51
qilmaydi. A.Smit qayd qilganidek, “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p
foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra,
umumiy manfa-atlarga
xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga
qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda
tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ,
uning maqsadiga kirmaydigan natijaga
ko‘rinmas qo‘l
(invisible hand) tomonidan
yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi
bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam
beradi”
46
.
Bu holatni
misollar bilan izohlash uchun, yosh yigit 1965 yilda xorijga
sayohatga ketayotib tushib qolgan vaziyatidagi masalalarni hozirgi kunda
zamonaviy yosh yigit qanday hal qilish kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n
yilliklar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida gapirmaydigan joyda
pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risida doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri kelgan.
Bu holatda uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bankdan mahalliy
bankka telegraf orqali pul jo‘nat-masini tashkillashtirishga urinishiga to‘g‘ri
kelgan. Bu jarayon qanchalik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini
tushuntirishning zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya
47
larini
ochish
to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy sayohatchilar uchun mumkin
bo‘lgan.
Bizning davrda amalda xorijda xoxlagan xaridni kredit kartochkasi
yordamida to‘lash mumkin.
VISA, MasterCard
i
American Express
kabi
bunday
kartochkalar yer sharining deyarli istalgan nuqtasida qabul qilinadi. Masalan,
mehmonxona nomeriga haq to‘lash uchun Siz shunchaki o‘z kartoch-kangizni
xizmatchiga berasiz va u telefon liniyasiga ulangan maxsus appa-ratga uni qo‘yadi.
Sanoqli soniyalarda Sizning qarzni to‘lay olish qobili-yatingiz (ya’ni, Sizga ushbu
kartochkani bergan bank to‘lovni kafolatlashi holati) tekshiriladi. Shundan so‘ng
Sizga kvitansiyaga imzo qo‘yish va yana sayohatni davom ettirish qoladi, xolos.
Bundan tashqari, bu tizimda pulni yo‘qotish yoki uni o‘g‘irlatish to‘g‘risida
xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Agar Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan
bo‘lsangiz, yo‘qolgan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan yaqinda joylashgan
istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor qiladi (undan boshqa odam foydalana
olmasligi uchun) va yangisini beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto kredit
olishingiz ham mumkin.
Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy qilinishi tufayli ancha
qulay va arzon bo‘lib qolganligiga hech kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish va
tarqatish millionlab odamlarga foyda keltirdi va moliyani «demokratlashtirish»ga
imkon tug‘dirdi. Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyida Sizlarga kredit kartochkalari
misolida moliyaviy innovatsiya-larning rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi asosiy
omillarni ko‘rib chiqishni taklif etamiz.
46
Adam Smith, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago Press, 1977), - B. 408.
47
«Liniya» lotincha «linea» - kanop ipi; shoqul; yo‘l, chiziq. Biror narsani muayyan masofa (joy)ga uzatishga
mo‘ljallangan qurilma (moslama)lar sistemasi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.499.
52
Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnologiya
48
eng muhim omil
hisoblanadi. Kredit kartochkalarning qo‘llanilishi faqatgina tele-fon va kompyuter
tarmoqlari, shuningdek, boshqa o‘ta murakkab
telekom-munikatsiya tizimlari,
axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot yaratilishi natijasida amalga oshdi.
Biroq, kredit kartochkalari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga
aylanishi uchun, foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlarning doimiy qidiruvida
bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan
texnologiyadan foyda-lanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z
navbatida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi
va boshqa firmalarga ushbu
kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini taqozo etar edi.
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan sohalarda) biror-bir
potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan
firma bundan katta foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit
kartochkalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayohatlarga kredit
kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birinchi kompaniya Ikkinchi jahon urushi
tugashidan so‘ng
darhol asos solingan
Do'stlaringiz bilan baham: