Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi


-javdal 2016 -2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana23.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#695587
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi (1)

4-javdal
2016 -2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal 
ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi xarajatlar tarkibi
17
 
 
№ 
Xarajat turlari 
2016-yil 
mln.so‘m 
2017-yil 
mln.so‘m 
2018-yil 
mln.so‘m 
1. 
Jami xarajatlar 
1423264,1 
1772746,8 
2961026,9 
2. 
Qurish, rekonstruksiya 
qilish, ta’mirlash va 
jihozlash (qayta 
jihozlash) 
1268264,1 
1606001,3 
2911026,9 
3. 
Boshqa xarajatlar 
144289,3 
156050,6 
38332,0 
4. 
Yil oxiriga qoldiq 
10710,7 
10694,9 
11668,0 
4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2016-yil jamg‘arma jami 
1423264,1 mln.so‘m xarajat qilgan bo‘lib, 1268264,1 mln.so‘mi qurish, 
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) xarajatlari uchun
boshqa xarajatlarga 144289,3 mln.so‘m sarflangan. Natijada 2016-yil oxiri uchun 
qoldiq 10710,7 mln.so‘mni tashkil etgan. 2017-yilda jamg‘armaning jami xarajati 
1772746,8 mln.so‘mni tashkil etgan. Shundan 1606001,3 mln.so‘mi qurish, 
17
Jadval O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarini 
rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi materiallari asosida
muallif tomonidan tuzilgan.www.mf.uz


39 
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) xarajatlari uchun, 
boshqa xarajatlar uchun 156050,6 mln.so‘mi to‘g‘ri keladi. 2018-yil 
ma’lumotlaruga qaraydigan bo‘lsak, jami xarajatlar 2961026,9 mln.so‘m, qurish, 
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) xarajatlari 
2911026,9 mln.so‘m, boshqa xarajatlar esa 38332,0 mln.so‘mga yetgan, yil 
oxiridagi qoldiq mos ravishda 11668.0 mln.so‘m bo‘ldi. 
Mahalliy byudjet xarajatlarini guruhlanishida mamlakatimizda qabul 
qilingan, “O‘zbеkiston Rеspublikasining byudjеt tizimi to‘g‘risida” gi qonuning 
23-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi byudjеti, Toshkеnt Shahar 
byudjеti, viloyatlar va uning tarkibidagi tumanlar va Shaharlar byudjеti 
quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlarni amalga oshirishlari mumkin: 
-fan, ta`lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport 
(Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi byudjеti, viloyatlar va Toshkеnt shahar 
byudjеtlaridan moliyalashtiriladigan byudjеt tashkilotlari bo‘yicha);
-ijtimoiy ta`minot;
-aholini ijtimoiy himoya qilish;
-Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta`minlash;
-iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi, viloyatlar va 
Toshkеnt shahar byudjеt tashkilotlarini saqlash;
-qonun xujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning 
maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
-qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 
Shuningdek, umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik 
qo‘llanmalarni moliyaviy mablag‘larni birlashtirish yo‘li bilan byudjet va 
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan chop etish, yetkazib berish va sotishning 
barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash, shuningdek, ulardan 
maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda nazorat qilish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya 


40 
vazirligi huzurida Respublika maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-363-son Qarori e’lon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika 
"Mahalla" hayriya jamg‘armasi, umumta’lim maktablarining pedagoglar 
jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari qo‘mitalarining takliflari asosida 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari 
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi ham tashkil etilgandir. 
Bunga sabab, keyingi yillarda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni boqichma-
bosqich amalga oshirish doirasida yangi va zamonaviy, barcha talablarga javob 
beradigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda san’at va musiqa maktablari 
qurilib, foydalanishga topshirildi, mavjudlari ta’mirlanib, moddiy-texnikaviy 
ta’minoti yaxshilandi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish