xodimlari.
O’zbekiston Respublikasida texnik bozor iqtisodiyotiga o’tish, yangi
qonunlarni hayotga tatbiq etilishi, material-texnika ta`minotini boshqaruvni
nomarkazlashuvi, mulkka egalikni har xil shakllarini qo’llash avtotransport
korxonalari oldida murakkab vazifalarni qo’yadi. Bu vazifalar quyidagilardan
tashkil topgan:
-xodimlarni mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, korxonalarni va
soxani ijtimoiy rivojlantirish yo’nalishlarini amalga oshirish uchun sharoitlar
yaratish;
-korxonalarni ekologik, resurslarni tejash, intensiv rivojlanishi texnik
sieosatini amalga
oshirish, bashorat etish va ishlab chiqish;
-ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini asosiy yo’nalishlarini
aniqlash va qo’llash;
- ilmiy, loyixa texnologik, me`yoriy xizmatlar ko’rsatish.
-o’quv yurtlari bilan birgalikda maqsadli kadrlar tayyorlashda va ularni
malakasini oshirishda qatnashish.
Avtomobil transporti muxandis-texnika xizmatini baza va resurslari -
quyidagicha tarkiblar majmuasidan iboratdir:
1. Ishlab chiqarish texnika bazasi.
2. MTX mehnat maxsuli bo’lgan ma`lum texnik ekspluatatsion xossalarga
ega bo’lgan harakat vositalari.
3. Material-texnika resurslari (extiyot qismlar, shinalar moylar, materallar va
x.o.)
4. Ishlab chiqarish texnika bazasini rivojlanishi yangi avtomobillar
texnologik jixozlar sotib olish uchun bo’lgan moliyaviy resurslar.
5. Ilmiy muxandis-texnik xodimlar, ta`mirlash va yordamchi ishchilar.
6. Avtomobillarga TXK va ta`mirlashni tezkor
boshqarish uchun MTXni
axborot bilan ta`minlash.
Avtotransport tashkilotlarini boshqarishni zamonaviy tarkiblari bu masallalarni
samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari mavjud:
•
Vazirliklar;
•
Davlat qo’mitalari;
•
Kontsernlar;
•
Korporatsiyalar;
•
Kontsortsiumlar;
•
Assotsiatsiyalar;
•
Kompaniyalar;
•
Korxonalar;
•
Firma va boshqalar.
Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli o’laroq, boshqaruv
tizimida shunchaki ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning
ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Boshqarishning tarmoq organlari odatda umumdavlat va mahalliy organlardan o’z
faoliyatining hajmi (miqiyosi) bilan farq qiladi. Bu xol ularning xuquqiy
nizomlarida aks etgan bo’ladi.
Vazirlik
bu o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy
bo’g’inidir. Vazirlik:
-Tarmoqning axvoli, uni yanada rivojlantirish;
-Fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning
texnologik darajasi;
-Ishlab chiqarilayotgan maxsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi;
-Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo
’
lgan ichki va tashqi talabni
qondirish uchun ma`suldir.
Davlat qo’mitalari -
bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish,
nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo’li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanish
faoliyatiga rahbarlik qilishga mo’ljallangan markaziy tarmoq bohshqaruv
organlaridir.
Kontsern-
bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o’zgarishi, xilma xilligining
ko’payishi)
asosida tarkib topadigan yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir. Uning
tarkibiga turli tarmoqLar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli
korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Uyushma -
bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko’ngilli jamoat birlashmasidir.
Assotsiatsiya
bu korxonalarning paychilik asosida ko’ngilli birlashmasidir. U bir
yoki bir necha ishlab chiqarish - xo’jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish
maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil
topadi. Assotsiatsiya tarkibiga, odatda muayyan xududda joylashgan va turdosh
kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Korporatsiya -
bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlari
birlashmasidir.
Kontsortsium -
bu aniq vazifalar: yirik
maqsadli dastur va loyihalar, shu
jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni muxofaza qili shva boshqa dasturlarni
amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir.
Xolding kompaniyasi -
bu eng avvalo moliyaviy jamg’arma bo’lib, korxonalarni
emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi
aktsionerlar jamiyatlari «aktsiyalarning nazorat paketi» koipaniyaning ixtiyorida
bo’ladi.
Milliy kompamya -
bu noishlab
chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport,
aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki
aktsionerlik asosida tashkil etilgan ko’ngilli birlashmadir.
Korxona -
bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib
hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs xuquqlariga
ega bo’lgan xo’jalik sub’ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik xisobidagi
mulkdan foydalanish asosida maxsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi,
ishlar
bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi.
Firma -
bu korxonadan farqli o’laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalarida turli - tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
Avtotransport korxonalarida xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil eish harakatdagi
avtomobilni yo’ldagi ishi va ularga texnik xizmat ko’rsatish hamda ularni
ta`mirlashdan tashkil topadi. Xizmat ko’rsatish jarayoni turli xil operatsiyalarning
bajarilishi: ya`ni harakatni tashkil etish, texnik jihatdan benuqson harakatdagi
vosita bilan ta’minlash va uni kerakli mablag’ bilan muntazam ta`minlash, hisobga
olish, hisoblash, mijozlar bilan moliyaviy bog’liqlikni o’rnatish
kabilar bilan
bog’liq bo’lgan operatsiyalarning bajarilishidan tashkil tapadi.
"DAEWOO" korparatsiyasi avtoservis korxonalarini tashkil etish v
Do'stlaringiz bilan baham: