138
• tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiya-
larining rasman muvofiqlashgan taqsimlanishini belgilanganligi;
• bo‘linma zimmasiga biriktirilgan asosiy boshqaruv
vazifalar; funksiya va vazifalar bajarilishi talablari; mehnatni
tashkillashtirish, uning davomiyligi va kalendar muddatning aniq
belgilaganligi;
• har bir boshqaruv vazifasi kompleksi bo‘yicha tuzilmaviy
bo‘linmalar o‘rtasida funksional o‘zaro aloqaning o‘rnatilganligi;
• bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning
miqdoriy
ko‘rsatkichlarini
kiritish
evaziga
boshqaruv
funksiyalarining o‘z vaqtidaligi va ishonchliligini oshirganligi;
• qarorlar qabul qilish va korxona
hisobidan ajratilgan
resurslardan samarali foydalanish talablari va Shu borada
bo‘linmaning huquqlari belgilanganligi;
• boshqaruv funksiyalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish
maqsadida bo‘linma xodimlarining jamoaviy va individual
javobgarligi belgilanganligi;
• ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijalariga
ko‘ra xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni amalga
oshirish talablarining belgilanganligi.
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom besh bo‘limdan
iborat bo‘lishi kerak: umumiy bo‘lim, funksiyalar va vazifalar,
huquqlar, javobgarlik, rag‘batlantirish.
Funksiyalarga bo‘linma tuzilmasiga biriktirilgan vazifalar
majmui kiradi (funksiyalar ro‘yxati, o‘zaro aloqa,
ularni davriy
bajarish funksiyalari).
Huquqlarga tuzilmaviy bo‘linmalarga biriktirilgan bosh-
qaruv funksiyalarini bajarish (masalan, vazifalarni bajarish uchun
tuzilmaviy bo‘linmalardan kerakli axborot taqdim etishni talab
etish; kutubxona, laboratoriyalar xizmatlaridan foydalanish;
bo‘ysunuvchi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini ishlab
chiqish va sh.k.) uchun turli resurslar (mehnat, axborot, texnik,
material, moliya, energetik)dan foydalanish imkoniyatini taqdim
etish kiradi.
Javobgarlikka korxonaning mulkchilik
shakli va turidan
qat’iy nazar, tuzilmaviy bo‘linmaning barcha xodimlari iqtisodiy
139
rivojlanishning yillik (chorak, oylik, haftalik, kunlik) rejasida
shakllantirilgan, korxonaning o‘z maqsad va vazifalarining
bajarilishi uchun differensial javobgarlik (individual yoki
jamoaviy)ka ega bo‘lganligini belgilaydi.
Korxona rahbari va xodimlar quyidagi huquqbuzarliklar
yuzasidan javobgarlikka tortilishi mumkin:
• boshqa tuzilmaviy bo‘linmalar va yuqori turuvchi
tashkilotlarga hal etilayotgan vazifalar bo‘yicha
asosiy axborotni
o‘z vaqtida va sifatli yetkazmasligi uchun;
• boshqaruvning barcha funksiyalari bo‘yicha reja va
hisobotlarning asossiz va sifatsiz ishlab chiqilishi va iqtisodiy
rivojlanish
rejasi
vazifalarining
tuzilmaviy
bo‘linmalari
tomonidan bajarilmasligi;
• xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslik,
mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi
qoidalarining buzilish hollarida;
•
mehnat resurslaridan, moddiy-texnik baza imkonlaridan
samarasiz va maqsadsiz foydalanish, energetik va moliyaviy
resurslardan oqilona foydalanmaslik;
• bo‘linmaga belgilangan shtat birligi, byudjet yoki daromad
manbalaridan tejamkorlik talablarini inkor etib, moliyaviy
intizomni buzish, jamoaviy shartnoma shartlari va ish haqini
to‘lash nizomining buzilishi.
Bo‘limda xodimlarni rag‘batlantirish talablari 3
ta asosiy
qismdan iborat:
1. Bo‘limning boshqaruv vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli
bajarish uchun xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish-
ning aniq shakllari ko‘rsatiladi:
- jamoa oldida minnatdorchilik bildirish;
- pul mukofoti berish;
- qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
- korxona yoki yuqori tashkilotning faxriy yorlig‘ini
topshirish;
- faxriy xodimlar peshtaxtasiga kiritish.
2. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish faoliyati natijasi bo‘yicha asosiy ijtimoiy va iqtisodiy
140
ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan tarzda tuzilmaviy bo‘linma
faoliyati ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Bo‘linmada mehnatni tashkil etish va faoliyat natijasi sama-
radorligini baholash ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy ko‘rsatkichlar
yakuniga qarab amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
qarorlar ishonchliligi, hujjatlarni
rasmiylashtirish sifati, qabul
qilinuvchi qarorlarning o‘z vaqtidaligi, personal yuklanishi bir
tekisdaligi va mehnat intizomi darajasi.
3. Funksional bo‘linmaga biriktiriladigan ko‘rsatkichlar
ro‘yxati ko‘rsatiladi. Masalan, korxona rahbari uchun – pul
mablag‘larining tushum miqdori, korxonadagi foyda miqdori,
rentabellik darajasi va sifat talablari; reja bo‘limi uchun –
tovar
mahsuloti hajmi o‘sishi, mehnat unumdorligi o‘sishi, foyda miqdori
o‘sishi, xodimlarning o‘rtacha ish haqi fondi o‘sish sur’atlari.
Do'stlaringiz bilan baham: