16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
236
obodonchilik va farovonlik xudosi Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida namoyon
bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – baxt,
tole va davlat
ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga soya
solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi
axloqiylik bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar
zaminida Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi.
Qadimgi Yunoniston
mutafakkirlari Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni
ishlab chiqdilar. Qadimgi yunon faylasufi Pifagor (e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari
o‘zlarining raqamlar haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq etdilar. Ularning nafosat
asoslari, ya’ni “xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy hamohanglik ekanligi
haqidagi qarash va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan,
nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb
ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.
Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi,
mosligi
(simmetriya)da deb biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid
qilishdir, deb hisoblaydi, u.
Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki
kechinmalariga ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir.
Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat manbaini “g‘oyalar”
tashkil etadi, uning yoritib
turuvchilik kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat
aql-idrok bilan anglash mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning
o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning
odamlarga nisbatan
ta’sir kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi
kelajakda orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa san’at turlarini tilga
olmaydi.
Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi.
U san’atni voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan
ta’sir kuchiga alohida e’tibor beradi. San’atning axloqiy qudratini, olijanob
fazilatlar yaratish
kuchini ulug‘laydi. Arastu inson ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish
(“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek, Arastu voqelik va san’at, inson va san’at,
inson va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan.
Estetik qarashlar Qadimgi Rimda ham shakllanib rivojlangan. Tit Lukretsiy Kar (e.a. 99-
55) “Narsalar tabiati haqida” asarida san’at “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini
ta’kidlab, uning ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik
g‘oyalari,
qarashlari, ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin
vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablarga zamin vazifasini bajardi.
O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya
masalalarida turli xil qarashlar, muammolar yuzaga keldi. Bu davr estetikasida uchta hududni