Antiteza
(tazod)
grekcha so`z bo`lib, qarama-qarShi qo`yiSh ma‘nosini bildiradi. Antiteza
ifodalikni kuchaytiriSh uchun qarama-qarShi tushunchalarni, fikr, obraz, narsalarni,
Shahslarning harakterlarini qiyoslaSh Yoki bir hil narsa-hodisalarning daraja jihatidan qarama-
qarShi holatini tasvirlaSh uchun foydalaniladi. Ikki qarama-qarShi holatni qo`yilgan belgi Yoki
xususiyat esa biri ikkinchisini inkor etadi. Masalan,
Sen kech turding, lanjsan, senga
Olam zimiston,
Men tong bilan turdim, menga
Borliq nurafShon (E. Vohidov)
Anafora-
Yuqoridaga ko`tariliSh degan ma‘noni beradi. Bunda har bir misra, abzast va gap
boshida bir hil takrorlanuvchi konstrukstiyalar bo`ladi. Masalan,
Birga tug’ilmoq bor, birga
turmoq yo`q.
Epifora-
lotincha so`z bilib, epi-keyin, foros-ma‘no degani. So`zlar ohirida unli Yoki
undoSh tovushlarning takrorlaniShiga epifora Yoki tovushning tugallaniShi (ohiri) deyiladi.
Bunda bor:
harorat, muhabbat, Shafqat va mehnat nonini ko`ramiz baham (G’. G’ulom)
Sintaktik parallelizm.
Bunda strukturasi bir hil bo`lgan ikki Yoki undan ortiq gaplar
ketma-ket keladi. Bu gaplarda so`zlarning Shakllari bir hil bo`lib, simmetriya vujudga keltiriladi
va ifodalilik kuchayadi. Masalan,
Bukun o`zgachadir jumlai olam,
Bukun o`zgachadir borliqda handa
Bukun ko`zlarimga go`yo quyoSh ham
SHafaq gulhaniga tarang chirmanda (E. Vohidov)
Sarkazm.
Grekcha so`z bo`lib, achchiq zaharhanda, istehzoli ta‘na, piching demakdir.
Sarkazm so`zlovchining murojaat qilinayotgan kishiga nisbatan ustunlik hissiyotiga asoslanadi.
Ey, pastlik libosin kiygan odamzod
Qo`rqamanki, noming bo`lajak olchoq,
Kichiklar birla sen bo`lma afsunkor,
Kim ulug’lik noming so`najak mutloq.
Takror-
so`zlovchi o`zi his qilayotgan tuyg‘ularga so`zlarni mos emasligini anglaydi va
tuyg‘ularni aniq ifodalaSh uchun so`zlarni takror iShlatiladi. Masalan,
So`nggi so`z, so`nggi so`z, so`nggi bir nafas
Insonga umrdek qimmatli lahza.
(J. Jumaniyozov)
Gradastiya.
Lotin tilidan olingan bo`lib, zinapoya (ifodalilikni o`sib boriShi Yoki tuShib
ketiShi) ma‘nosini bildiradi.
Gradastiya narsa, belgi, xususiyat Yoki harakatni biridan ikkinchisi kuchliroq Yoki
kuchsizroq ma‘no ottenkali sinonimiya Yoki bir hildagi so`zlar vositasida kuchaytirib boriSh
orqali tasvirlaShdir.
Agar ifodalilik asta-sekin kuchayib borsa, bu hodisa klimans, pasayib borsa antiklimans
deyiladi.
Kirdim dedi: - YAna bir farmon,
Bajarilsin tezda begumon:
MaShrab ahta qilib taShlasin!
Erkak ko`zi doim yoShlansin!
Ikki norg’ul bosdi MaShrabni,
Bir kasofat bilmay adabni –
Muhr bosdi o`tda qizitib,
Bandi gardon tomirin sitib,
SHavqat joyin ayladi mahkum,
Zo`r qabohat yuz berdi Shu zum. (To`lan Nizom)
212
Do'stlaringiz bilan baham: |