131
munosib mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiqligidan
kelib chiqib amalga oshiriladi.
Korxona kadrlarini lavozimga tayinlash tizimida quyidagi
hujjatlar shakllanadi:
• xodimlarning lavozim o‘sishi rejali modeli;
• shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlar tayyorlash;
• shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
• o‘zgartishlarni qamrab olgan shtat jadvalini shakllantirish;
• kadrlar harakatlanishi bo‘yicha
yillik hisobotlarni
tayyorlash va tahlil qilish;
• ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida mehnatni
ilmiy tashkil etish loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash.
Kadrlarni joy-joyiga qo‘yish kadrlar bilan ishlashning eng
muhim bosqichlaridan biri bo‘ladi va o‘zida 3 ta o‘zaro bog‘liq
vazifani aks ettiradi:
• xodimlarning mehnat va intellektual salohiyatini baholash
hamda uning shaxsiy istaklaridan kelib chiqib, lavozimda o‘sishini
rejalashtirish;
• boshqaruv tizimida kadrlar harakatlanishini
adolatli va
yuqori darajada amalga oshirish (ko‘tarilish, rotatsiya qilish,
tushirilish, bo‘shatilish);
• xodimning munosib mehnat sharoiti va malakasiga yarasha
munosib ish haqi miqdorini belgilash asosida u bilan
mehnat
shartnomasi (kontrakt) tuzish.
Korxonada mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish (mehnat
shartnomasini tuzish) – ma’muriyat (ish beruvchi) bilan va ishga
qabul qilinayotgan xodim (yollanma ishchi) o‘rtasidagi mehnat
shartnomasini rasmiylashtirish shakli bo‘lib, ishga qabul qilish,
mehnat va dam olishni tashkil etish, ish miqdori, turi, mehnatning
davomiyligi, mehnat sharoitlarining ishchi talablariga muno-
sibligi, mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish, ijtimoiy imtiyoz
va
kafolatlar, kontrakt muddatini uzaytirish va bekor qilish
tartibini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosbatlarining shakl-
lanishi mehnat munosabatlarini qonuniy demokratik asosga
qo‘yish, ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida
munosabatlarni
132
shartnoma va kelishuvlar bilan muvofiqlashtirishga yo‘l ochib
berdi. Mehnat munosabatlariga oid bu huquqiy me’yorlar respub-
lika parlamenti tomonidan 1996 yil 1 apreldan e’tiboran amalga
kiritilgan (so‘ng bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan)
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi
9
da o‘z
ifodasini
topdi.
Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi samarali o‘zaro ham-
korlikni
bozor
iqtisodiyoti
tamoyillariga
mos
keladigan
manfaatlarni uyg‘unlashtirish ehtimol tutilgan mehnat nizolarini
hal etish vositalarisiz, bir tomondan, mulkchilik barcha shakllarini
e’tirof etadigan, ikkinchi tomondan xodimlarni ijtimoiy himoya
qiladigan ijtimoiy tizimlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: