2. korxona iqtisodiyotining predmeti.
Korxonada ishlayotgan hodimlar ruxiyatining predmeti deyilganda, avvalo,
ruxiy xayotning muayyan dalillari nazarda tutiladi, ruxiy xayotga doir har bir dalil
esa ham miqdor ham sifat jihatdan tavsifli xususiyatlarga ega. Insonning idrok
qilishi, xotira, tafakkur, iroda,
xissiyoti ichki dunyosini, uning ruxiy xayotini
tashkil etsa, insonning tevarak atrofdagi narsalar o’zgarib tursa ham idrok qilingan
predmetning inson ongidagi obrazi nisbatan o’zgarmay qolaveradi. Shuning uchun
ham ruxiy dalillar bilan birgalikda ruxiy qonunlar psixologiyada o’rganiladigan
predmet bo’lib yuzaga chiqqan.
Avtotransport va TXK korxonalari iqtisodiyotining predmetiga kelganda
shuni aniq ajrata bilish lozimki, har qanday korxona – bu umumiy maqsad yo’lida
ongli birlashgan insonlar faoliyat ko’rsatadigan guruh. Korxona maqsadiga erishsa,
demak korxona hodimlari yutuqqa erishgan hisoblanadi. Korxona maqsadini ishlab
chiqarish munosabati orqali amalga oshiradi.
Avtotransport va TXK korxonalari ham fuqarolarning, ham davlatning
mulkiga asoslangan. Qo’shma korxona uning huquqiy shaxs huquqidan va Mehnat
resurslaridan foydalanadigan mutaxasislarning mol-mulkini birlashtirish asosida
barpo etiladi. Bajariladigan maqsadlarga ko’ra
avtotransport korxonasi
avtomobilga xizmat ko’rsatuvchi va avtomobilni ta’mirlovchi korxonalar turiga
bo’linadi:
1. Bajaradigan ish turiga qarab – yuk, yo’lovchi tashiydigan, aralash, maxsus,
Shahardagi, Shahardan tashqaridagi, Shahar atrofi, mahalliy, Shaharlararo,
xalqaro avtomobil transporti korxonasi.
2. Tavsiya maqsadi va ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatiga qarab – umumiy
foydalanish ATK va idoralar, vazirliklar, dehqonchilik sanoati birlashmasining
korxonasi.
Avtomobillashtirish jarayoni avtomobillar saroyining ko’payishi
bilangina
chegaralanmay, balki ko’chalarning avtomobillarni o’tkaza olishi qobiliyatini
oshirish zarurligini, yo’l qurilishi va ularning qulayligi, to’xtab turish va saqlash
joylarini tashkil etish, avtomobil extiyot qisimlar sotish bo’yicha savdo
korxonalari, harakat xavsizligi va atrof muhitni muxofaza qilishni ta’minlash, aholi
avtomobillariga TXK korxonalari, omborxonalar, avtomobillarga yonilgi quyish
shaxobchalari va boshqa korxonalarni qurish kabilarni qamrab oladi.
Barcha korxonalarning faoliyati maxsulot pul muomilasi asosida ko’rilib
xizmat ko’rsatish jarayonida va transport maxsulotini
harid etishda vositalarning
muntazam aylanish qonuniyatiga asoslangan. Lekin har bir turdagi avtomobil
transport korxonasi har xil moliyaviy tarkibda bo’lishi mumkin.
Masalan: yuk tashiydigan ATK uchun yuk tashish ishidan, transport-
ekspeditsiya jarayonlaridan, yuklash – tushirish va boshqa ish bajarishda davomat
olinsa, yengil avtomobil- taksi korxonasining daromadi to’lovli masofaning
miqdori, yo’lovchining avtomobilga o’tirish soni, o’rtacha avtomobil-taksini mijoz
ixtiyorida turishidan iborat. Korxonalarda ishlab chiqarish
faoliyatini tashkil etish
ob`ektning ishlab chiqarish va boshqarish tarkibini tanlash va shakillantirishda,
tizimning tarkibiy unsurlari orasidagi nisbat va ularning o’zaro tavsifini aniqlashda,
korxonaning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonlarini optimallashga
hamda zamonaviy texnologik jarayonlar yaratishda o’z ifodasini topadi.
Xulosa qilib aytganda, korxonadagi aqliy va jismoniy kuchlardan,
korxonaning asosiy mablag’laridan oqilona foydalanishga qarab korxonaning
iqtisodiy faoliyati baholanadi. Iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatlarining darajasi
foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari bilan baholanadi. Bu ko’rsatkichlar esa
asosiy predmet
hisoblanadi, ularning korxona faoliyatida joriy etishda ilmiy
fikrlash maxsuli bilan jamoa a’zolarining xayotiy muammolaridagi
tushunchalaridan farq qila bilish lozim.
Masalan: Bozor deganda, ko’pchilik yig’ilib savdo qilinadigan joy
tushuniladi. Ilmiy fikrlash maxsuli sifatida qaralsa bozor-bu pul yordamida
ayirboshlash, ya`ni odamlar o’rtasida oldi-sotdi munosabatlarini anglatadi, bu ham
ko’p o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: