Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.08.2021
Hajmi0,84 Mb.
#145559
Bog'liq
Elektron murojaat-elektron imzo



Elektron murojaat-elektron imzo

O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi 

qonuniga asosan, murojaatlarning og'zaki, yozma yoki elektron shakllari mavjud.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.

Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo'ladi.

Bugungi qonunchilik talablariga ko'ra, elektron raqamli imzo bo'lmagan taqdirda yagona 

interaktiv davlat xizmatlari portalida ko'rsatiladigan xizmatlardan foydalanib bo'lmaydi.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni 

identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan elektron 

hujjat shaklida bo'lishi kerak.

Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat, taklif yuborish uchun ham Siz 

shaxsingizni tasdiqlaydigan o'zaro ishonchli hamkorlikni ta'minlaydigan elektron raqamli 

imzoga ega bo'lish kerak.

Shundan kelib chiqib, bugungi kunda murojaatning samarali shakllaridan biri sifatida 

elektron murojaatlarni aytishimiz mumkin.

Xususan, bugungi kunda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat 

xizmatlaridan foydalanish uchun elektron murojaatlarni yuborishda elektron raqamli 

imzodan foydalanish majburiy hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”giga asosan  endilikda, 

barcha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillariga o'zlarining xizmatlarini 

axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish 

mas’uliyati yuklatildi.

 Bu o'z navbatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat xizmatlaridan 

foydalanishda ularga elektron shakldagi murojaatlarni bevosita davlat organi rasmiy 

veb  - saytiga yoki interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo'llash imkoniyatini yaratdi.

Elektron tartibdagi murojaatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda 




masofadan istalgan vaqtda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat 

organining veb - saytiga murojaatlarni yo'llash mumkin.

O'zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to'g'risida”gi qonunning 

3–moddasiga muvofiq, elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 

axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 

o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 

yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli 

imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo, elektron 

hujjat  esa elektron shaklda qayd etilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan 

hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa 

rekvizitlariga ega bo'lgan axborot hisoblanadi.

Shuningdek, yuqorida qayd etilganidek elektron raqamli imzo bilan yuborilgan 

murojaatlar “Elektron hujjat aylanishi to'g'risida”gi  Qonunining 7 – moddasiga asosan 

elektron hujjat qog'oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo'ladi.

Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari elektron raqamli imzo hisoblanadi. 

Elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning 

murojaatlari bo'yicha beriladi. Murojaat qiluvchi shaxs elektron raqamli imzo kalitining 

sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin.

Elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish uchun jismoniy shaxslarga 

elektron raqamli imzo berish uchun to'lov eng kam ish-haqining 7 foizi miqdorida yuridik 

shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan esa eng kam ish-haqining 10 foizi miqdorida 

to'lov undiriladi, qonun hujjatlarida elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini 

bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Davlat xizmatlari tomonidan rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo kalitlari davlat va 

bank xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish uchun to'lovlarni tijorat banklari orqali 

yoki Slick, UPAY va MBANK to'lov tizimlari orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga 

elektron raqamli imzo kaliti yozib qo'yish va saqlash uchun USB qurilma yoki SD-disk 

(Sompakt-disk) olib borishlari kerak bo'ladi.

Shuni eslatib o'tish kerakki,  USB qurilmalari yoki SD-disk (Sompakt-disk)larga yozib 

olingan elektron raqamli imzo kalitlarini kompyuterga ulagan holda foydalanishda tashqi 




omillardan (virus) lardan himoyalagan holda ishlatilishi kerak.   

Aks holda elektron raqamli imzo kaliti virus yuqishi oqibatida zararlanishi hamda yoroqsiz 

ahvolga kelishi mumkin.

Saqlash uchun o'zga ma'lumotlar manbaiga (flesh karta yoki Sompakt-disk) yozib olingan 

elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo'qolgan(behosdan o'chirib yuborilganda) da 

yoki viruslar orqali zarar etkazilishi oqibatida yoroqsiz ahvolga kelgan taqdirda, Davlat 

xizmatlari markaziga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berish 

to'g'risida murojaat qilish mumkin.

Shuni alohida ta'kidlab eslatib o'tish lozim, har bir jismoniy yoki yuridik shaxs o'zining 

shaxsiy elektron raqamli imzosini o'zgalarga ishonib topshirmasligi kerak.

Aks holda elektron raqamli imzo orqali Sizning nomingizdan turli noqonuniy ishlarni 

amalga oshirishi mumkin.

Buni untumang: O'zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to'g'risida”gi qonunida 

elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog'oz hujjatga qo'lda o'zi qo'ygan imzo bilan 



bir xil ahamiyatga ega ekanligi belgilangan.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish