Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi


-rasm. Talim xarajatlarining davlat byudjeti xarajatlaridagi salmog‘i



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana23.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#695587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi (1)

3-rasm. Talim xarajatlarining davlat byudjeti xarajatlaridagi salmog‘i
12
 
3-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, davlat byudjeti
 
xarajatlari tarkibida 2013-
yilda ta’lim xarajatlari 23,6 foizni, 2014- yilda 23,8 foizni, 2015-yilda 23,4 foizni, 
2016-yilda 23,2 foizni, 2017 yilda 31,4 foizni tashkil qilgan. Tahlil jarayonida shu 
ko‘rinadiki, davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ta’limga qilanadigan xarajatlarning 
salmog‘i yildan yilga ortib bormoqda. 
Mamlakat uchun davlatdagi ta’lim tizimining qay holatda ekanligi va qanday 
kadrlar kelajakda tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ta’lim 
muassasalariga e’tibor o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. 
12
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 
www.mf.uz


33 
4-rasm. Talim xarajatlarining ijtimoiy-madaniy soha xarajatlaridagi 
salmog‘i
13
 
4-rasmdan ko‘rinadiki, ijtimoiy-madaniy soha xarajatlari tarkibida 2013-yilda 
ta’lim xarajatlari 40,3 foizni, 2014-yilda 40,6 foizni, 2015-yilda 39,9 foizni, 2016-
yilda 39,4 foizni, 2017-yilda 55,7 foizni tashkil qilmoqda. Tahlil jarayonida shuni 
ko‘rsatadiki, ijtimoiy-madaniy soha xarajatlari tarkibida ta’limga qilanadigan 
xarajatlarning salmog‘i yildan yilga ortib bormoqda. 

Tа’lim muаssаsаlаri еng kеng tаrqаlgаn dаvlat muassasalari hisoblanadi. 


Ularni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, 
kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag‘lari hisobidan amalga 
oshirilib 
kelingan. 
Tа’lim 
tizimining 
joriy 
va 
kаpitаl 
xаrаjаtlаrini 
moliyаlashtirishdа dаvlat byudjetining ahamiyati hali ham yuqori. Davlat 
byudjetining ijtimoiy-madаniy sohаlarni sаqlash xаrajatlari tarkibida asosiy o‘rinni 
xalq ta’limi xarajatlаri egallaydi. Tа’lim muаssаsаlаri - mumta’lim maktablаrini 
13
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 
www.mf.uz


34 
jihozlash (to‘liq jihozlash), rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash, zarur 
hollarda o‘quv korpuslаrini o‘quv ustaxonalаri va lаbaratoriyalаri bilan 
kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Byudjetdan tashqari Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, 
mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011-yil 21-noyabrdagi “Ta‘lim muassasalarini rekonstruktsiya 
qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasini ta‘lim va tibbiyot 
muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash 
jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-1645-sonli qarori bilan 
tashkil etildi. 
Ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasidan samarali 
foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularni tizimli asosda eng 
zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va asbob-
anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek ilg‘or ta’lim texnologiyalari va 
axborot-kommunikasiya tizimlarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini 
rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan 
tashqari jamg‘arma tashkil etilgan. 
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining 
yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan 
belgilanadi. Shu bois, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha 
Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini 
oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq 
fanlarni chuqurlashtirib o`qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali 
kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo`lib, pirovardida 
bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko`zda tutildi.
Yuqoridagilardan ham shu ko‘rinadiki, dаvlаtimizning ta’lim tizimigа аjrаtadigan 
mаblag‘lari mаmlakat yаlpi ichki mahsuloti hаjmiga nisbatan hisoblaganda boshqa 
mamlakatlarga qaraganda birmuncha yuqori. 


35 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish