3
MA`RUZA MASHG`ULOTI UCHUN MATERIALLAR
1-MODUL. ZAMONAVIY MOLIYANING FUNDA MENTAL (TUB)
ASOSLARI
Tayanch so’z va iboralar:
zamonaviy moliya (modern finance), moliyaviy tizim
(financial system), aktivlar (assets), investitsiyalar uchun aktivlar tanlash,
(assetsallocation), majburiyatlar (liability), mulkning sof qiymati, yoki
kompaniyaning o’z kapitali (networth), yakka egalik qilish (sole proprietorship),
shirkat (partnership),korporatsiya (corporation)
1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi
Reja:
1.
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
2.
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski,
hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda
qadriga yetilmayotgan
vaqt
va
noaniqlik sharoitida
defitsit pul mablag‘larining
taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida”
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz.
Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas.
Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab
beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-
qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va
noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga
olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar
qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor
berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi
holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi
qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada
“barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib
qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i
kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga
urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?”
degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga
tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya
“sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
4
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy
moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan
holda
pul
mablag‘laridan
foydalanishni
optimal-lashtirish
(oqilonalashtirish);
aktivlar qiymatini baholash;
portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning
mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element
(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan
iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok
etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish
hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning
aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:
1. “Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat?
2. Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak?
.3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs”
(kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday
turli ko‘rinishlari mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. “Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi;
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir
(tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli
xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy
jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni
shunday nomlash mumkin.
Shaxslarning ma’lum
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy
moliya deyiladi.
Demak, “Zamonaviy moliya”
(...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni
qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi
bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida
tarqatilgan (bir-biridan farq-lanadi, ajratilgan); b) odatda, ularning bo‘lajak
miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila
olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha
xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa
ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur
asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan
noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha)
5
aniq hisobga olish kerak.
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki
ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq
etadi). M
oliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan
bozorlar va boshqa institutlar majmuiga
Do'stlaringiz bilan baham: |