Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
62
ko‘rsatgan yerga qo‘yinglar, o‘tib turgan poezdlarga qoranglarni ko‘rsatmanglar, boshlaringni 
ko‘tarmanglar, nima gap bo‘lsa, hammasini o‘zim aytaman, deb tayinladi. 
O’lguday charchashgan ekan. Osonmi bir kunda shuncha yo‘lni bosish! Jar tagidagi mavrak va 
chalov aralash o‘sgan baxmalday maysaga cho‘zilish qanchalar rohat. Uzoqdan poezdlarning guldirab 
yaqinlab kelishlarini eshitib yotish allaqanday farog‘at bag‘ishladi. Uzoq-uzoqlarga cho‘zilgan zil 
vagonlar ostida temir izlar zing‘illab va zuvillab ketar, keyin og‘ir cho‘yan g‘ildiraklarning qaldir-
qaldir, qaldir-qaldir o‘tgani eshitilar, so‘ng temir va moy hidi anqirdi. Bu shovqin keyin yana 
anchagacha olis-olislardan quloqqa chalinib turar, so‘ng asta-sekin olam okeanini qurshagan jimjitlikka 
singib ketardi... Shamolday yelib biri — u tomonga, boshqasi — bu tomonga passajir poezdlar o‘tardi. 
Avdiyning yuragi orziqib ketdi. U bolalikdan passajir poezdlarni, vagon oynalarida lip-lip o‘tib 
borayotgan odamlarning basharalarini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Hoy baxtiyor odamlar, meni 
ham ola ketinglar o‘zlaring bilan! Lekin hozir shu o‘tkinchi havasdan ham
 
mahrum. Buta panasida 
boshini chiqarmay yotishga to‘g‘ri keladi. Lekin eng chatog‘i — shu yerda yuk poezdini qaroqchilarga 
to‘xtatishda ishtirok etadi. To‘g‘ri, hech kim sostavni talamoqchi emas. Poezd to‘xtasa, choparlar unga 
lippa-lippa sakrab chiqib oladilar. U yog‘i o‘z yo‘li bilan ketaveradi. Uyog‘iga yuk vagonlarda pusib 
borishadi... 
Poezdlar u yoqdan-bu yoqqa tinmay o‘tardi. Keyin uzoq jimlik cho‘kdi. Avdiyning endi ko‘zi 
ilingan ekan, birdan hushtak ovozi keldi. Petruxa qulog‘ini ding qildi, so‘ng o‘zi ham hushtak chaldi. 
Unga yana bir hushtak chalib javob qilishdi. 
— Xo‘p, sizlar bemalol kutib turinglar,— dedi Petruxa,— men boraychi, chaqirishyapti. Mensiz 
qimir etmanglar, eshityapsanmi, Avdiy, eshitdingmi, Lyonka? Yuk poezdini to‘xtatish oson ish emas. 
Kallani ishlatish kerak, kallani. 
U shularni aytib g‘oyib bo‘ldi. Yarim soatlardan so‘ng qaytib keldi. Andak shahdi sustroq edi. 
Chehrasi qandaydir o‘zgargan, ko‘zlari o‘g‘rincha alang-jalang qilar, odamning yuziga tik qarashdan 
o‘zini olib qochardi. Avdiy bunday paytlarda gumonsirab o‘tirishni yoqtirmas, noxush o‘ylarni o‘zidan 
nari quvardi. O’z erkiga qo‘yib bersang, hayolga nimalar kelmaydi. Balki kishining qorni 
og‘riyotgandir... Shuning uchun xotirjam o‘smoqchiladi: 
— Xo‘sh, Pyotr, ishlarimiz qalay? 
— Yomon emas, tuzuk. Yana ozroq kutamiz. 
— Poezd to‘xtatamizmi? 
— Albatta. Yuk poezdi bizga qulay. Poezd bekatga kechasi borsa va qo‘shimcha yo‘lda tursa, 
undan ham yaxshi. 
— Shunday de. 
Ular jim qoldilar. Petruxa sigaret tutatdi. Tutunini ichiga chuqur tortarkan, go‘yo hech narsa 
bilmaganday dedi: 
— Bir jo‘ramizning oyog‘i lat yebdi. Oti Grishan. Borib ko‘rib keldim. Ishi yurishmabdi. 
Cho‘loqlanib qancha yig‘ib bo‘lardi. Tayoqqa tayanib yuribdi. Albatta, odamga alam qiladi. Balki, 
hammamiz oz-ozdan unga yig‘ib bersakmikin. O’n kishi ekanmiz. Jindak-jindak nasha bersak 
bechoraning ko‘ngli ko‘tariladi. 
— Mayli,— dedi Avdiy.— Lyonka uxlayapti. Lekin u ham qizg‘anchiq emas. 
— E, Lyonka o‘zimizning hotamtoy-ku! Avdiy, sen borib Grishan bilan gaplashib kelsang, 
bo‘lardi. Nima qildi, nima bo‘ldi, deb hol-ahvol so‘rasang, sal yozilarmidi cho‘loq sho‘rlik... 
— O’zi qaerda, o‘sha yerdamikin? — ehtiyotsizlik qilib so‘radi Avdiy. 
— E, seni nima jin urgan o‘zi? Og‘zingdan O’zi, O’zi tushmaydi,— jahli chiqdi Petruxaning.— 
Men qaerdan bilay? Senga Grishanni aytsam, yana O’zimi deysan. Kerak bo‘lsa O’zi bizni topib oladi. 
Bo‘lma-sa xap o‘tir. Burningni suqma. Nega hadeb surishtiraverasan? 
— Bo‘ldi, bo‘ldi. So‘radim qo‘ydim-da. Tinchlan. Grishan qaerda? Qaysi tomonda? 
— Huv ana, o‘sha yoqqa bor — huv ana, soyada, buta tagida o‘tiribdi. Bor, bor. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish